Онто-филогенез pdf


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1463580
Bog'liq
онто-филогенез



TIBBIY BIOLOGIYA
A’zolar onto-filogenezi
102-B Normengliyev Asliddin





Qon aylanish sistemasi filogenezi
• Xordali hayvonlarda qon aylanish sistemasining filogenezi 
• yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘qima va a’zolarning kislorod hamda oziq 
• moddalar bilan to‘liq ta’minlanishi moddalar almashinishining jadallashishiga 
• va energiyaning ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani tezlashtiradi. 
• Boshskeletsizlarda qon aylanish sistemasi sodda, yuragi bo‘lmaydi. 
• Qorin aortasi yurak vazifa 
• sini bajaradi. Qorin aortasida venoz qon tananing oldingi tomoniga oqadi. Qorin aortasi jabra 
arteriyalariga tarmoqlanib, 
• jabraga boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bularda jabra arteriyalari kapillarlarga bo‘linmaydi. 
Jabrada qon kislorodga to‘yinib, 
• orqa aortaga quyiladi. 
• Aortadan arteriyalarga, ulardan kapillarlarga o‘tib, to‘qimalarni kislorod va 
• ozuqa bilan ta’minlaydi. Ichki a’zolardan va ichakdan yig‘ilgan qon jigarda 
• tozalanib, qorin aortasiga quyiladi. Lansetnikda qon aylanish sistemasi 
• yopiq, qon bitta doirada harakatlanadi. 
• Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish sistemasi 
Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish sistemasi 
ancha takomillashgan bo‘lib, progressiv belgilarga ega. Bitta bo‘lmacha va 
qorinchadan iborat yurak paydo bo‘lgan. Yuragida faqat venoz qon oqadi. 
Qon bo‘lmachadan qorinchaga, qorinchadan qorin 
aortasiga, so‘ngra 4 juft jabra arteriyalari orqali jab 
raga boradi. Lansetnikdan farq qilib, baliqlarda jabra 
arteriyalari kapillarlarga tarmoqlanadi. 
Qon jabrada 
kislorodga to‘yinib, orqa aortaga, so‘ngra to‘qima 
va 
a’zolarga tarqaladi 


Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon 
• Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon 
• taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi. 
• Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat 
bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu 
qon aylanish doiralari bir-biridan butunlay ajralmagan. 
Yurak qorinchasidan arterial konus boshlanadi. Undan 
3 juft arteriya tarmoqlanadi. Bir juft o‘pka-teri 
arteriyalari orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi. 
Kislorodga to‘yingan qon o‘pka venasi orqali chap 
bo‘lmachaga, teri venasi orqali esa kovak venaga 




Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri, qismlarga 
ajralmagan nay shaklidagi ichakdan iborat. Ichak halqumdan 
boshlanib anal teshigigacha davom etadi. Ichakning oldingi 
qismidan jigar o‘simtasi hosil bo‘ladi.Baliqlardan boshlab hazm 
sistemasi ancha rivojlangan. Jag‘larda bir xilda tuzilgan tishlar 
joylashgan. Bu tishlar faqat oziqni ushlab turish vazifasini 
bajaradi. Hazm nayi qismlarga ajralgan. Hazm qilish sistemasi 
og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on 
ichak va anal teshigi bilan tugaydi. Jigar yaxshi rivojlangan 
bo‘lib, baliqlardan boshlab o‘t qopi paydo bo‘lgan.


Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. 
Ularning yuragi ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan 
bo‘ladi.. Timsohlarda to‘siq to‘liq bo‘lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning barchasida
tanada aralash qon oqadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib 
yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Qorinchaning chap tomonidan 
arterial qonga o‘ng aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta qismidan tanaga 
ketuvchi chap aortayoyi, o‘ng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega o‘pka arteriyasi boshlanadi. 
O‘ng va chap aorta yoylari birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning uchun miyaga arterial qon, tanaga 
aralash qon, o‘pkaga esa venoz 
qon boradi. O‘pka venalari chap bo‘lmachaga 
quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon 
o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. 
Qushlar va sutemizuvchilarning yuragi to‘rt 
kamerali, arterial va venoz qon aralashmaydi. 
Ular issiqqonli hayvonlar hisoblanadi. Qushlarda 
qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi. 
Yuragi o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap 
qorinchadan iborat. Yurakning chap tomonida 
arterial qon, o‘ng tomonida venoz qon bo‘ladi. 
Chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i 
yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan 
ta’minlaydi. Qushlarda aorta o‘ngdan aylanishi bilan 
sutemizuvchilardan farq qiladi. Tanadagi organ 
va to‘qimalarda gaz almashinuvidan hosil bo‘lgan 
venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan 
yurakning o‘ng bo‘lmasiga, o‘pkadan keladigan 
arterial qon esa, chap bo‘lmachaga quyiladi. Qushlarda yurak minutiga 500 marta uradi. Chunki, 
ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati 
baland, +42°C ni tashkil qilad


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling