Ontogenez ilk bosqichlarida insoni psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar. Reja


-Mavzu: Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


Download 161.5 Kb.
bet9/13
Sana14.02.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1196164
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ontogenez ilk bosqichlarida insoni psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar

6-Mavzu: Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Reja:

              1. Maktabgacha yosh davrida psixoғiziologik taraqqiyotning umumiy tavsiғi.

              2. O’yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi ғaoliyati siғatida (o’yin ғaoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko’rsatish mexanizmlari, o’yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi).

              3. Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar.

              4. J.Piaje ғenomenlari haqida tushuncha. Maktabgacha yosh davrida taғakkur egotsentrizmi muammosi. Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy siғatlarning rivojlanish xususiyatlari.



1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti
Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida boialaming asosiy faoliyatlari o'zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifasi va ijtjmoiy burchi o'qish bo’lib qoladi.
6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo'lgan o'qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo'lishlarini talab etadi. O'qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o'tkir zehn, mustaqillik, ighchanlik vabatartiblik'xislaflari'bo'lishi kerak. Bog'chadan maktabga o'tishlari natijasida kattalar bilan bo'lgan munosabatlarida ham birmunchao'zgarish yuz,beradi. Bolalarning maktabga o'tishlari, ularning yaslidan bog'chaga o'tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bola maktabga o'tishi bilan uning ijtimoiv holatida ham o'zgarish ro'y beradi. Chunonchi maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar bog'chada "katta" deb hisoblanar. edilar. Maktabga o'tgach, ular yana "eng kichkinalar" qatoriga tushib qoladilar.Bolalarning maktabga o'tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o'zgarishlarni nazarda turib, ulami maktabga har tomonlama tayyorlash kerak.
Bolalar bog'chasining asosiy vazifalaridan bin bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ulaming taraqqiyot darajalarini maktabda o'qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, o'z navbatida, maktabdagi o'qitish ishlari bilan bog'chadagi ta'lim-tarbiya ishlari o'rtasida ma'lum izchillik bo'lishini talab qiladi.Bog'chada Bolalarning jismoniy jihatdan o'sishlariga qanchalik e'tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o'sishlariga ham shunchalik etibor beriladi. Ularning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib, o'tkaziladigan turli didaktik mashg'ulotlarda Bolalarning idroklari, tasavvur va xotiralari, hayol hamda tafakkurlari, irodalari sistema tarzda taraqqiy ettirib boriladi.
Bolalarni maktabdagi o'qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o'stirish, juda zarur shartlardan biridir. Shuning uchun katta guruh bolalarini maktabdagi o'qishga tayyorlashda o'z ona tillarini yaxshi o'rganishlariga, ya'ni so'z boyligini orttirishga, to'g'ri talafruz va to'la hamda to'g'ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Bolalarning tashqi olam haqida tasawurlarini kengaytirish, boyitish ishlari ular nutqini o'stirish asosida olib borilishi kerak.Shu yoshda bolalarda birmuncha makon tushunchalari (uzoq, yaqin, o'ng, chap, katta, kichik), dumaloq va doira haqidagi tushunchalar, vaqt (zamon, bugun, erta, indin, hozir) haqida tasawur va shuningdek, axloq tushunchalari (yaxshi, yomon, rost, yolg'on, uyalish) paydo bo'ladi. Bundan tashqari, bola jimoniy jihatdan ham o'sadi. Uning nerv sistemasi, miyasi, muskullari, qo'llari yanada etiladi. Bu davrda bolaning xarakteri va o'ziga xos individual xususiyatlari ko'zga tashlana boshlaydi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog'chalardagi maktab yoshiga to'lgan bolalar maktabdagi o'qishga bab-baravar tayyor bo'lavermaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgach, yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydilar. Ularda o'qish uchun qandaydir bir xususiyat etishmayotgandek ko'rinadi. Bu o'rinda shunday bir savol tug'iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o'qishga tayyor deb hisoblash mumkin. Ayrim psixologlarning fikricha, bola maktabda o'qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo'Ushi hamda ma'lum darajada aqliy jihatdan o'sgan bo'lishi lozim. Biroq hayotda shunday voqealar uchraydiki, anchagina tasawur boyligiga ega bo'lgan va hattoki yozish hamda o'qishni biladigan bolalar ham maktabdagi o'qishga tayyor bo'lmaydilar. Ular maktab va o'qituvchining talablarini bajara olmaydilar. Aksincha, ayrim bolalar etarli tasawur boyligiga ega bo'lmasalar ham, maktabda o'qib keta oladilar. Lekin, bundan maktabdagi o'qish jarayoni uchun ma'lum darajada aqliy jihatdan o'sgan bo'lish maktabda dastlab o'qib ketish uchun eng zarur shartlardan biridir. Lekin bu bolaning o'qishga tayyor ekanligini aniqlashdagi hal qiluvchi omil emas, chunki bu erda yosh masalasi ham bor. Boshqa bir olimlar bolaning o'qishga tayyor ekanioaniqlashdagi asosiy narsa iroda sifatlarining etilganligidir, deydilar. Bu filer bir yoqlamalikka yo'l qo'yishdan boshqa narsa emas.
Yetti yoshga to'lish davri go'daklikning tugashi davriga to'g'ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o'z-o'zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun bolalarning etti yoshga to'lgan davridan boshlab sistemali suratda o'qitishga o'tish maqsadga muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o'qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilan emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi.
Bolalarda 5-6 yoshdan boshlab shaxsiy ong tarkib topa boshlaydi. Bu shunday hollarda ko'rinadiki, bolalar o'zlari yashab turgan ijtimoiy muhitdan o'z o'rihlarini belgilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq, yanada to'laroq munosabatlar sistemasini o'rgatishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga o'tishdan ancha ilgariyoq maktab haqida orzu qila boshlaydilar. Maktabning qanday ekanini kattalardan tez-tez surishtirib turadilar. Maktabga borish vaqtlarini aniq bilishga harakat qiladilar. Agar biror o'rtoqlari maktabga o'tib ketsa, juda havaslari kelib, o'zlari bog'chada qolganlaridan o'ksinib ketadilar. Katta yoshdagi bog'cha bolalarining maktabga intilishlari ijtimoiy munosabatlar sistemasidan yangini egallashga bo'lgan intilishlarining konkret ifodasidir.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil o‘yinchoqlar bilan yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar. O‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur jarayonlarini, shuningdek o‘z harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni). O‘rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo‘la boshlaydi. O‘rta va katta maktabgacha yosh davrida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, biroq kichik maktabgacha yosh davridan o‘yinlarga kiritiladigan va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o‘yin harakatlarining qoidalari bilan katta maktabgacha yosh davridan o‘yinlari turlitumanligi bilan farqlanadi. Tabiiy xarakterdagi ko‘pgina predmetlar shartlilariga almashtiriladi va ramzli o‘yin boshlanadi. Masalan, oddiy kubik o‘yindan va unga ajratilgan roldan qat’iy nazar ramziy ma’noda mebellar va mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi. Syujetli-rolli o‘yinlarda bolalar, asosan, o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xattiharakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o‘yini asta-sekinlik bilan jamoa shakliga ega bo‘lib boradi. Bolalarning individual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir.

Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling