Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida taraqqiy эtishiga sabab bo‘lgan omillar


Download 55.2 Kb.
bet12/13
Sana08.06.2023
Hajmi55.2 Kb.
#1464504
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ONTOGENEZ PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

1.3. Ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida taraqqiy эtishiga sabab bo‘lgan omillar.
Ilmiy psixologik adabiyotlar, эmpirik ma’lumotlar ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan, degan xulosaga keldik. Quyida ana shularni bayon qilamiz.
1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan эvolyusiya g‘oyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanishi jarayonida o‘rganish zarurligi.
2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti-harakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli эmasligini э’tirof эtish.
3. Ontogenez psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga эga эkanligi tan olingani.
4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga эga эkanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy-ta’minot muassasalari, mehribonlik uylari, koloniyalar, yordamchi maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalar)ning xodimlarida эxtiyojlar ortib borayotgani.
5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi, psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiena, sangigiena, bolalar va kattalar patologiyasi, neyroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo‘yicha kompleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, ya’ni integratsiyaning amalga oshishi.
6. Yuridik (huquqshunoslik) psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda sezilarli o‘rin эgallayotgani hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning davom эtayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga yetmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalalari).
7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o‘z o‘rnini topayotgani (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar, auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, art va psixoterapiya, professiogramma, psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi).
8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlarga doir, bilimlarga эhtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, muhandislik, ijod, aviatsiya, reklama, menejment psixologiyalariga aniq materiallar zarurligi).
9. Эkologiya muammolari, zoopsixologiya va эtologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (эkologiya va inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, эtnik psixologiya va hokazolar).
10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishloq xo‘jaligida kishilarning haqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson - inson, inson - texnika, yer - inson, inson - iqlim munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi.
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish, inoq oila yaratish, yoshlarni turmushga tayyorlash, o‘z joniga qasd qilish hollarini bartaraf эtish, oilada tenghuquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini takomillashtirish vazifalari.
12. Inson uzoq umr ko‘rishining sirlarini - gerantopsixologik qonuniyatlarni ochish va targ‘ib qilish, davlat muassasalarida, nodavlat tashkilotlarida, psixologik bilimlardan o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda bo‘lish kerakligi ontogenez psixologiyasini rivojlantirishni taqozo эtmoqda4.
Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, vatanimizda yashayotgan barcha millat va эlatlarning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozirgi davrda nihoyatda zarur masala bo‘lib qoldi. Xalq ta’limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo‘jalik jamoalarining, fan, adabiyot va madaniy-oqartuv tashkilotlarining rahbarlari insonni har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs sifatida kamol topish jarayoni qanday sodir bo‘lishini, keksayishning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini bilishga qiziqmoqdalar. Shunday эkan, tarbiya tizimida va ishlab chiqarishda psixologiya bo‘yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo‘qotish uchun bolalar ruhiyatidan qariyalar ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni эgallash hozirgi davrimizning muhim talabidir. Эndilikda insonni aks эttirish faoliyatining rivojlanishi qonuniyatlarini, odamning bosh miya yarim sharlari po‘stidan haqiqiy jism, obraz (timsol) sifatida ro‘yobga chiqishini, nima sababdan mazkur obraz o‘zgarishini va bu o‘zgarish kishining ruhiyatiga ta’sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmning psixika tashqi dunyoni in’ikos эttiradi, degan ta’rifining o‘zi yetarli эmas. Mazkur hodisaning chuqurligini - aks эttirish jarayonini genetik metod bilan o‘rganish orqaligina asoslab berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va neosfera nuqtai nazaridan yondashish ijobiy natija sari yetaklaydi.
Ma’lumki, go‘daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr yuritishgacha o‘tadigan davr nisbatan uzundir. Эndigina tug‘ilgan chaqaloq ham dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof-muhitni aks эttirishga kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga keladi, nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. Bunday holat o‘ta murakkab hissiy biliщdan mantiqiy tafakkurga o‘tish jarayoni bosqichini tadqiq эtish imkonini beradi.
Hozirgi psixologiya fani individual ong o‘sishining turli bosqichlarida amaliyot bilan hissiy bilish o‘rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi juda murakkab, o‘zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini o‘rganish odamning psixik o‘sishi, uning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari, omillari, shart-sharoitlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash imkonini bera oladi.
Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko‘lami, irodaviy fazilatlari, muayyan his-tuyg‘ularining mazmuni, to‘laligi va hokazolarni yoritish demakdir. Ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining tayyor mahsulini o‘rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga kelgani, kechishi, aks эttirish xususiyatlarini tushuntira olmaydi. Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush hodisalari va sharoitlari bilan bog‘liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o‘tkazuvchi o‘zi o‘rganayotgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi.
Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-oqibat va ularning variantlari, invariantlari, modifikatsiyalari, munosabatlarini bilish bola tarbiyasida эng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur.
Shunday qilib, ontogenez psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga эga. U ham boshqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda эksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati kattadir. Ontogenez va differensial psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok эtadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda bola psixologiyasini o‘rganish uchun, laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot ishlari tashkil qilindi, maxsus jurnallar paydo bo‘ldi.
Germaniyada bola psixologiyasini tekshirish ishlari keng ko‘lamda olib borilgan. 1899 yil Berlinda bola psixologiyasini o‘rganish bo‘yicha alohida tashkilot tashkil qilindi, uning birinchi Prezidenti эtib K.Shtumpar saylangan. 1896 yil bolani tekshirish bo‘yicha jurnallar tashkil эtilgan.
Leypsigda “pedagogika, psixologiya, patologiya, gigiena jurnali” chiqa boshlagan. 1900 yilda Leypsigda “Pedagogika va psixologiya bo‘yicha ishlar”, 1905 yilda Leypsigda “pedagogik tadqiqot jurnali” (1911 yil u “pedagogika psixologiya jurnal va pedagogik tadqiqot”) nomi bilan chiqa boshlagan. Ko‘pchilik nashrlar filosofiya, umumiy psixologiya va fiziologik psixologiya bo‘yicha, bola psixologiyasi va pedagogika savollarini, o‘z ichiga qamrab olgan.
Bola pedagogikasi va psixologiyasining muammosini hal qilishda V.Ament, R.Gaupp, K.Gross, V.Lay va boshqalar faol ishtirok эtdilar. Bunga ma’lum ma’noda V. Preyfaning mehnatlari ta’sir qildi. 1879 yil tashkil qilingan Leypsigdagi V.Vuntning psixologik laboratoriyasi, o‘smir psixologiyasining muammosini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Bir tomondan u ko‘pchilik psixologlar uchun tadqiqot maktabi hisoblandi (nafaqat nemislar, balki butun mamlakatlar, shu qatorda Rossiya ham), boshqa tomondan эsa, bola psixologiyasini tekshirishda, tadqiqot o‘tkazish uchun o‘ziga ishonchni hosil qildi.
XIX asrning oxirida bolalar psixologiyasini o‘rganish uchun ko‘p mamlakatlarda maxsus laboratoriyalar ochildi. Fransiyada bolaning bilimini kuzatishda A.Bine katta rol o‘ynaydi. U 1905 yilda Parijdagi boshlang‘ich maktablarning birida o‘zining laboratoriyasini tashkil эtdi. Bu maktabda laboratoriya o‘zining asosiy masalasini bolaning jismonan va psixik tuzilishini o‘rganish va har doim o‘qituvchilarini talabiga javob beradigan usullarni ishlab chiqarish deb belgilab qo‘ydi. Bu laboratoriyada amalga oshirilgan ishlar natijasi A.Binening “Bolalar haqida zamonaviy fikrlar” kitobida o‘z aksini topdi. Bu kitob nafaqat Fransiyada balki chet-эllar (Rossiyada)da ham tarjima qilingan. A.Bine bilan T.Simon birgalikda maktab bolalarini aqliy jihatdan o‘sishini aniqlash uchun test tuzdilar.
AQShda chaqaloqning tuzilishini o‘rganish jarayonining asoschisi S.Xoll hisoblanadi. 1893 yil u “Bolalarni tekshirish” tashkilotini tashkil эtdi, bundan keyin shunga o‘xshash tashkilotlar boshqa shtatlarda ham tashkil эtildi. Jumladan, 1894 yil-Illinoys va Ayova, 1895 yil-Nebraska va Ontario, 1896 yil Minnisota va Kanzas shtatlarida va hokazolar.
Shveysariyada muhim, ilmiy tekshirish ishlarini Э.Klapared olib bordi. 1901 yildan boshlab, hozirgi vaqtgacha “psixologiya arxivlari” chiqarilmoqda. 1905 yilda uning taklifiga ko‘ra, chaqaloq psixologiyasini o‘rganish bo‘yicha bo‘lim tashkil qilingan. U Jenevada J.J. Russo nomidagi pedagogik institutning tashkilotchisi hisoblanadi. Jeneva universitetining laboratoriyasida u bir necha marta maxsus kurslar, o‘qituvchilar uchun psixologiya bo‘yicha kurslar, bola o‘sishidagi tekshirishlar uchun maxsus kurslar ochdi.
Bolalar psixologiyaga qiziqish boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, Angliyada “bolalarni o‘rganish tashkiloti” tashkil эtildi. Ayniqsa, Dj.Sellinning ishlari mashhur qozongan va boshqa tillarga tarjima qilingan (“bolalar psixologiyasi ocherki”, “pedagogik psixologiya”).
Belgiyada I.Shuyten, Antverpena pedagogik laboratoriyaning asoschisi. 1902 yilda “Pedagogik jamiyat” tashkil qilingan va o‘zining byulletenini chiqargan.
Bryusselda J.Demor va O.Dekrali bolani o‘rganish bo‘yicha, muhim ishlar olib bordi. Ayniqsa, aqli zaif bolalar psixologiyasiga diqqat э’tiborini qaratdi.
1905 yil Bryusselda pedagogik maktabda, 1906 yil pedagogik maktab Monsada chaqaloqni o‘rganish bo‘yicha shaxsiy kurslar kiritilgan. 1906 yil Bryusselda pedtexnik jamiyat tashkil topgan. Italiyada pedagogik tadqiqot bo‘yicha, psixologik laboratoriya tashkil qilindi. 1903 yil Budapeshtda chaqaloqni tekshirish ishlari tan olindi. 1906 yil shunga o‘xshash jamiyat Belgradda ham tashkil qilindi. Chaqaloqni o‘rganishga bo‘lgan harakatda boshqa mamlakatlar ham qatnashdi. Yosh davrlari bilan bog‘liq muammolar xalqaro kongresslarda muhokama эtilgan. Ushbu kongresslarda maktab gigienasi alohida э’tiborga olingan. (Nyurnberg 1904 yil, Milna 1906 yil). Bundan tashqari kongresslarda psixologik tarbiyaga (rasmdan o‘qitish (1900 yil Parij, 1908 yil London) oid yondoshuvlarga alohida э’tibor qaratilgan.
Xalqaro kongresslarda umumiy psixologiyaga muhim o‘rin ajratilgan.
1900 yil Parijda bo‘lib o‘tgan 4-kongressda P. Nechaev bola xotirasining rivojlanishi to‘g‘risida ma’ruza o‘qidi. 1911 yil Bryusselda chaqaloqni o‘rganish bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi. Yuqorida tilga olingan tadqiqotlar ontogenez psixologiya fanini fan sifatida shakllanishiga turtki berdi. Aynan tadqiqotda olingan ilmiy manbalar fanni nazariy jihatdan boyishiga olib keldi.

Download 55.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling