Ontogenezda eng yorqin namoyon bo`ladigan inqirozlar
Download 0.66 Mb.
|
Inson birinchi marotaba o‘zini shaxsiy tarjimayi holining muallifi ekanini anglaydi, kelajagi uchun shaxsiy javobgarligini his qiladi, boshqa odamlar bilan birgalikdagi turmush ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi. IV. Individuallashuv (17—42 yosh) — insonning hamkori bolib, ijtimoiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan, faoliyat munosabatlariga u bilan kirishuvchi insoniyat hisoblanadi. Subyekt rivojlanishining ushbu bosqichini mohiyati — insonning shaxsiy mavqeyini olchashiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlarni individuallashuvidir. Inson o‘z mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi. V. Universallashuv (39 yoshdan yuqori) har qancha rivojlangan individuallik chegaralaridan tashqariga chiqish va bir vaqtning o‘zida umumiy-yuqori insoniy, ekzistensial qadriyatlar doirasiga «o‘zining boshqasiga» kirish. Ilohiy insoniyat universal voqelikni anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir. Slobodchikov va Sukermenlar kimyodagi Mendeleyev jadvali yoki biologiyadagi evolutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining ahamiyatini taqqoslab, davrlashtirish chizmasini katta amaliy ahamiyatiga ishonch hosil qildilar: «Agar rivojlanishning umumiy xaritasi tuzilsa, psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odamlar uchun rivojlanishning maqbul yollarini (ma’lum bir qadriyatlar nuqtayi nazaridan) ta’minlash uchun, ular yaratadigan madaniy-ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq doglarni ko‘rishlari mumkin. So‘nggi yillarda psixik rivojlanishda inqirozlar g‘oyasini nazariy va eksperimental o'rganish keng avj oldi. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomonidan yoshga bogliq rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga psixologik tayyorlik shaklida tahlil qilingan. K.N.Polivanova ishlarida og‘ir «inqirozli» yosh davrlarida ontogenetik rivojlanishda real va ideal shakllarni o‘zaro o‘tishi sodir bolib, bu o‘zaro ta’sirning murakkab ichki mexanizmi ochiladi. Bu mantiqda inqiroz (og‘ir) yoshi zaruriyat yuzasidan bir qator keyingi keluvchi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling