Oodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantiriladi?
Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi
Download 1.12 Mb.
|
21 FERUZA Oodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantirila
Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar LaboratoriyasiTue Jul 08 00:00:00 UTC 2014 2014 yil 9-11-iyul kunlari BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi kreativ fikrlashni rivojlantirish bo'yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasini o’tkazishni rejalashtirmoqda. Ijtimoiy innovatsiyalar va ko’ngillilikni ijtimoiy masalalar yechishda targ’ib qilish orqali turli xil tashkilotlar va insonlar O’zbekiston farovonligi va iqboliga katta hissa qo'shmoqdalar. Bir necha qator tashabbuslar orasida bu safar BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi yangi tashabbus – 3 kunlik kreativ fikrlash bo’yicha “Garbage Lab” ijtimoiy innovatsiyalar laboratoriyasi, ya’ni keraksiz narsalarni qayta ishlab chiqarish laboratoriyasini boshlamoqda. Ushbu laboratoriya yordamida ishtirokchilar foydali bilim va noa’nanaviy fikrlashni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular doim qo’l ostida tayyor turadigan, singan yoki ishlatilmaydigan buyumlardan, omborxonalarni to’latib turgan yoki yaroqsizligi uchun axlatxonalarga tashlanib yuborilgan narsalardan noa’nanaviy yo’l bilan kundalik hayotimizda foydali bo’ladigan buyumlarni yaratishni o’rganishadi. Shuningdek, ushbu laboratoriya yordamida insonlarning qayta ishlatish imkoniyati bo’lgan buyumlarni tashlab yubormaslik qaroriga ta’sir ko’rsatish niyatiham mavjud. Bu tadbirning asosiy maqsadlaridan biri bu turli xil ijtimoiy masalalarni o’hshash uslubni qo’llab yechishdadir. Ya’ni innovatsion yechimlarni tashkilotlar va jamiyat orasidagi hamkorlik orqali taklif etish hamda hamkorlik orqali hamjihat faoliyat yuritib ma’lum bir ijtimoiy masalalarga yechim topish deganidir. Ijtimoiy Innovatsiyalar Loyihasi tadbirida turli xil yoshda bo’lgan ko’ngillilar ishtirok etishadi. Ular doimo masalalarni nafaqat oddiy va innovatsion yechimlar bilan balki ma’lum bir guruhlarni yoki jamiyatni talablarini qondirish, noa’nanaviy yechimlar va ijtimoiy tashabbuslarni O’zbekistonda rivojlantirishga qaratilgan usullarni taklif qilishadi. Undan tashqari, marosimga NNT vakillari hamda imkoniyati cheklangan yoshlar ham jalp etiladi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi o’tkazilayotgani munosabati bilan Loyiha turli xil buyumlarni yig’uvini e’lon qilgan edi. Keraksiz buyumlarni topshirishni istaganlar ularni oldinroq topshrish imkoniyatiga ega edilar. Bu tashabbus bilan quyidagi ilova bo’yicha tanishib chiqish mumkin edi: http://www.iact.uz/news/sbor-hlama-dlya-garbage-lab. Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasida ishtirok etishni istaganlar quyidagi ilova bo’yicha ro’yhatdan o’tishlari mumkin edi http://www.iact.uz/news/priglashaem-vas-k-uchastiyu-v-garbage-lab. Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha o’tkazilayotgan “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi doirasida ishtirokchilar dizaynerlarcha firklash, yangi bilim va tajriba orttirish, o’zlarini jamiyat taraqqiyotiga bag’ishlaydigan ijodkor va novatorlar rolida sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Kreativ firklashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi 2014 yil 9- 11-iyul kunlari soat 9:00dan boshlab Toshkent shahridagi “Gulshan” Madaniyat va istirohat bog’I hududida o’tkaziladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling