Oodatiy fikrlash mahorati yoxud kreativlik qanday shakllantiriladi?
Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi
Download 1.22 Mb.
|
Dissertatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PISA tadqiqotlarida kreativ fikrlashni baholash doirasi“ nomli qoʻllanma nashrdan chiqdi
Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar LaboratoriyasiTue Jul 08 00:00:00 UTC 2014 2014 yil 9-11-iyul kunlari BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi kreativ fikrlashni rivojlantirish bo'yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasini o’tkazishni rejalashtirmoqda. Ijtimoiy innovatsiyalar va ko’ngillilikni ijtimoiy masalalar yechishda targ’ib qilish orqali turli xil tashkilotlar va insonlar O’zbekiston farovonligi va iqboliga katta hissa qo'shmoqdalar. Bir necha qator tashabbuslar orasida bu safar BMTTD/BMTK “O’zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va ko’ngillilik” loyihasi yangi tashabbus – 3 kunlik kreativ fikrlash bo’yicha “Garbage Lab” ijtimoiy innovatsiyalar laboratoriyasi, ya’ni keraksiz narsalarni qayta ishlab chiqarish laboratoriyasini boshlamoqda. Ushbu laboratoriya yordamida ishtirokchilar foydali bilim va noa’nanaviy fikrlashni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular doim qo’l ostida tayyor turadigan, singan yoki ishlatilmaydigan buyumlardan, omborxonalarni to’latib turgan yoki yaroqsizligi uchun axlatxonalarga tashlanib yuborilgan narsalardan noa’nanaviy yo’l bilan kundalik hayotimizda foydali bo’ladigan buyumlarni yaratishni o’rganishadi. Shuningdek, ushbu laboratoriya yordamida insonlarning qayta ishlatish imkoniyati bo’lgan buyumlarni tashlab yubormaslik qaroriga ta’sir ko’rsatish niyatiham mavjud. Bu tadbirning asosiy maqsadlaridan biri bu turli xil ijtimoiy masalalarni o’hshash uslubni qo’llab yechishdadir. Ya’ni innovatsion yechimlarni tashkilotlar va jamiyat orasidagi hamkorlik orqali taklif etish hamda hamkorlik orqali hamjihat faoliyat yuritib ma’lum bir ijtimoiy masalalarga yechim topish deganidir. Ijtimoiy Innovatsiyalar Loyihasi tadbirida turli xil yoshda bo’lgan ko’ngillilar ishtirok etishadi. Ular doimo masalalarni nafaqat oddiy va innovatsion yechimlar bilan balki ma’lum bir guruhlarni yoki jamiyatni talablarini qondirish, noa’nanaviy yechimlar va ijtimoiy tashabbuslarni O’zbekistonda rivojlantirishga qaratilgan usullarni taklif qilishadi. Undan tashqari, marosimga NNT vakillari hamda imkoniyati cheklangan yoshlar ham jalp etiladi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi o’tkazilayotgani munosabati bilan Loyiha turli xil buyumlarni yig’uvini e’lon qilgan edi. Keraksiz buyumlarni topshirishni istaganlar ularni oldinroq topshrish imkoniyatiga ega edilar. Bu tashabbus bilan quyidagi ilova bo’yicha tanishib chiqish mumkin edi: http://www.iact.uz/news/sbor-hlama-dlya-garbage-lab. Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasida ishtirok etishni istaganlar quyidagi ilova bo’yicha ro’yhatdan o’tishlari mumkin edi http://www.iact.uz/news/priglashaem-vas-k-uchastiyu-v-garbage-lab. Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha o’tkazilayotgan “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi doirasida ishtirokchilar dizaynerlarcha firklash, yangi bilim va tajriba orttirish, o’zlarini jamiyat taraqqiyotiga bag’ishlaydigan ijodkor va novatorlar rolida sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Kreativ firklashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi 2014 yil 9- 11-iyul kunlari soat 9:00dan boshlab Toshkent shahridagi “Gulshan” Madaniyat va istirohat bog’I hududida o’tkaziladi.
356 0
Kreativ fikrlash insonga XXI asr jamiyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun kerakli boʻlgan muhim kompetensiyalardan biridir. “XXI asr koʻnikmalari” yoki “XXI asr kompetensiyalari” deb ataladigan bu kompetensiyalar muttasil oʻzgarib borayotgan, biz bilgan kasblar yoʻqolib, yangi mutaxassisliklar paydo boʻlayotgan, globallashgan, mavjud maʼlumot hajmi har soniyada bir necha barobarga oshib borayotgan, raqamlashgan jamiyatda moslasha olish va oʻz oʻrnini topish uchun juda muhimdir. Bu kompetensiyalar kognitiv koʻnikmalarning yuqori darajada rivojlangan boʻlishini, jumladan, mantiqiy fikrlash, solishtirish, tahlil va sintez, muammolarga yakka tartibda va jamoa boʻlib nostandart yechimlar topa olish qobiliyatlarini taqozo qiladi. Bu koʻnikmalarni rivojlantirish esa, oʻz navbatida, anʼanaviy kontentga asoslangan pedagogika va baholash usullaridan chekinib, kompetensiyaga asoslangan oʻqitish va baholashni joriy qilishni talab qiladi. Oʻzbekiston 2022-yilda ilk bor qatnashishi kutilayotgan PISA xalqaro baholash dasturi oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonligi bilan bir qatorda, kreativ fikrlashini ham baholaydi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish va baholash uchun esa birinchi navbatda bu domenning oʻzini tushunish, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan “PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” nomli adabiyot aynan kreativ fikrlash domenining komponentlarini, kreativ fikrlash domeniga taʼsir qiluvchi omillarni xalqaro tadqiqotlarga tayangan holda ochib berilgan. Xususan, kreativ fikrlash deganda nima tushunilishi, kreativ fikrlashning qay darajada kontent va boshqa domenlarga bogʻliqligi, taʼlim jarayonida kreativ fikrlashning rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ijobiy va salbiy omillar batafsil yoritilgan. Shubhasiz, kreativ fikrlash domenining ilmiy asoslarini tushunish pedagoglarga taʼlim jarayonida oʻquvchilarining kreativ faoliyatini ragʻbatlantirish uchun samarali metod va texnologiyalarni tanlashda katta yordam beradi. Mazkur adabiyotning yana bir muhim jihati – kreativ fikrlashni tekshirishga qaratilgan PISA test topshiriqlari namunalari, ularning tavsifi, unda tekshiriladigan kompetensiyalar va baholash mezonlari keltirilganligidir. Bu esa bevosita PISA dasturida qabul qilingan kreativ faoliyatni baholash mexanizmlarini tushunishda katta koʻmak boʻlib xizmat qiladi. Oʻqituvchilar shu singari topshiriqlarning qanday ishlashini bevosita tahlil qilib, tushunib, oʻz darslariga kiritish imkoniyatiga ega boʻladilar. Taʼlim jarayonida funksional va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish va ularni baholashga qaratilgan manbalar, afsuski, oʻzbek tilida juda kam. Mavjud manbalar asosan kontent pedagogikasiga asoslangan boʻlib, ular, yuqorida aytilganidek, har doim ham XXI asr kishisi ehtiyojlarini hisobga olmaydi. Koʻpchilikning xorijiy tildagi manbalardan foydalanish imkoniyati yoʻqligini hisobga olsak, mazkur adabiyot pedagoglar va taʼlim sohasi vakillari uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi. Eslatib oʻtamiz, qoʻllanma hududiy malaka oshirish markazlari, hududiy boshqarmalar, 348 ta xalqaro tadqiqotga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablari hamda tegishli tashkilotlarga begʻaraz tarqatiladi. “Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
Mahalliy Dunyo Texnologiyalar Madaniyat Avto Sport Foto Uzum uz! Qo‘ziqorin Arxiv Начало формы Конец формы ЎКириллчага ўтказинг
RUB136.11 EUR12285.78
+21°C Toshkent
Mahalliy
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling