Op to’qnashuvlarida oraliq holatlardagi
Download 24.47 Kb.
|
Abdisalimov. ilmiy rahbar xulosasi
OʻzMU fizika fakultеti “Yadro fizikasi va yadro tеxnologiyalari (qo’llash sohalari bo’yicha)” yoʻnalishi magistranti Abdisalimov Bekzod Nabijon o’g’lining “3.25 A Gev/c impulsli 16Op – to’qnashuvlarida oraliq holatlardagi 8Be, 9B yadrolarning kinematik xarakteristikalarini tadqiq qilish” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy rahbari f.-m.f.d., professor E.X.Bozorovning XULOSASI Abdisalimov Bekzod Nabijon o’g’lining magistrlik dissеrtasiya ishi 3.25 A Gev/c impulsli 16Op – to’qnashuvlarida oraliq holatlardagi 8Be, 9B yadrolarning kinematik xarakteristikalarini tadqiq qilishga bagʻishlangan. Ushbu jarayonlarni tadqiq qilish mobaynida 1 metrli vodorodli pufakchali kammeraning tuzulishi hamda uning ishlash prinsipi, kaskad parchalanish bug’lanish modeli (KPBM), adron – yadro va yadro – to’qnashuvlarida paydo bo’ladigan zarralarni qayd qilish usullari haqida to’liq o’rganib chiqildi. 3.25 A Gev/c impulsli 16Op – to’qnashuvlarida oraliq holatlardagi 8Be, 9B yadrolarning hosil bo’lish kesimlari aniqlandi hamda topologiyasi aniqlandi. Olingan natijalar jadval holatiga keltirildi. Ushbu jarayonlarni to’liq o’rganib chiqdi. Rossiyaning Dubna shahrida joylashgan Birlashgan Yadro Tadqiqotlari Instituti (BYTI) laboratoriyasida 1 metrli pufakchali kamerada olingan fotosuratlar tahlil qilindi. To’qnashuvdan so’ng paydo bo’ladigan oraliq yadolar 8Be hamda 9B lar tadqiq qilindi va ularning paydo bo’lish kesimlari mbn larda aniqlandi. Olingan natijalar jadval ko’rinishga keltirilib, topologiyalari taqdim etildi. Oʻrganilgan namunalardagi ishlar bo’yicha yangi ma’lumotlar olindi va olingan ma’lumotlar ilmiy jurnallarda chop etildi. makro- va mikroelеmеntlarning taqsimlanishi boʻyicha yangi maʼlumotlar olindi va olingan natijalar ilmiy jurnallarda chop etildi. Mazkur dissеrtasiya ishida O’zFA Yadro fizika instituti laboratoriyasida natijalar olindi va ular KPBM bilan taqqoslangan holda jadval asosida shakllantirildi. B. Abdisalimovning magistrlik dissеrtasiya ishida 3.25 A Gev/c impulsli 16Op – to’qnashuvlarida oraliq holatlardagi 8Be, 9B yadrolarning hosil bo’lish kesimlari pufakchali kamerada olingan stereofotosuratlar yordamida o’rganilgan va KPBM bilan taqqoslangan holda natijalar jadval asosida keltirib o’tilgan. Abdisalimov Bekzod Nabijon o’g’lining “3.25 A Gev/c impulsli 16Op – to’qnashuvlarida oraliq holatlardagi 8Be, 9B yadrolarning kinematik xarakteristikalarini tadqiq qilish” mavzusidagi dissеrtasiya ustida ishlash jarayonida oʻzini ijobiy tomondan koʻrsata oldi. Dissеrtasiya kirish qismi, 3 ta bobdan, xulosadan va adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Magistrlik dissеrtasiya ishini _ (____) baho bilan baholayman va uni himoyaga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar: f.-m.f.d., professor E.X. Bozorov - - Download 24.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling