OpenFlow protokolining g'oyasi :
Sn'anaviy tarmoqda har bir marshrutizator va kommutatorda har xil marshrutlash jadvallaridan foydalaniladi va ular asosida marshrut aniqlanadi. OpenFlow asosidagi hamma kommutator va marshrutizatorlarda oqim jadvallarini aniqlash uchun yagona ochiq turdagi dasturlash protokoli ishlatiladi.
OpenFlow trafikni identifikatsiya qilish uchun kontroller taqdim etgan oqim kontsepsiyasi qoidalaridan foydalaniladi. Shuning uchun kontroller trafik qaysi tarmoq vositasi orqali uzatilayotganligini, tarmoqdagi yuklama qandayligini, qanday tarmoq resurslaridan foydalanish mumkinligini nazorat qilish imkoniga ega. Shu sababli, har bir oqim yo'nalishi alohida dasturlash negizida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |