Opera janrining vujudga kelishi va rivojlanishi Kirish


Grafinyaning xizmatchisi Suzanna (soprano) ham zakovat va


Download 0.84 Mb.
bet10/18
Sana09.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1179139
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Opera janrining vujud

Grafinyaning xizmatchisi Suzanna (soprano) ham zakovat va aqlda Figarodan qolishmaydi. Boshqalar bilan birgalikda u qasr-ning shovqinli, sho’x-shodon va mantiqsiz hayoti girdobida ay-lanadi. o’z baxti uchun qafiyat bilan kurasharkan, u o’zidagi irodani, topqirlik va ayyorlikni namoyish etadi. Suzanna yolg’iz qolgan damlaridagina bamaylixotir o’z qaylig’i haqida o’y sura oladi. Uning ikkinchi sahnaning ikkinchi ko’rinishidagi sitsiliana ritmida yozilgan ixchamgina ariyasi yorqin va aihiyatga ta'sir qiladigan darajada nozik jaranglaydi.Ariyaga fieyta, goboy, fagot- yog’ochdan yasalgan, puflab chalinadigan musiqa cholg’ularining tovushlari maxsus maftun-korlik bag’ishlaydi. Graf Almaviva musiqiy tavsifi murakkab va o’zgaruvchandir. Graf obrazi faqat ariyasidagina emas, balki an-sambl sahnalarida to’liq ochib beriladi. Birinchi ko’rinish finalida grafmya bilan bo’lgan sahnada uning partiyasi buyruq ohanglari bilan ajralib
18
turadi. Ichkari xonadan chiqqan Suzannani ko’rgan graf uning xushtori shu xonada yashiringan deb o’ylaydi, grafning partiyasida ajablanish ohanglari sezilib turadi. Zaharxanda ohang Figaroning so’roq sahnasida ustuvorlik qiladi va h.k. Grafmyaning musiqiy tavsifi ham o’zgaaivchandir. U o’zi yakka qolganida izti-robli va g’amgin, chunki turmush o’rtog’i unga xiyonat qilgan, uning qayg’uli tuyg’ulari har ikki ariyada ham ifodalangan. Ayniqsa, «Sevgi ma'budi» deyilgan birinchi ariyada- lamento turida bo’lib, yorqin chiquvchi talaffuzlar bilan u ochiq ko’rinadi.«Figaroning uylanishi» operasi kompozitsiyasi tugallangan no-merlarning secco rechitativlari bilan almashib kelishi asosiga qurilgan. Motsart musiqiy nomerlar almashinib kelishining me-xanik-sun'iy holatini bartaraf qiladi, ularning ko’pini rechitativlar bilan bogiangan rivojlanuvchi sahnalarga aylantiradi. Bular birinchi ko’rinishdagi ansambllari.
Figaro va Suzannaning har ikki dastlabki duetlari, 1-aktdagi trio, sekstet va boshqalardir.
Opera finallarining eng go’zal namunasi — birinchi ko’rinish finalidir, unda barcha musiqiy rivojlanish voqea harakatlariga ergashadi. Bu yerdagi musiqiy tavsiflar goh mustaqil tarzda ko’-rinsa, gohida dramatik vaziyatga bo’ysungan holda namoyon bo’-ladi hamda guruh harakatlariga aylanib ketadi. Har bir yangi qahramonning chiqishi bilan musiqa, temp, orkestrlashning xa-rakteri ham o’zgaradi. Bu o’zgarishlar tempning o’sib, uni pres-tissimoga yetkazadi.
Opera jo’shqin va shiddatli tarzda tugaydi. Suzanna, Figaro va grafinyalarning oqilona va ustakorona harakatlari natijasida graf-
ning o’zi hech bir shubhaga bormasdan Suzanna kiyimidagi o’z xotiniga xushomad qila boshlaydi. Fosh bo’lganidan keyin esa Figaro va Suzannalar baxtiga xalaqit bermaslikka majbur boiadi. Opera shodiyona to’y tantanalari bilan tugaydi.

19


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling