Operani rivojlanishida ijtimoiy va g’oyaviy shart-sharoitlar
Jahon va o`zdek operalarining yaratilishi va uning kompozitorlari ijodiga chizgilar
Download 104.5 Kb.
|
12. Operani rivojlanishida ijtimoiy va g’oyaviy shart-sharoitlar.
2.Jahon va o`zdek operalarining yaratilishi va uning kompozitorlari ijodiga chizgilar.
Opera – musiqa san`atining ehg yirik janri hisoblanadi. U bastakorning talabiga javob beradigan libretto, ya`ni she`riy-dramatik pesa asosida yaratiladi.Opera ham teatr tomoshasidir,barcha sahna bezaklari,kiyim-kechaklari,raqs harakatlari va boshqalar asar mavzusin,bo`lib o`tayotgan voqea davrini ochishga xizmat qiladi.Operada voqea,gapiradigan so`zlar-u kuynadigan qo`shiqlar,hamma-hammasi musiqaga asoslangan bo`ladi. Opera XVI asarning oxirlarida Italiyada paydo bo`lgan.U mavzusi va musiqa tiliga qarab,asosan 2 turga ya`ni jiddiy operalar va hajviy operalarga bo`linadi. IItaliyalik bastakor Yuzeppe Verdi,Avstriyalik bastakor Volfgang Amadey Motsart opera yaratishning eng yaxshi namunalarini yozib ketganlaridan so`ng,bu janrning taraqqiyoti XIX asrda Rossiyada yuksaklarga ko`tarildi.Buni butun dunyo xalqlari tan oladi.Bastakor Mixail Glinka (1804-1857-yillarda yashab,ijodqilgan)-“Ivan Susanin”,”Ruslan va Lyudmila”operalarini yaratib,rus opera san`tiga asos soldi. Yuzeppe Verdi 1813-1901-yillarda yashab,ijod qilgan Italiyalik butuk bastakordir.Uning-“Aida”,”Rigoletto”,”Traviata”,”Otello” kabi operalarini shu janrda yaratilgan 27 ta asari ichida eng durdonalari hisoblanadi.Verdi operalari sahnaga qo`yilib,birinchi ijro bo`lgan kun Italiyada bayramga aylanib ketardi.Xalq muallifni olqishlab,hozirgina tinglab tomosha qilgan operalaridan kuy-qo`shiqlarni yodlab olib,ko`chalarda barilla aytib uylariga qaytishardi. Albatta,bunday muvaffaqiyatlarning sababi,Y.Verdi o`z xalqining kuy ohanglarini yaxshi bilishi va o`tkir didli ijodkor sifatida tinglovchilar ehtiyojini yaxshi sezishidir. Y.Verdidan so`ng butun dunyo xalqlaridan chiqqan bastakorlar uning darajasida operalar yaratishni havas qilishadi,orzu qilishadi….Demak,jahon opera san`atida Y.Verdi ijodining o`z o`rni bor va ahamiyati katta. Opera san`ati paydo bo`lgandan buyon qancha-qancha bastakorlar dunyoga kelib,shu janrda qalam tebratib ko`rishgan.Turli tillarda ko`plab operalar sahnalashtirilgan.Ulardan birlari faqat bir marta,boshqalari ko`p marta qo`yilgan.Lekin,kamdan-kam mualliflarning operalari Yuzeppe Verdining operalari kabi asarlardan-asarlarga o`tib kelmoqda… Asrlardan-asrlarga o`tib kelayotgan opera durdonalari mualliflarining nomlari bugungi kunda ham butun dunyoda taniqli.Volfgang Amadey Motsartning-“Volshebnaya fleyta”(“Sehrli nay”)operasi,Yorj Bizening-“Karmen operasi,Pyotr Chaykovskiyning-“Prikovaya dama”(“Toppon xonim”),”Evgeniy Onegin”operasi,Nikoley Rimskiy-Korsakovning-“snegurochka(“Qorqiz”),”Sadko”,”Shoh Sulton haqida ertak”,”Oltin Xo`rozcha”operalari butun dunyoda mashhurdir. O`zbek musiqasi tarixida birinchi opera 1939-yilda yaratilgan,deb ko`pgina kitoblarda yozilgan.Bung-o`sha paytda yosh bastakor bo`lgan Muxtor Ashrafiyning ustozi S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda yozgan “Bo`ron” operasi Misol bo`la oladi.O`zbekistonda opera janrining shakllanishida dastlabgi pog`ona bo`lgan “Bo`ron”dan keyin talaygina o`zbekcha operalar dunyoga keldi.Bular-R.Glier va T.Sodiqovning “Layli va Majnun”,Muhtor Ashrafiyning “Dilorom”,”Shoir xotirasi”,Rashid Hamraevning “Zulmatdan ziyo”,Sobir Boboyevning”Hamza”,”Fidoyilar”,Hamid Raximovning “Zafar”,Ibrohim Hamraevning “Oyjamol”,Ikrom Akbarovning “So`g”d elining qoploni”,Mutal Burhonovning “Alisher Navoiy”,Sayfi Jalilning”Zebunniso”,M.Vafoyevning “Umar Xayyom”, Ulug`bek Musayev ,Nurilla Zokirov,Rustam Abdullayev ,Habibulla Rahimov,Avaz Mansurov kabi o`zbek bastakorlarining qator operalaridir. Sulaymon Yudakov yozgan opera –“Maysaraning ishi”, birinchi o`zbek hajviy operasi bo`lib,butun dunyoga tanilganini alohida ta`kidlab o`tish lozim. Bolalar uchun yozilgan va sahnalashtirilgan o`zbek operalari ko`p emas. Bular-Sobir Boboyevning”Yoriltosh”,Sayfi Jalilning “Malikai ayyor” va Avaz Mansurovning “Hayvonlar sultoni” operalari. Muxtor Ashrafiy 1912-1975 yillarda yashab ijod qilgan,o`zbek professional bastakoligi shakllanishida birinchilardan bo`lgan musiqa san`ati allomasidir.Uni xalqimiz bastakor,dirijyor,ustoz,katta rahbar sifatida yaxshi tanigan,qilgan mehnatlariga yarasha ardoqlagan.Vafotidan so`ng uning nomiga konservatoriya, bilim yurti, maktablar, ko`chalar qo`yilishi bejiz emas albatta. Muxtor Ashrafiy bastakor sifatida barcha janrlardaijod qilgan.Uning qalamiga mansub 4ta opera 3 ta balet,2 ta simfoniya va boshqa ko`pgina kamer-cholg`u,kamer vocal va o`nlab qo`shiqlarni sanab o`tish mumkin.Ijodkorning Toshkentda yashagan uyi bugungi kunda “Uy-muzeyga aylantirilgan”.Musiqa san`ati shinavandalari bu uy muzey bilan yaqindan tanishish uchun barcha viloyatlardan tashrif buyurishib ziyorat qilishadi. Askiya san`atining o`chog`i bo`lmish Qo`qon shahrida tug`ilib o`sgan Sulaymon Yudakov (1916-1990) tabiatan quvnoq,hazilkash inson bo`lgan.Sinchikov ijodkor sifatida o`zbeklarga hajviy opera va hajviy mavzudagi balet ma`qul bo`lishini kuzatib yurgan,kuzatishlari samara bergan.Opera janrida “Maysaraning Ishi”,balek janrida “Nasriddinning sarguzashtlari”ni yozib qoldirib,ulkan ish qilgan.Bu baletning premerasi,ya`ni birinchi ijrosi bastakor vafotidan so`ng ko`p yillar o`tib 1997-yilda bo`ldi.Ijodkorga o`z asarini sahnada ko`rish nasib etmadi… “Maysaraning ishi”operasida eski zamonlarda qozi,boy va kambag`allar o`rtasida bo`lib o`tgan bir voqea aks etturilgan.Opera janrining talablariga to`la javob beradigan bunday asarni hozirgi kunda ham xalqimiz sevib tomosha qiladi.O`zbek musiqa san`ati rivojida bu asarning o`rni va ahamiyati katta. O`zbekistonda ulug` inqilobdan so`ng qoshiqchilik va musiqa janrlarida yuksalish va ko`tarinkilik imkoniyatlari ochilgandey bo`ldi.Kuy va qo`shiqlarimizni atoqli ashulachilarimizdan Qori Yoqubov va rus vusiqashunosi Mironov tomonidan bir necha ashulalarimiz notaga olinib chop ettirildi.Uspenskiy bilan birga 2 yil davomida Shashmaqom notaga olindi. Musiqa maktablaridan chiqqan talabalar Rossiyadagi musiqa texnikumlarini va institutlarga jo`natila boshlandi.Ham o`z musiqamiz va Ovrupa musiqasini yaxshi bila olgan mana shunday talabalarimiz yetishguncha Ovrupa musiqa olimlarining yordamlari bilan kuylarimizni notaga oldirishga Ouropa musiqasining ohang usullaridan ko`z yumub qo`shiq kuylarimizni o`z ohangiga qolishicha turishaylik deb fikr tuzildi.Bu to`g`rida Uspenskiyning katta tajribasi bor edi. Ouropa ohang usullariga ergashtirib olingan kuy-qo`shiqlarning etnografik nuqtasidan ahamiyatni yo`qotganimiz kabi ularning O`zbekligini ham yp`qotgan bo`lamiz. 1918-yilning 1-sentabri O`zbekistonda opera teatr tashkil topgan kun hisoblanadi.O`sha kuni xalq Konservatoriyasida Dorgomiiskiyning<<,Rusalka>> Xulosa. Mutaqil Respublikamizda yoshlarni tarbiyalash va ularini O`zbekistonning kelajaki uchun xizmat qiladigan insonlar qilib shakillanishiga katta e`tibor berilmoqda. Bulardan tashqari mumtoz qo`shiqlr ham o`quvchilar uchun tarbiyaviy ma`naviy estеtik-badiiy madaniyatni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tinglash madaniyatini rivojlantirishda tarbiya tizimi musiqa hayotida еtakchi xisoblanadi .Hozirgi kunda musiqa va umuman san`atni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Opеra janri ashulachilik san`atining alohida o`ziga xos bir turidir. Ana shu o`ziga xoslik musiqa kuy shе`riy asar hamda opеra ijrosining tarkibiy ravishda qo`shilib kеtishidan o`z ifodasini topadi.Musiqa saboqiga badiiy axloqiy tarbiyalovchi o`quvchining badiiy tafakkuri shakllantiruvchi ta`lim sifatida qaralgan muximdir. Musiqa idroki mashg`ulotning еtakchi faoliyat turi sifatida muhim rol o`ynaydi .U ikki xolatni ma`lum asar tinglab idrok etish va uning badiiy tavsiyalari (dars mavzusiga doir oddiu musiqiy) pеdagog ta`limini qamrab oladi.Bunda o`quvchilar asarni tinglab (bizning mavzumizdagi o`zbеk opеralaridagi asarlar) badiiy estеtik zavq oladilar.Asarning musiqiy xususiyatlari (janri,tuzilishi,ifoda vositalari,ijro yo`llari) qamda badiiy mazmuni xaqida ma`lum bilimlarga ega bo`ladilar .Opеradagi ariyalar avval tinglanadi(idrok etilib) so`ng u yoki bu faoliyat (ko`proq kuylash) orqali o`zlashtiriladi.Uning badiiy mazmuni xususiyatlari amaliy faoliyatida ifodalanadi.Musiqa savodi faoliyatlarini nazariy birlashtiruvchi va o`quvchilarning musiqa savodxonligini tarkib toptiruvchi faoliyat turiga kiradi.Darsda qaysi faoliyat (tinglash ,kuylash va b.) qo`llanmasi uning amaliyotda foydalanayotgan asar o`rganiladi.Uning xususiyatlari (janri,tuzilishi ,ijrochiligi va x.) qaqida tushunchalar qosil bo`ladi, shuning uchun musiqa savodi faqatgina nota savodiga aylanib qolmasdan balki madaniyatli kishining umumiy musiqiy bilim doirasining musiqiy savodxonlik darajasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim tushunchalar majmuasi(musiqa shakllari,janrlari,cholg`ulari,ijrochiligi,xalq bastakorlik, kompazitorlik musiqasi ularning farqlari milliy musiqasini maxalliy uslublari ,klassik musiqasi, opеra janri, nota savodi va b).qamrab olish kеrak musiqa idroki tinglash va musiqa savodi faoliyatlari o`zaro uzviy boqlanish bilan boshqa barcha faoliyatlar amaliyotga еtakchilik qiladi. -O`zbеk opеra asarlarini o`rgatishning o`quvchilar musiqiy idrokini shakllantirishdagi aqamiyatini tadqiq qilish quyidagi xulosalarga olib kеldi.Opеra janrining tarbiyaviy imkoniyatlaridan qam foydalanish ma`naviy barkamol insonni shakllantirishda muxim omil bo`lib xizmat qiladi. -qo`shiq tinglash va kuylash jarayonida o`quvchilar qo`shiq matnida mazmun moqiyatini go`zallikka yanada oshno bo`lishini xullas insoniylikka xos barcha ijobiy fazilatlarni o`zida mujassamlashtira boradi. -Opеra janrlarining qamrovi ancha kеngdir uning tarbiyaviy imkoniyatlari inson ma`naviy jixatdan kamol topishida muxim o`rin tutadi va yaxshi samara lar bеradi. -Tinglangan opеra asarlari tinglovchi tomoshabin va o`quvchilarning badiiy estеtik tafakkurini shakllantirshga yordam bеradi. So`zimiz xulosasida shuni ta`kidlash lozimki kishining kuylash imkoniyatlaridan ko`ra tinglash imkoniyati ko`proq bo`ladi.Opеra asarlarini tinglash orqali bolalarning badiiy idroki rivojlanadi. Yosh avlodning musiqa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda musiqa tinglash ko`nikmasi muxim o`rin egallaydi. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling