Operani rivojlanishida ijtimoiy va g’oyaviy shart-sharoitlar
Opera san`ati o`quvchilarni musiqiy idrokini rivojlantirishda samarali vosita sifatida
Download 104.5 Kb.
|
12. Operani rivojlanishida ijtimoiy va g’oyaviy shart-sharoitlar.
1. Opera san`ati o`quvchilarni musiqiy idrokini rivojlantirishda samarali vosita sifatida.
Millatning kelajagi hisoblangan yosh avlodni har tomonlama etuk shaxs bo`lib voyaga etishishida ularning ta`lim-tarbiyasi, ma`naviy kamoloti masalasi davlat darajasiga ko`tarilib, bu yo`lda qator maqsadli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda o`zbek xalqining milliy o`zligini anglash jarayoni jadallashishi munosabati bilan yosh avlodni c-axloqiy tarbiyasining ahamiyati sezilarli darajada ortib bormoqda. Yosh avlod madaniyatimiz va ma`naviyatimizni, taraqqiyotning intellectual qadriyatlarini kelajak jamiyat a`zolarining ongiga etkazdilar. Zero, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxsning shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Shu o`rinda yoshlarning ma`naviy jihatdan barkamol qilib tarbbiyalanishida milliy musiqamizning roli alohida ayamiyatga ega. Chunki aynan yoshlarimizning milliy mentalitetimizga xos bo`lgan qadriyatlarni saqlab qolishda milliy musiqa san`atining ham o`z o`rni bor. Ma`lumki, milliy musiqa san`atimiz yoshlar o`rtasida samimiyatni, o`zaro mehr oqibatni yanada o`stirishga xizmat qiladi. Musiqiy ta`limning mazmun va mohiyati zaminida barkamol avlod, komil inson tarbiyasi yotadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda musiqa san`atini rivojlantirish, farzandlarimiz musiqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan qator dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o`rganish, uni yosh avlodlarga bezavol etkazish hamda yoshlarimizni ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan “Bolalar musiqa va san`at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan davlat Dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi”1 musiqa rivojiga yanada ulkan hissa bo`lib qo`shiladi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san`ati navqiron avlodimizning yuksak ma`naviyat ruhida kamol topishida boshqa san`at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta`sir ko`rsatmoqda”2, degan fikrlarni o`qiymiz. Haqiqatdan ham inson shaxsini har tomonlama tarbiyalashimizda musiqa tarbiyasining ahamiyati beqiyosdir. Ayniqsa, bugungi texnikaning misli ko`rilmagan darajada avj bilan yuksalishi davrida mutaxassislar oldida yoshlar qalbiga musiqaning ijobiy xislatlarini to`g`ri singdira olishday muhim vazifa turibdi. Jumladan, hozirda ko`plab yoshlarimizning G`arbning tala-to`p, shovqin-suronga boy, tushunarsiz musiqasini tinglashi, buning oqibatida o`sib kelayotgan yosh avlodning kelajagiga salbiy ta`sir ko`rsatishini anglab, buning oldini olish choralarini ishlab chiqish zarurdir. Ma`lumki, umumta`lim maktablari musiqa madaniyati darslaridagi faoliyat turlaridan biri musiqa tinglash faoliyatidir. Musiqani to`g`ri tinglay bilish va undan zavq olish ham katta san`at hisoblanadi. Insonda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan rivojlana boshlaydi. Bu borada aytish mumkinki, hali ona qornidalik davridayoq o`sib kelayotgan homila tashqaridan eshitilgan musiqani tinglay oladi. Bu borada o`tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatdiki, mumtoz kuy va ashulalari, jahon klassik ohanglari har qanday holatda ham insonga ijobiy ta`sir ko`rsata oladi. Aksincha, o`zida to`polon, shovqin-suronlikni aks ettirgan musiqiy guruhlarning “asar”lari insonda jizzakilik, tezlik kabi salbiy xislatlarni rivojlantiradi. Shu sababdan umumta`lim maktabi musiqa madaniyati fani o`qituvchisi musiqa madaniyati darslarida bolalarda musiqani to`g`ri tinglay olish madaniyatini shakllantira olishi zarur. Har bir xalqning milliy kuy va qo`shiqlari mavjud. Lekin yosh avlodni komil inson bo`lib tarbiya topishida o`zbek xalqiqagina mansub bo`lgan boy musiqiy merosi alohida ahamiyatlidir. Barkamol avlod tarbiyasida xalqimizning orzu-umidlari, hayotiy kechinmalari, ma`naviy dunyosini o`zida aks ettirgan alla, lapar, mehnat va marosim hamda boshqa xalq qo`shiqlari muhim omil bo`lib hisoblanadi. Ana shunday boy merosni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish bugungi kun musiqa madaniyati fani o`qituvchisining oldidagi muqaddas burchlardan biri bo`lmog`i shartdir. Mazkur faoliyat turini kengaytirishni to`g`ri yo`lga qo`yishni avvalo oiladan, maktabgacha ta`lim muassasalaridan, boshlang`ich sinf davridan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.Buning uchun ta`lim muassasasining mutaxassisi turli faoliyat shakllaridan foydalanishi zarur. Umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinflarida mazkur jarayonni o`yin ko`rinishida tashkil qilish mumkin. “Ohangni toping” – bilag`onlar o`yini orqali kichik yoshdagi o`quvchilarning musiqa tinglash bo`yicha egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarini shakllantirish, kengaytirish mumkin. Ushbu o`yinni tashkil qilishdan oldin bolalar diqqatini bir joyga jalb qilinib, mazkur o`yinning mohiyati tushuntirib beriladi. Bu o`yinni kichik guruhlararo musobaqa tarzida o`tkazilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Asosan o`zbek xalq kuy va qo`shiqlaridan berilgan parchalar o`quvchilarni fikrlashga, o`ylashga undaydi. O`qituvchi doimiy ravishda o`quvchilarga uyga vazifa qilib televideniye, radio orqali uyda tinglangan kyu va qo`shiqlarni tahlil qilishni topshirsa, bu holat o`quvchilarning doimiy ravishda musiqani to`g`ri tinglay olish madaniyatini shakllantirish va musiqani to`g`ri tinglay olish malakalarining o`sishiga ham olib keladi. Bundan tashqari, o`quvchilarning maktabdan va sinfdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishda turli mavzudagi tadbirlarning tashkil qilinishi ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan “Milliy kuy va ohanglar kechasi”, “Siz musiqani bilasizmi?” viktorinasi, “Ohanglar – ezgulikka etaklar” singari badiiy-musiqiy tadbirlar orqali o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish bilan bir qatorda ularning musiqani tinglay olish madaniyatini ham rivojlantiradi. Darhaqiqat, o`sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida musiqiy tarbiyaning naqadar ulkan omil ekanligi yanada ayon bo`lib bormoqda. Shunday ekan, yosh avlodni boy musiqiy merosimizni o`rganishga, engil-yelpi, tumtaroq ohanglardan qochib, ularning badiiy didini, musiqiy madaniyatini ko`tarishga, ma`naviy olamini kengaytirishga harakat qilmog`imiz kerak. Bu borada “Shashmaqom” singari milliy merosimizning noyob durdonalari bilan bir qatorda jahon tan olgan Motsart, Betxoven, Verdi, Bax, Chaykovskiy, Raxmaninov, Xachaturyan kabi buyuk kompozitorlarning durdona asarlarini ham o`z vaqtida o`rganib, tushuntirib borishimiz zarur. Buyuk yodgorliklar, madaniy va ma`naviy merosimizni avaylab asrashimiz, yosh avlod tarbiyasida musiqa san`atining eng nodir durdonalaridan to`laqonli foydalanmog`imiz zarur. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosalar qilish mumkin: -musiqa tinglash asosida tarbiya berishni bugungi kunda oiladan, maktabgacha ta`lim muassasalaridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda qat`iy dasturlar ishlab chiqishni yo`lga qo`ymoq zarur, shu bilan bir qatorda turli xil audio yozuvlarni MTM va umumta`lim maktablariga etkazish masalalarini ishlab chiqish – yoshlarimizning milliy musiqamizni tinglay olish malakalarini shakllantirish va unga nisbatan munosabatlarini shakllantirish ishlari umumta`lim maktablarida darsdan tashqari ko`ngilochar tadbirlar, san`atkorlar bilan uchrashuvlar tarzida amalga oshirishni yo`lga qo`yish; -oliy ta`lim muassasalarida musiqiy ta`lim yo`nalishidan tashqari bo`lgan ta`lim, fan yo`nalishlarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar bilan ham musiqa tinglash targ`ibotini yo`lga qo`yish, jonli ijro mahoratlari yuqori bo`lgan el ardog`idagi san`atkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish kabi tyrli ko`rinish va shakldagi targ`ibot ishlari orqali o`sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida musiqa tinglash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish ishlari ko`lamining kengayishiga erishish mumkin. Tajriba-sinov ishlariolib boorish jarayonida ishlatilgan uslublar opera san`atining paydo bo`lish va rivojlanish tarixini, uning xususiyatlari, mavzu va janrlari o`quvchilarning ma`naviy-axloqiy tarbiyasidagi potentsial imkoniyatlarni aniqladi. Biz ishonch bilan aytamizki, aynan vatanparvarlik shaxsning eng asosiy xislatlari va milliylikning poydevoridir. Zero bilimga, fanga, maqsadga intiluvchanlik, qiyinchiliklarni engishdagi qat`iyatlilik, o`z ustida ishlash xislatlari shu poydevor ustiga quriladi: -Vatanga bo`lgan muxabbat, uning nabiiy boyliklariga ehtiyotkorlik; -Vatandoshlariga bo`lgan mehr-muruvvat, yaxshilarga tenglashishga intilish; -Mustaqillik davrida xalqning, mamlakatning xalq xo`jaligi, ilm, san`atda erishgan yutuqlari bilan faxrlanish hissiyoti; --Jamiyatda o`z o`rnini topishga intilish, o`zining huquq va burchlarini tushuna olish, xayotda mustaqil fikrlashga intikish, o`z qiziqishi va qobiliyatiga qarab kasbga, hunarga ega bo`lish; -Mamlakat ishiga o`z hissasini qo`shish, uning chiroyiga-chiroy qo`shishga intilish. Bizning o`tkazgan tajriba-sinov ishlarimiz shuni ko`rsatdiki, o`quvchilarning ma`naviy tarbiyasida har xil turdagi choralar ishlatiladi: -o`qituvchi ustozning hissiyotlar bilan bezatilgan nutqi; -trixxiy va badiiy adabiyot; -eng yaxshi vatandoshlarning xayoti va faoliyatidan misollar; -ommaviy axborot vositalari (radio, matbuot, televideniye); -tasviriy san`at; -musiqiy san`atning har xil janrlari. Lekin maktab xayotini o`rganishda, musiqa darslarining tuzilishini ko`rib chiqishda ma`lum bo`ldiki, o`quvchilarning ma`naviy tarbiyasida opera san`atining boy imkoniyatlari etarli darajada qo`llanilmaydi. Bizning o`rganib chiqish jarayonimizda o`quvchilarning ma`naviy tarbiyasida opera san`atining potentsial imkoniyatlarini bir necha guruhga bo`lib chiqdik: -o`rganish imkoniyatlari; -rivojlantiruvchi; -tarbiyaviy-axloqiy; -tuzatish, ma`naviy kamchiliklarni , nuqsonlarni to`g`rilash; -kasbiy yo`naltirish; -ma`naviy hordiqqa alohida ma`no, ko`rkamlik, go`zallik bag`ishlash. O`rganish imkoniyatlari musiqani, Vatan to`g`risidagi bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirishga, uning tarixi, xalq urf-odatlari, baxtli kelajak haqidagi umid va armonlarini yanada kengaytirishga intiladi. O`quvchilarning qalbi va tuyg`ulariga kirib borgan opera qo`shiqlari ularga boshqa darslarni (ona tili, adabiyot, tarix, geografiya, biologiya va h.k.) chuqurroq bilish va o`zlashtirishga yordam beradi. Xalq ma`naviyatini rivojlantirish imkoniyatlari shundan iboratki, u c qiziqish va ishtiyoqlarini, musiqiy qobiliyat va zakovatlarini rivojlantiradi, psixologik xislatlarning: zehn va e`tibor, tasavvur qilish – fantaziyaning to`g`ri rivojlanishi, tafakkur, fikrlash, eslab qolish, go`zallikni tushuna bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Opera san`ati o`quvchilarni “ko`chaning” yomon ta`siridan chalg`itishga katta yordam beradi va dam olishni mazmunli, chiroyli, farosatli o`tkazishga undaydi va ularni mo`jizali, romantic, o`zgacha go`zal olamga olib kiradi. Lekin bizning tekshirish materiallarimizdan kelib chiqadiki, bu imkoniyatlar etarli darajada ishlatilmaydi. Yig`ilgan materiallarning tahlili shuni ko`rsatdiki, musiqani o`qitish ahvoli va opera san`ati imkoniyatlarini etarli darajada ishlatilmasligining bir necha alohida sabablari bor: Musiqiy tarbiya va ta`lim ishlari dars jarayonidan tashqariga chiqa olmaydi. Musiqa bo`yicha o`quv programmasi ko`p yuklangan, unda opera san`ati bilan tanishtirishga kam joy ajratilgan; O`quvchilarning qiziqishlariga javob beradigan tashkilotlardagi maktabdan tashqari va sinfdan tashqari faoliyatning katta imkoniyatlaridan etarli darajada foydalanilmasligi va e`tiborga olinmasligi; Musiqiy tadbirlar kam uyushtiriladi, musiqa tog`risida etarlicha ma`lumot berilmaydi; Musiqa o`qituvchilari o`zlarining bu ishdagi alohida rolini, pedagogic jamoaning va ishga uyushqoqligini yo`lga qo`yishda, o`quvchilarning tarbiyasida musiqaga alohida e`tibor va keng ravishda ishlatilishlik rolini tushunishmaydi. Vaholanki, musiqa maktab hayotida alohida o`rinda turib, hayotning bir tarkibi, uslubiga aylanishi kerak; Musiqa o`qituvchilari har tomonlama rivojlangan, ma`lumotli, ma`naviy boy, etuk madaniyatli shaxsni tarbiyalash uchun musiqa darsida maxsus metodika va pedagogic texnologiyani egallamagan Pedagogik muassasalarda o`qish davrida kelajakdagi musiqa o`qituvchilari uchun etarli ravishda o`quvchilarni opera san`ati bilan tanishtirish uchun etarli darajadagi bilim va ko`nikmalarga ega emas, ayniqsa darsdan tashqari ishlarda. Shu tekshirish masalalari bo`yicha o`quvchilarning ma`naviy tarbiyasida opera san`atining potentsial imkoniyatlarini amalga oshirishning sharoitlari ishlab chiqildi: 1.O`zining kasbini-musiqadan dars o`tishning mohiyatini tushunadigan,o`z kasbini sevadigan,uning o`quvchilarning ma`naviy tarbiyasidagi o`rnini tushunadigan, ongli, texnologiyaga ega yetuk mutaxassislarni tayyorlash; 2.Maktab raxbariyati va pedagogik jamoaning maktabning har tomonlama hayotiga musiqiy ruh olib kirish(mumkinligiga); 3.Musiqa sinfi(zali)ni tashkil qilish va uni kerakli jihozlar,texnika vositalari,opera san`atining eng yaxshi namunalaridan boy fonoteka maktabi tuzish, ayrim musiqiy asarlrni yoritib beruvchi tasviriy san`at navunalarini osib qo`yish umuman musiqiy san`atni va opera san`atining boyligini ochib beruvchi asarlardan kutubxonachalar tashkil etish; 4.Maktabdan va darsdan tashqari o`quvchilar bilan ish olib boruvchi tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish; 5.Ota-onalarni keng ravishda ishga jalb etish (biror-bir musiqa asbobida o`ynaydigan musiqachi va boshqalar); 6.Birinchi shartda qo`shimcha ravishda fakultetlarning o`quv rejasini ko`rib chiqish va o`zining ahamiyatini yo`qotgan darslarni zamon talabiga javob beradigan yangi darslar bilan o`zgartirish; 7.Musiqa fakultetlarining har bir kafedrasi o`zining o`quv dasturini boshqatdan ko`rib chiqib,uni yanada mukammallashtirish va mavzularini maqsadga muvofiq ishlab chiqilishini ta`minlash; 8.Musiqa o`qituvchilarini tayyorlaydigan o`quv muassasalarida va maktablarda darslararo aloqaning imkoniyatlaridan keng ravishda foydalanib u darslar o`quvchilari bilan birgalikda darslar olib boorish; 9.Ommaviy axborot vositalarida opera san`ati haqida keng ravishda ma`lumot berish opera qo`shiqlari ijrochilari konsertlarberish va ular haqida dasturlar tayyorlash. Bu aytilgan shartlarning amalga oshirilishida ko`p qiyinchilik va mablag`ni ko`pishlatilishi ko`zda tutilmaydi,lekin o`quvchilarning ma`naviy tarbiyasidagi masalalarni yechishda juda katta yordam beradi. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling