Multimedia vositalari bilan ishlash
Multimedia vositalari (multimedia – ko‘pvositalilik) - bu insonga o‘zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia (multi - ko‘p, media - muhit) - bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo‘lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi. Grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Masalan, oddiy Word redaktorida tayyorlangan faylni grafik faylga aylantirish, bir formatdagi grafik fayllarni boshqa formatdagi grafik fayllarga aylantirish, bir necha multimedia ilovalarini yagona multimedia ilovalariga jamlash, multimedia ilovalarini o‘lchamini, hajmini, sifatini va tuzilishini multimedia dasturlari orqali amalga oshirish mumkin. Bunday dasturlarga Adobephotoshop, Adobe Flash, 3D Max kabi dasturlar kiradi.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega. a)Berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor; b)Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi; v)Ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni te’jash imkoniyatiga erishish; g)Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Operatsion sistemelar va ularning turlari
Operatsion sistema-kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |