Windows 10 dasturining tashqi ko‘rinishi. Windows 10 OTi ishga tushganda monitor ekranida har doim uning “Start” menyusi paydo bo‘ladi (1-rasm) va u ekranni to‘liq egallaydi5.
Rasm - . Windows 10 OT asosiy ish stoli
Windows 10 versiyalari. Microsoft, har doimgidek Windows 10 operatsion tizimning bir necha versiyalarini ishlab chiqardi. Biroq, Windows 8.1 versiyasi bilan unchalik ko‘p farq qilmaydigan interfeysni yaratdi. Windows “sakkiz” versiyasi esa o‘zidan oldingi Windows 7 va Vista versiyalaridan ancha farq qiladi.
Microsoft firmasi Windows 10 ning quyidagi 4 variantlarini taklif qilgan:
Windows 10 Home (Windows 10 Core); Windows 10 Enterprise; Windows 10 Education.
Bu to‘rt variantlarning birinchi ikkitasi oddiy foydalanuvchilar uchun rejalashtirilgan, uchunchisi esa kor’orativ bozorlar uchun, to‘rtinchi versiyasi esa ta’lim muassasalari uchun taklif qilingan. Bundan tashqari, Enter’rise va Education variantlar funksional jihatdan deyarli farq qilmaydi, bu ikkala variant eng “toʽliq” turi hisoblanadi6.
Rasm - . Windows 10 ning “fundamental” imkoniyatlari ro‘yhati
8-rasmda biz Windows 10 ning “fundamental” imkoniyatlari ro‘yhatini ko‘rishimiz mumkin. Ko‘rib turganingizdek, Windows 10 Home eng oddiysi hisoblandi. Qolaversa, Windows 10 pro varinatining qo‘shimcha bir qancha imkoniyatari oddiy foydalanuvchilar uchun zarur emas.
Microsoft jonli plitalarni Windows 8 davridayoq namoyish etgan edi. Lekin platformaning ikki marta yangilanganidan keyin ham bu plitalar deyarli o‘zgarishga uchramadi. Sho‘nga qaramay, kompaniya interfeysning unumdorligini yanada oshirmoqchi.
Windows 10 ning qanday yangiligi bor? Agar Windows 10 ni sinchiklab ko‘zatilsa, Windows 7, 8 va boshqa versiyalarda bo‘lmagan, lekin Linux da bor bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin.
Quyida Windows 10 da uchraydigan asosiy o‘zgarishlar ro‘yhatini keltirib o‘tamiz:
Bu qatorni yana davom ettirish mumkin, ya’ni ro‘yhat to‘liq berilmaganligini oddiy foydalanuvchi va administrator tushunib yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |