Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja
Rasm - . Windows 10 ning Pusk bosh menyusi
Download 216.23 Kb.
|
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanuvchi uchun to‘liq qayta ishlangan interfeys
Rasm - . Windows 10 ning Pusk bosh menyusiWindows yo‘l ko‘rsatuvchisi - papkalar darchalari bilan muomala qila olasiz va Windowsning yo‘l ko‘rsatuvchisi bilan sinovlar o‘tkazishga tayyorsiz. Windowsning ilgarigi ba’zi yo‘riqnomalarida Windows yo‘l ko‘rsatuvchisi dasturini ko‘pincha Windowslarda fayl dispetcherlari (File Manager) ning yaxshilangan versiyasi – fayllarning “kuchaytirilgan” dispetcheri deb atashgan, lekin bu dasturni novigatsion panelining papka darchasi deb atash to‘g‘riroq bo‘lardi. Bu panel sizning kompyuteringizning va uning tarmoq o‘ramining “harita-sxemasi”dan iboratdir. Windowsda bu tizimlarning imkoniyatlari takomillashtirilgan va kengaytirilgan, shaxsiy kompyuterda ishlashga yangicha soddalashtirilgan yondoshuv ta’minlangan. Bundan tashqari Windowsga zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning quvvatini maksimal darajada ishlatish imkonini beradigan bir qator eng yangi texnik yechimlar mujassamlashtirilgan. Foydalanuvchi uchun to‘liq qayta ishlangan interfeys - yangi interfeys sharofati bilan Windows da dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish va saqlash, disklar va arxivlar bilan ishlash ancha oson va yengil. Windows foydalanuvchisi uchun yangi interfeysining asosiy hususiyatlari quyidagilardan iborat: Bosh menyu tugmasi (Start Menu Windowsning ruscha variantida- Glavnoye menyu) dasturlarga, oxirgi marta siz ishlagan hujjatlarga, boshqarish panellariga (Control panel), printerlarga, tizimli utilitlarga sodda murojatni ta’minlaydi; Bir dasturdan boshqasiga o‘tishni soddalashtiradi; Oldingi versiyalardagi fayllar dispetcheri (File manager)ni almashtirib kelgan Windows o‘tkazuvchisi (Windows Explorer)ning kuchli dastur ekanligini ko‘rsatadi; Serverlarni ko‘rib chiqish va tarmoq fayllariga xuddi lokal qattiq diskdagidek oson ishlov berish imkonini beruvchi tarmoq o‘ramining nishoni (Network Neighborhood) mavjud; Tez-tez ishlatiladigan dasturlar, panellar va hujjatlar uchun yorliqlar yaratish imkoni mavjud; Obyektlarning tizimini sozlashni yengillashtiruvchi hususiyatlarining ro‘yhatlari mavjud; Hujjatga u yaratgan ilovani ishga tushurmay nazar tashlash imkonini beruvchi «tez ko‘rib chiqish» vositasidir; Sizning kompyuteringizda bo‘lganidek, tarmoq serverida ham ixtiyoriy axborotni tanlashga yordam beruvchi kuchli izlash dasturi mavjud; Tasodifan kerakli bo‘lgan ma’lumotni chiqarib tashlaganingizda sizga uni tiklashda qo‘l keladigan savati (Recycle Bin) mavjud; printerlar va shriftlar bilan ishlash uchun oddiy asboblar ham mavjud; Tizimni o‘rnatish va sozlashda foydalanuvchini ko‘zatuvchi «ustalar» jamoasi (Wizards) mavjuddir. Unda kontekstli izlash imkoni paydo bo‘lgan takomillashtirilgan yordam tizimi mavjud. Yangi tizimga o‘tish Windowsga Windowsning oldingi versiyalarining qobiqlari bo‘lgan dasturlar dispetcheri (Program Manager) va fayllar dispetcheri ham kirganliklari tufayli osonlashadi. Download 216.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling