Dasturiy ta’minot (Software yoki qisqacha DT) - kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni unumli tashkil etish uchun ishlatiladigan dasturlar to’plamidir. Boshqacha qilib aytganda, dasturiy ta’minot hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan dasturlar to’plamidir. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan dasturlar to’plami uning dasturiy ta’minotini tashkil
etadi.
Kompyuterda ishlash uchun o’rnatilib, tayyorlangan dasturlar to’plami o’rnatilgan dasturiy ta’minot deyiladi.
U yoki bu vaqt oralig’ida ishlatilayotgan dasturlar to’plami dasturiy konfiguratsiya deyiladi.
Dasturiy ta’minotga, shuningdek, uni loyihalash va yaratish bilan bog’liq quyidagi soha ham kiradi:
❖ Dasturiy ta’minotni loyihalash jarayonini osonlashtiruvchi dasturiy vositalar yaratish va ulardan foydalanish.
Dasturiy ta’minot - kompyuterning ajralmas qismidir. U kompyuter texnik qurilmalarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Muayyan kompyuterni qo’llash ko’lami uning uchun yaratilgan dasturiy ta’minot bilan belgilanadi. O’z-o’zidan kompyuter muayyan sohaga oid masalani yechish bo’yicha bilimlarni o’zida mujassamlashtirmaydi. Ushbu bilimlarni shakllantrish va ulardan foydalanish uchun dasturiy ta’minot zarur. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti millionlab dasturlarni - o’yinlardan tortib to murakkab ilmiy masalalarni yechish dasturlarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |