Operativ byudjet Reja
BUDJET TIZIMI VA UNING PRINTSIPLARI
Download 2.03 Mb.
|
Operativ byudjet
2. BUDJET TIZIMI VA UNING PRINTSIPLARI
“Hammamizda ham bir xil qobiliyat bo’lmasligi mumkin, lekin hammamizda qobiliyatni rivojlantirish uchun bir xil imkoniyat mavjud” A.P.J Abdul Kalam Budjet so’zi 15-asrlarda paydo bo’lgan bo’lib, O’rta asrlardagi Fransuz tilidan “bougette”, qadimgi fransuz tilidagi “bouje”, ya’ni “charm sumka, hamyon, kichik charm sumka”, lotin tilidagi “bulga” so’zidan olingan bo’lib, “charm sumka” degan ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi (1973) g’aznachilik vaziri fiskal rejalarini o’zining hamyonida saqlashi degan tushunchani beradi. Boshqa ma'nosi 18 -asrda “yangiliklar shodasi” bo’lib ko’chdi, shu sababdan bu so’zni ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha sifatida ishlatilgan. Oksford lug’atida keltirilishicha, budjet – ma’lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo’yilgan maqsadga muvofiq kerakli pul mablag’ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug’atiga ko’ra, Budjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog’liq holda sarflanishga qodir bo’lgan pul mablag’i miqdoridir ya'ni, pul miqdorini qancha sarflanishi mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun qancha to’lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko’ra: “budjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi”. Davlatning budjet tuzilishi turli darajadagi budjetlarning turlarini, har bir budjet bo’g’inining tayinlanishini, turli pog’onadagi budjetlar o’rtasida daromad va xarajatlarning taqsimlanishini, ularning amal qilish tamoyillarini, markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining budjet tizimini boshqarishdagi vakolatlarini belgilab beruvchi yuridik me’yorlarga asoslanadi. Budjet tizimi mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadaga budjetlar yig’indisini bildiradi. Demak, Budjet tuzilishi mamlakatning davlat budjeti va budjet tizimini, uning bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, budjet tasnifini, budjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi budjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, budjetlar tarkibi va tuzilmasini, budjet mablag’larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi (1rasm). Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling