Operativ byudjet Reja


Byudjetlarni ijro etishda tezkor (


Download 2.03 Mb.
bet2/9
Sana21.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1714924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Operativ byudjet

Byudjetlarni ijro etishda tezkor (operativ) nazoratni amalga oshirish

Budjet tizimi mamlakatdagi turli darajadagi budjetlarni o’zida ifoda etadi.


Boshqacha ma’noda, Budjet tizimi budjetning o’zaro bog’liqlikda bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriyhududiy bo’linishiga bevosita bog’liq.
Davlatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi o’rtasida sodir bo’ladigan moliyaviy munosabatlari budjet munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlarning moliyaviy munosabatlar tizimining bir qismi sifatidagi o’ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, bu munosabatlar ko’p qirrali taqsimlash jarayonida sodir bo’ladi va bu jarayonning ishtirokchisi bo’lib davlat (tegishli hokimiyat organlari timsolida) qatnashadi. Ikkinchidan, bu munosabatlar umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan markazlashgan pul mablag’lari fondining shakllanishi va ishlatilishi bilan bog’liq.
Budjet munosabatlari juda xilma-xildir, chunki ular ko’p pog’onali va kengqamrovli taqsimlash jarayonining turli yo’nalishlarida (iqtisodiyot sektorlari, ijtimoiy faoliyat sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida) sodir bo’ladi. Bu munosabatlar ob’ektiv xarakterga ega, chunki har yili davlat ixtiyorida:

  • kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun;

  • mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun;

  • mudofaa vazifalarini xal etish uchun; davlat boshqaruvining umumiy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo’lgan milliy daromadning bir qismi to’planishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, davlatning o’z funktsiyalarini bajarishi uchun ma’lum darajada moddiy va moliyaviy bazaning zarurligi budjet munosabatlarining ob’yektiv zarur va mavjud bo’lishini taqozo etadi. Budjet munosabatlari davlat ixtiyoridagi yirik markazlashgan pul fondi ko’rinishida moddiy-buyum shaklini oladi.

Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ixtiyorida markazlashish darajasini aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq:

  • iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga;

  • davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga;

  • korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga;

  • jamiyat tomonidan hal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning xarakteriga,

  • iqtisodiyotda va ijtimoiy soha-tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning ko’lamiga va boshq.

Sodda shaklda budjet bu hujjat yoki hujjatlar yig’indisi, ya’ni tashkilotning
(oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalari, ya’ni daromadlar, xarajatlar va maqsad hamda natijalar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi rejalar sifatida qaraladi. Tarixan, budjet so’zi charm karmon, hamyon, sumka va hamyonchadir. Asosan, inglizchada bu termin hukumat ehtiyojlari va resurslarini Parlament bayonotiga Moliya Vaziri ko’tarib boradigan charm sumka sifatida tasvirlangan.
Davlat budjeti davlat moliyasining markaziy bo’g’ini bo’lishi bilan bir qatorda moliya tizimining ham asosini tashkil etadi. Davlat budjetining iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funktsiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta vazifalarni
qo’yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda budjet mablag’lari xizmat qiladi.
Davlat budjeti yaxlit hukumatga xizmat qilishi bilan bir qatorda, moliyaviy resurslarni tarmoqlararo qayta taqsimlashda, hududlararo, mulk shakllariaro qayta taqsimlashda ham bevosita ishtirok etadi.
Masalan, tarmoqlararo qayta taqsimlashda har qanday iqtisodiy tizimda ham ayrim tarmoqlar uchraydiki, ularning daromadlari o’z xarajatlarini qoplay olmasada, lekin ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko’rsatayotgan xizmatlar va bajarayotgan ishlar umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlar bilan bog’liqdir. Bunday tarmoqlar tarkibiga: energetika, transport va boshqalar kirishi mumkin. Ushbu tarmoqlarga budjet orqali yuqori rentabelli tarmoqlarning moliyaviy resurslari qayta taqsimlab beriladi.
Davlat o’z funktsiyalarini bajarishi uchun, shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichi strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyat ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Lekin mablag’larni davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash ko’lami ko’p jihatdan mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va rivojlanish darajasiga, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashish ko’lamiga, ijtimoiy sohadagi davlatning majburiyatlari ko’lamiga, aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturlarining qamrovliligiga bog’liq.
Davlat budjetiningkassaliijrosidag’aznachiliktiziminingbanktizimidanfarqishundaki, avvalo, budjetijrosijarayonidag’aznachilikikkioqimdagipulmablag’larinito’playdi. Daromadlarvaxarajatlarbirhisobraqamdanqilinadi, bundaytartibmavjudmablaglarbilanmoliyalashtirishjarayoninitezlashtirishgaimkonb eradi.
Budjet jarayoni -budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, budjet tizimi budjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o'rtasidagi o'zaro munosabatla r jarayoni. “Budjet kodeksi”, 3-modda
Budjetning kassa ijrosi deganda har bir budjetning daromadlari mazkur budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu budjetdan mablag’ bilan ta’minlanuvchi barcha tashkilotlarga pul mablag’lari ushbu kassa orqali beriladi. Budjet ijrosi shunday jarayonki, u moliya yili mobaynida to’liq va o’z vaqtida, har bir manba bo’yicha daromadlarni tushishini, shuningdek, korxona va tashkilotlarni tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasi chegarasida moliyalashtirilishini ta’minlaydi. Davlat budjeti g’azna ijrosi kassa birligi, budjet tashkilotlarini moliyalashtirish hisobini yuritish, budjet tiniqligi, budjet majburiyatlarini limiti, shartnomalarni ro’yxatga olish kabi tamoyillarga asoslanadi. Budjet mablag’larini taqsimlovchilari, taqdim qilingan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitobni amalga oshiruvchilar ya’ni budjetdan mablag’ oluvchilardir yoki budjet tashkilotlaridir.
Davlat budjeti ijrosi budjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadiki, gaznachilikda belgilangan istiqbol ko’rsatkichlari, tasdiqlangan rejalar va ishlab chiqilgan dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattik nazorat qilinadi.
Budjetning ijrosi - budjetning barcha daromadlarini to’liq va o’z vaqtida tushishini hamda barcha rejalashtirilgan budjet xarajatlarini moliyalashtirish ta’minlanishini ko’zda tutadi. Budjetning daromad qismini ijro etish yuridik va jismoniy shaxslardan soliq va soliqdan tashqari to’lovlar undirish hisobiga amalga oshiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tegishli to’lovlarni qonunda belgilangan muddatlar va tartibda mustaqil ravishda hisoblaydi va budjetga to’laydi. Budjetning kassali ijrosi deganda har bir budjetning daromadlari mazkur budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu budjetdan mablag’ bilan ta’minlanuvchi barcha tashkilotlarga pul mablag’lari ushbu kassa orqali beriladi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, budjetning kassa ijrosi, aralash, g’aznachilik va bank usuli bilan amalga oshiriladi. Budjetning ijrosi bank tizimida mamlakatning markaziy banki orqali amalga oshiriladi. G’aznachilik tizimida davlat g’aznasi daromadlarni qabul qiladi, xarajatlarni amalga oshiradi va qolgan mablag’lar uning maxsus hisob raqamida qoladi. “G’azna” inglizcha “treasure” so’zidan olingan bo’lib, insonlar tomonidan ma’lum bir maqsadlarda ega ko’milgan oltin va kumushning topilishi hamda bu topilma podsholarga tegishli bo’lganligini anglatadi. Boshqa iqtisodiy adabiyotlarda “g’aznachilik” –terminiga iqtisodiy kategoriya sifatida ikki xil ta’rif beriladi. G’aznachilik–davlat budjeti kassasini ta’minlaydigan va davlat moliyasini boshqaradigan maxsus davlat organidir. G’aznachilik – mamlakatning moliya siyosatiga va iqtisodiyotni boshqarishga javob beradigan Britaniya davlatidagi vazirlikdir. G’aznachilik– ko’pgina mamlakatlarda Moliya vazirligi tarkibida faoliyat ko’rsatadigan davlatning maxsus moliya organidir. G’aznachilik funktsiyalari tarkibiga davlat budjeti loyihasini tayyorlash va uni ijrosini boshqarish, davlat qarzlarini boshqarish, shuningdek, davlat qimmatli qog’ozlarini emissiya qilish kiradi.
Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasi hukumati bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan izchil iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli dastaklarini o’z ichiga oladi. Mana shunday dastaklardan eng muhimlaridan biridavlatning izchil moliyaviy siyosati hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat moliyaviy siyosatini olib borish va iqtisodni moliyaviy tartibga solish muammolariga alohida e’tibor beriladi.



Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling