Operativ leverej manbalari


Download 17.42 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.42 Kb.
#1601109
Bog'liq
Xolmurodova Sevara


OPERATIV LEVEREJ MANBALARI
REJA:
1. Biznes riski va moliyaviy risk
2. Zararsizlik tahlili
3. Operativ leverej manbalari
4. Kapital strukturasi nazariyasi
5. Kapital strukturasini boshqarishning asosiy usullari
Biznes riski va moliyaviy risk Agar investorlarning kutilganidan kamroq olingan korporativ daromad sababli hafsalasi pir bo’lsa, bu ularning firmaning kelgusi faoliyatidan kutadigan natijalarini pasaytirib yuboradi va natijada, firmaning oddiy aksiyalari narxi tushadi. Shuning uchun, korporativ ijrochilar va direktorlar kengashi Vol Stritga topshiradigan daromadlar hisobotiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu sababli, moliyaviy tahlilchi aksiya birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchanlik manbalarini yaxshi tushunishi kerak. Bu bobda biz firmaning daromadlari oqimidagi o’zgarishni 3 xil manbaga ko’ra farqlaymiz: 211 1. Biznes sohasi tanlovi – firma faoliyat olib boruvchi sanoat tarmog’i sababli kelib chiqadigan tabiiy tebranishlar natijasida paydo bo’luvchi firma daromadlarida o’zgarishlar. Masalan, agar firma daromadlar biznes davrlari bilan bog’liq ravishda tebranib turadigan tez o’zgaruvchan sanoatda faoliyat yuritsa, u holda firma daromadlarining o’zgaruvchanligi biznes davrlari kamroq ta’sir ko’rsatadigan sanoatdagiga nisbatan ko’proq bo’ladi. Biz biznes daromadlaridagi bunday o’zgarishlarning manbasini biznes riski deb ataymiz. 2. Xarajatlar strukturasi tanlovi – firmani yuritish uchun sarflanadigan o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisini bildiruvchi firmaning xarajatlar strukturasi natjasida yuzaga keladigan firma daromadlarining o’zgaruvchanligi121 . O’zgarmas xarajatlarning (o’zgaruvchan xarajatlarga qaraganda) ko’p bo’lishi daromadlardagi o’zgarishlarga nisbatan foydaning o’zgaruvchanligini oshirib yuboradi. Firmaning o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarining tuzilishi asosan firma faoliyat olib borayotgan sanoat tarmog’iga qarab aniqlanadi. Masalan, avtomobil sanoati zavodlar va ulardagi asbob-uskunalarga katta investitsiya kiritshni talab qiladi. Bu zavodning ishlashi darajasiga bog’liq bo’lmagan yuqori o’zgarmas xarajatlarga sabab bo’ladi. Biz firma daromadidagi bu o’zgarish manbasini operativ risk deb ataymiz. 3. Kapital strukturasi tanlovi – firma daromadlaridagi o’zgarish manbasi bo’lib, u qarzli moliyalashtirish kabi o’zgarmas daromadni talab qilivchi moliyalashtirish manbalaridan foydalanish natijasida yuzaga keladi. Biz daromadlardagi bu ko’rinishdagi o’zgarish manbasini moliyaviy risk deb ataymiz. Biz endi firma daromadlaridagi bu uch o’zgarish manbasi alohida-alohida to’xtalib o’tamiz. Firmaning o’z biznesini boshlaydigan vaqtda belgilab qo’yadigan biznes riskining eng yuqori miqdoridir. Biznes riski Ammo, biznes riski firma daromadlarining o’zgaruvchanligiga ta’sir etgani uchun, u firmaning bir aksiyasiga to’g’ri keluvchi firma foydasiga ham ta’sir qilishi mumkin. 2. Zarasizlik tahlili Zararsizlik miqdori – firma foyda olishni boshlashidan oldin sotishi lozim bo’lgan mahsulot miqdoriBir firmada energiya xarajatlari asosan o’zgarmas bo’lsa, yana boshqa firmada ular mahsulot hajmiga qarab o’zgarishi mumkin122 . Shuningdek, ayrim xarajatlar ba’zan o’zgarmas bo’lishi mumkin, keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog’onaga ko’tarilgach ular ham keskin ko’tariladi va o’zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o’ssa, ular ham ko’payadi. Bunday xarajatlar yarim-o’zgaruvchan yoki yarim-o’zgarmas xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki termin ham amaliyotda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni nazorat qiluvchilarga to’lanadigan ish haqi bunga misol bo’lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish hajmini 15 foizga qisqartirib turishga to’g’ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o’xshash, sotuvchilarga to’lanadigan komission haq ular ko’proq sotganlari sayin ortib boradi. Xarajatlarning bu turdagi xususiyati 3 chizmada tasvirlangan. Zararsizlik modelini qo’llash va murakkab xarajatlar strukturasi masalasini hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash (1) va ushbu ishlab chiqarish hajmiga muvofiq ravishda yarim-o’zgaruvchan xarajat moddalarining bir qismini o’zgarmas, qolganini esa o’zgaruvchan xarajatlarga ajratish orqali ularning qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan xarajatlarni o’zgarmas va o’zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga ko’proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas. Jami daromad va ishlab chiqarish hajmi. O’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlardan tashqari, zararsizlik modeli savdodan olingan jami daromad va ishlabchiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o’z ichiga oladi. Jami daromad jami savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u mahsulot birligi narxining sotilgan mahsulot miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda yoki pulda ifodalash mumkin. Zararsizlik nuqtasini topish Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi nazaridan zararsizlik nuqtasini topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning barchasi hozirgina ta’kidlab o’tilgan zararsizlik modelining muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli firmaning daromadlar to’g’risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko’rinishida ifodalashni talab etadi: Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi asoslanadigan bo’lsak, barcha mahsulot sotilishi mumkin bo’lgan narx (1) va mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajatni (2) ko’rsatib o’tish zarur. Chunki zararsizlik modelida o’rganiladigan foyda tushunchasi FSTD ni bildiradi, biz esa foyda so’zi o’rniga ushbu qisqartmani qo’llaymiz. Mahsulot birligi jihatidan, (1) tenglikda keltirilgan daromadlar to’g’risidagi hisobot FSTD ni nolga tenglash orqali zararsizlik modeliga aylanadi: Endi bizning vazifamiz (2) tenglama, ya’ni FSTD=0 shartni qanoatlantiruvchi ishlab chiqarilishi va sotilishi lozim bo’lgan mahsulot miqdorini topishdir. Bu esa FSTD=0 bo’lishini ta’minlovchi sotilgan mahsulot miqdorini topish uchun (2) tenglamani yechish orqali amalga oshiriladi. Aniqroq qilib aytganda, sotilgan mahsulotning zararsiz miqdori quyidagicha topiladi: 1-Misol. Zararsizlik darajasini hisoblash “Pierce Grain” kompaniyasi bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishiga qaramay, uzoq muddat kuzatuvlar natijasida uning mahsulotlari tuzilishi ancha o’zgarmas ekanligi aniqlandi. Bu esa menejerlarga mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi “odatiy” sotuv narxi va mahsulot birligiga to’g’ri kelivchi “odatiy” o’zgaruvchan xarajatdan foydalangan holda moliyaviy rejalashtirishni 214 amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi “odatiy” sotuv narxi va o’zgaruvchan xarajat o’zgarmas ishlab chiqarish tuzilishidan kelib chiqib hisoblanadi. Bu xuddi mahsulot tuzilishi bu yagona katta mahsulot deb hisoblashga o’xshaydi. Sotish narxi $10, o’zgaruvchan xarajatlar esa $6. Firmaning yillik jami o’zgarmas xarajatlari esa $100,000.kelgusi yil uchun ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdorining zararsizlik nuqtasi qanday? 1-ish: Tuzish. Yechim strategiyasi Biz xarajatlarni qoplashdan Pierce Grain kompaniyasi tomonidan sotilishi kerak bo’lgan mahsulot tuzilmasi miqdoriga qiziqib ko’ramiz. Bunda FSTD (foyda) nolga teng bo’ladi. Umumiy nazariyadan olingan (3) tenglama quyida yana bir bor berilgan: Qo’yilgan masala va tenglamadan bilganlarimiz quyidagilar: 1. Jami o’zgarmas xarajatlar = $100,000 2. Mahsulot birligi sotuv narxi = $10 3. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajat = $6 2-ish: Raqamlarni qo’yib chiqish Bu ma’lumotlarni (3) tenglamaga qo’yadigan bo’lsak: 3-ish: Natijalarni tahlil qilish Shu tariqa, Pierce Grain kompaniyasi kelgusi yilda faqatgina o’zgarmas xarajatlarni qoplash uchun 25,000 birlik mahsulot sotishi kerak. Eng muhimi, 25,000 birlik mahsulotni sotganidan so’ng Pierce Grain kompaniyasi 25,000 birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni ham qoplaydi va FSTD=0 bo’ladi. Zararsizlik nuqtasining puldagi ifodasi Ko’p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi firma uchun zararsizlik nuqtasini mahsulot birligi emas, balki sotilgan mahsulotning puldagi qiymati orqali ifodalash qulayroq. Aslida esa, savdo muayyan mahsulotlar tuzilmasi uchun umumiy maxraj bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, tashqi tahlilchi mahsulot birligi qiymati haqidagi ichki ma’lumotlarni ola olmasligi mumkin. Shunday bo’lsada, u firmadan yillik hisobotlarni olish imkoniyatiga ega. Agar tahlilchi yillik hisobotda berilgan firmaning jami xarajatlarini o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarga ajrata olsa, u holda, umumiy puldagi ifodalangan zararsizlik nuqtasini hisoblashi mumkin bo’ladi. 215 Biz bu jarayonni “Pierce Grain” kompaniyasining xarajatlar strukturasidan foydalangan holda tasvirlaymiz. Tasavvur qiling, hisobot berilgan moliyaviy ma’lumotlar 21.1-jadvalda ko’rsatilganidek ko’rinishga ega. Agar biz xarajatsavdo-foyda tahlili asoslanadigan sodda matematik bog’liqlikdan xabardor bo’lsak, u holda biz 21.1-jadvaldan Pierce Grain kompaniyasi uchun puldagi zararsizlik nuqtasini topishda foydalanishimiz mumkin bo’ladi. Quyidagi (4) tenglamadan foydalangan holda daromadlarning zararsizlik darajasini topishimiz mumkin: Pierce Grain kompaniyasi misolida firmaning o’zgaruvchan xarajatlarining ($180,000) daromadlarga ($300,000) nisbati $180,000/$300,000 yoki 0.6 ga teng bo’ladi hamda bu natija barcha daromad darajalari uchun o’zgarmas deb olinadi. Natijada, biz (4) tenglamadan kompaniya daromadlari zararsizlik darajasini aniqlashda foydalanamiz. Agar firmada o’zgarmas operativ xarajatlar bo’lsa, u operativ leverej ta’siri ostida bo’ladi. Shuningdek, operativ leverej firma operativ daromadlarining savdo hajmidagi o’zgarishlarga nisbatan ta’sirchanligini oshiradi. Masalan, yuqori leverejga ega firmalarning savdo hajmi o’sishi bilan, ularning daromadlari keskin ko’payadi. Xuddi shuningdek, leverej qancha yuqori bo’lsa savdo hajmi o’sishi daromadlarni shunchalik keskin bo’lmagan ortish sodir bo’ladi. Buni qanday ishlashini ko’rsatish uchun Pierce Grain kompaniyasin misolini ko’rib chiqamiz. Firmaning joriy savdo hajmi 21.2-jadvalda ko’rsatilganidek $300,000 ni tashkil qiladi. Agar Pierce kompaniyasining savdo hajmi 20 foizga, ya’ni $360,000 gacha o’sganda biz firmaning FSTD si $20,000 dan $44,000 ga ortganini hisoblab chiqargan bo’lar edik. E’tibor qaratingki, biz 2 jadvalning so’nggi ustunida daromadlar va FSTDning foizdagi o’zgarishini hisoblaymiz. Daromadlar atiga 20 foizga o’sgan bo’lsa, FSTD 120 foizlik juda 217 katta o’sish tendensiyasiga ega. Bunday farqlanishning asosiy sababi operativ leverej samarasidir. Agarda Pierce kompaniyasi operativ leverejga ega bo’lmaganda (ya’ni, uning barcha xarajatlari o’zgaruvchan bo’lganda), FSTD ham xuddi daromadlarga o’xshab 20 foizga o’sgan bo’lar edi. Shunisi e’tiborliki, agar Pierce kompaniyasi o’z daromadlarida 20 foizlik kamayishga duch kelganda, xuddi FSTD ham 120 foizga tushib ketgan bo’lar edi. Aniq ko’rinib turibdiki, operativ leverej qancha yuqori bo’lsa, FSTD shunchalik o’zgaruvchan bo’ladi! 2Moliyaviy leverej Moliyaviy leverej aksiyadorlarga beriladigan oxirgi foydani ko’paytirish maqsadida firma aktivlarining bir qismini o’zgarmas (chegaralangan) foydalilik darajasiga ega qimmatli qog’ozlar orqali moliyalashtirish natijasida paydo bo’ladi. Korporatsiya moliyaviy strukturasida qarz mablag’lari yoki imtiyozli aksiyalardan foydalanish haqidagi qaror firmaning oddiy aksiyalari egalarining moliyaviy riskka borishlarini anglatadi. FSTD dagi istalgan o’zgaruvchanlik darajasi firmaning moliyaviy leverejidan foydalanishi orqali bir necha marta kattalashtirib yuboriladi. Bunday qo’shimcha o’zgaruvchanlik oddiy aksiya egalari olishi mumkin bo’lgan foyda va bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda o’zgaruvchanligida o’z aksini topadi. Endi kompaniyaning bir aksiyasiga to’g’ri keluvchi foydasining uning FSTD idagi o’zgarishlarga qanday javob berishini ko’rib chiqaylik. (Biz bu bilan bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda barcha moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun munosib mezondir, demoqchi emasmiz. Darvoqe, bunday fikrning naqadar kuchsiz ekanligini biz keyinroq ko’rib chiqamiz. Albatta, moliyaviy leverejdan foydalanish bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydaga aniq bir yo’sinda ta’sir qiladi.) Keling, Pierce Grain kompaniyasini o’z faoliyatini boshlash jarayonida deb hisoblaylik. Firmaning potensial egalari biznesni yuritishga kerak bo’ladigan aktivlarni sotib olish uchun taxminan $200,000 mablag’ga egalar. $200,000 ni shakllantirish uchun uchta ehtimoliy moliyaviy reja aniqlangan bo’lib, ular 4 jadvalda berilgan. A rejaga ko’ra moliyaviy risk bo’lmaydi: $200,000 ning hammasi narxi $100 bo’lgan 2000 dona oddiy aksiya emissiya qilish orqali 218 shakllantiriladi. B rejada esa risk darajasi o’rtacha bo’lishi nazarda tutilgan: aktivlarning 25 foizini yillik 8 foizlik foiz stavkasiga ega obligatsiya chiqarish orqali moliyalashtiriladi. C reja esa eng yuqori moliyaviy leverejni ko’zda tutadi: aktivlarning 40 foizi yillik foiz stavkasi 8 foiz bo’lgan obligatsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. moliyaviy leverejning bitta aksiyaga to’g’ri keluvchi foydaga ta’sirining tahlili keltirilgan. Agar FSTD $20,000 dan $40,000 ga o’sishi kerak bo’lsa, u holda aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foyda A rejaga ko’ra 100 foizga ko’payadi. FSTD dagi xuddi shunday o’zgarish bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydani B rejaga ko’ra 125foizga, C rejaga ko’ra esa 147 foizga o’stirgan bo’lar edi. B va C rejalarda FSTD dagi 100 foizlik o’sish ($20,000 dan $40,000ga) bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydani 100 foizdan ko’ra ko’proq foizlarda o’zgartiradi.
Download 17.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling