Operatsion sistemaga ikki XIL ta’rif berishadi


Memo matn chiqarish qatori. Memo


Download 103.48 Kb.
bet13/27
Sana20.06.2023
Hajmi103.48 Kb.
#1633846
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
15-variant

Memo matn chiqarish qatori. Memo matnlarni bir necha qator qilib chiqarish uchun ishlatiladi.
Memo matn chiqarish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “ab” piktogrammasi yonidagi Memo tugmasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn chiqarilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Memo1 matn chiqarish maydoni hosil qilinadi. Bu matn chiqarish maydoni dasturda natijalarni chiqarishda qo‘l keladi. Natijani chiqaoishda u dastur ichida quyidagicha ishlatiladi. Memo1.Lines.add('Echim='+S);
Memo maydonini tozalash esa natijani chiqarishdan oldin modulda Memo1.Clear; buyrug‘ini berish bilan amalga oshiriladi.
Button tugmachasi. Button tugmachasi bosilishi natijasida kutilishi lozim bo‘lgan jarayonlar (masalan, hisoblashlar yoki bajarilishi lozim bo‘lgan operatsiyalar) bajarilishga tushiriladi.
Button tugmachasini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “Ok” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda tugmacha qo‘yilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Bottom1 tugmachasi hosil qilinadi. Tugmacha nomini o‘zgartirish Caption xosasiga kirilib o‘zgartiriladi.
Dasturdagi hisoblash jarayonlari, kiritish va chiqarish operatsiyalari hosil qilingan tugmachani ikki marta tez-tez bosish bilan “sobitiyani qiyta ishlash” darchasiga o‘tilib, u yerdan modul ichiga kerakli operatorlarni yozish bilan amalga oshiriladi.
TSpeedButton va TBitBtn tugmalari.
Bu tugmalar TButton vazifalarini bajaradi. YAgona farqi matndan tashqari racmlarni ham aks ettiradi. TSpeedButton tugmasi fokus olmaydi. Bu shuni bildiradiki, agar matn qatorida satr terib, bu tugma bosilsa, shu hodisa qayta ishlangandan so‘ng fokus yana matn qatoriga qaytib keladi. TAB tugmasi bilan bu tugmani ajratib bo‘lmaydi.

Tugmaga rasm o‘rnatish uchun ikki marta Glyph xossasi qatorida chertish lozim. Natijada rasm paydo bo‘lgan yuklash oynasida Load tugmasini bosish lozim. Ko‘p rasmlar Program Files\Common Files\Borland Shared\Images \Buttons katalogida joylashgandir.

Download 103.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling