Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo’llab-quvvatlsh markazi” dasturchilari tomonidan ham birinchi (kirill va lotin grafikasi asosida ishlay oladigan) o’zbek tilidagi operatsion sistemasini ishlab chiqishga kirishildi. Bu operatsion sistema DOPPIX deb nomlanib, u ko’plab tashkilotlar, shu jumladan, 2008 yildan boshlab o’rta maktablarda sinovdan o’tkazila boshlandi. DOPPIX operatsion sistemasi emblemasida milliylikni ifodalash uchun do’ppi kiygan pingvincha aks ettirilgan (DOPPI – do’ppi, Linux – X). Albatta, bu birinchi qadam bo’ldi. Ishonamizki, aziz vatanimiz O’zbekistonimizda juda kuchli va talantli dasturchilar yetishib chiqmoqda va hamyurtlarimizni bu yo’nalishda hali juda katta yutuqlar kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |