keyinchalik esa ushbu operatsion tizimni har qanday kompyuterga o‘rnatish
mumkin bo‘ladi.
Kontekstdan shunisi ma’lumki, bizga ISO fayl ko‘rinishidagi «Windows 7», 8 yoki 10
(yoki boshqa OT)ning yuklanuvchi ISO obrazi, «UltraISO»
dasturi va muhim
ma’lumotlarni o‘zida saqlamagan (chunki ularning barchasi o‘chiriladi) fleshka
kerak bo‘ladi. Ishga kirishamiz.
1. «UltraISO»
dasturini ishga tushiring, dastur menyusida
«Fayl» →
«Otkrit»ni
tanlang, operatsion tizim obrazi fayli joylashgan manzilni ko‘rsating
va
«Otkrit» tugmasini bosing.
2. Ochilganidan so‘ng siz «UltraISO»ning asosiy oynasida obrazga kiruvchi barcha
fayllarni ko‘rishingiz mumkin. Umuman olganda ularni shunchaki ko‘rib chiqishdan
ma’no yo‘q, shuning uchun davom etamiz.
3. Dasturning bosh menyusida
«Samozagruzka» →
«Zapisat obraz jestkogo
diska» («UltraISO»ni rus riliga tarjimasining turli
versiyalarida, har xil variantlar
bo‘lishi mumkin, biroq mazmuni tushunarlidir) larga bosing.
4.
Disk Drive (Disk) maydonida yozish jarayonida qatnashadigan fleshka ko‘rsatiladi.
Bu oynada shuningdek uni oldindan formatlab olish mumkin.
Obraz fayli
allaqachon tanlangan va oynada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yozish usulini yaxshisi qoida
bo‘yicha o‘rnatilganida qoldirgan ma’qul – ya’ni,
USB-HDD+.
«Zapisat» tugmasini
bosing.
5. Shundan so‘ng fleshkadagi barcha ma’lumotlar o‘chirilishi haqida ogohlantiruvchi
oyna paydo bo‘ladi, so‘ngra ISO obrazidan yuklanuvchi fleshkaning yozilishi
boshlanadi, ushbu jarayon esa foydalanuvchidan bir necha daqiqa kutishni talab
etadi.
Ushbu harakatlar natijasida siz «Windows 10», 8 yoki 7ni noutbuk yoki
kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘lgan tayyor
yuklanuvchi USB saqlash
qurilmasiga erishasiz. «UltraISO»ni rus tilida rasmiy saytidan bepul yuklab olish
mumkin:
https://ezbsystems.com/»UltraISO»/download.htm
Yuqorida keltirilgan
variantdan tashqari, siz yuklanuvchi fleshkani ISO obrazidan
emas, balki
mavjud DVD yoki CD diskidan, shuningdek «Windows» fayllari
joylashgan
papkadan yaratishingiz mumkin, shular haqida maqolamizda so‘z
yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: