Mavzu: Yuklanuvchi usb flyeShka va disklarni yaratish


Download 2.81 Mb.
bet1/3
Sana16.11.2023
Hajmi2.81 Mb.
#1777895
  1   2   3
Bog'liq
2.LABORATORIYA MASHGULOTLARINI UTKAZISH TEXNOLOGIYASI







LABORATORIYa MAShG‘ULOTLARINI O‘TKAZISh TYeXNOLOGIYaSI


Mavzu: YuKLANUVChI USB FLYeShKA VA DISKLARNI YaRATISh.


Ishdan maqsad: Yuklanuvchi USB fleshka va disklarni yaratishni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
1. USB fleshkani yuklanuvchi xolatga keltirish va ISO formatida instal paket yaratish.
2. Istalgan operatsion tizim uchun yuklanuvchi USB fleshkani va diskni tayorlashni o‘rganish.
Windows operatsion tizimini fleshka orqali o’rnatish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
1. USB fleshka, kamida 4 GB(operatsion tizim ISO fayliga qarab katta hajmli ham bo‘lishi mumkin).
2. Windows tizimining ISO fayli.
3. «rufus» utilitasi.
Dastlab, «rufus» utilitasini o‘zining saytidan yuklab olamiz. Bu dastur ochiq kodli va tekin hisoblanadi, hajmi ham juda kichkina. Shundan so‘ng, bu utilitani ishga tushiramiz va quyidagi oynani ko‘ramiz(bungacha fleshkani kompyuterga ulagan bo‘lishimiz lozim).

Bu oynadan quyidagilarni belgilaymiz:
Устройство: Kompyuterga ulangan fleshka nomi.
Схема раздела и тип…: Agar vinchester 2,2Tbdan katta bo‘lsa GPT , aks holda MBR ishlatiladi. Katta hajmdagi disklar bilan eskiroq bo‘lgan MBR(Master Boot Recorder) ishlay olmaydi. Bu haqida unchalik ma’lumotga ega emasman, to‘liq biladiganlar kommentariyaga yozib qoldirishilar mumkin. Xullas, qanday bo‘lsa, shunday qoldiramiz.
Файловая система: NTFS
Размер кластера: 4096 bayt
Метка: Nom beramiz.
Qolgan punktlardan, «Быстрое форматирование» va «Создать загрузочный диск»  lar belgilanishi shart. So‘ng, disk belgisini bosib, o‘rnatilishi lozim bo‘lgan tizim ISO faylini qidirib, belgilaymiz.

Shundan keyin, «Start» tugmasini bosib, barcha ma’lumotlar o‘chib ketishi haqidagi ma’lumotga rozi bo‘lamiz(OK).

Fleshka ichiga fayllar ko‘chirilishi boshlanadi.

Ko‘chirib bo‘lgandan so‘ng, fleshkani kompyuterdan sug‘urib olmasdan, kompyuterni qayta yuklaymiz va yonayotganda fleshkadan o‘qish kerakligini BIOSda ko‘rsatib o‘tamiz va tizimni o‘rnatishni fleshkadan amalga oshiramiz.

Download 2.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling