Operatsion tizimlar faniga kirish
Download 262.02 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion tizim vazifalari Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari
- 1.2-rasm Operatsion tizimlari sinflarga ajratish
- Foydalanuvchi interfeysi.
OPERATSION TIZIMLAR FANIGA KIRISH 1.1. Operatsion tizim vazifalari. 1.2. Operatsion tizim funksiyalari. 1.3. Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari. 1.4. Operatsion tizim sinflari. 1.5. Operatsion tizimlarni o‘rnatish va sozlash. Operatsion tizim vazifalari Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari – foydalanuvchining EXM bilan muloqatini soddalashtirishdir. Bundan tashqari, OSning muxim vazifasi- tizimli dasturiy taminotining elementlari bo`lgan translyator, yuklagichlar va monitorlar uchun qulay interfes yaratishdir. Tizimli dasturiy taminoti (TDT) apparat vositalari ustiga qurilgan bo`lib, u foydalanuvchini mashina bilan ishlashini osonlashtiradi. EXM samaradorligini oshirish uchun OT EHM ning resurslarini boshqarishdek murakkab jarayonlarni amalga oshiradi. 1.1-rasm OTning asosiy vazifasi quyidagi sxemada keltirilgan OT bilan foydalanuvchi o`rtasidan muloqat ma’lum bir boshqaruv tilida amalga oshiriladi (RUN P). OTning foydalanuvchi uchun qulaylik nuqtai-nazaridan ko`p ishlatiladigan xizmatlar uchun standart servis dasturlariga ega. Masalan, READ (F) bunda mashina darajasida o`qish-yozishni amalga oshirishni OT o`z zimmasiga oladi. Bunday xizmatchi dasturlar yechimdan masalalarning operatsion qamrovining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Garchi OT faqat programma taminoti ko`rinishi amalga oshirilgan deb xisoblansa ham, amallarning malum birlari mikro-programmalar to`plami ko`rinishida programma –apparat vositalari orqali amalga oshirilgan . OT turlari. OTlar foydalanuvchiga ko`rsatilgan interfeys turlari bo`yicha sinflarga ajratiladi. Lekin bu ajratish (qatiy) emas va sinflar o`zaro kesishishi mumkin. Quyida ma’lum bir shartlar (kriteriyalar) bo`yicha operatsion tizimlari sinflarga ajratishi keltirilgan. (1.2 rasmda) 1.2-rasm Operatsion tizimlari sinflarga ajratish Bir programmali tizimlarda faqat bita foydalanuvchi ishlashi mumkin. Bu hol resurslar cheklanganligidan kelib chiqadi. Multiprogramma tizimida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi masalalari yechilishi mumkin. Masalalar bir-biriga xalaqit bermasligi uchun o`zining operatsion qobig`ini yaratadi. Multiprotsessorli tizimlarda bittidan ortiq protsessor ishlatiladi. Paketli qayta ishlash tizimlarida topshiriq malumot (berilganlar) tashuvchilarida yozilgan (disklarda) boshqaruv operatorlari ketma-ketligi sifatida keladi va disklarni almashtirish kabi ishlardan tashqari, prgrammani o`qish va bojarish OT o`z zimmasiga oladi. Dialog yoki interaktiv rejimda foydalanuvchilarning murojat vaqti taqsimoti tizimlari orqali taminlanadi. OTda foydalanuvchi tomonidan berilgan har bir buyruq, u kiritilgan zaxoti bajariladi. Tashqi qurilmalardan kelayotgan signallarni qayta ishlash va tezda javob berish uchun real vaqt tizimlaridan foydalaniladi. Foydalanuvchi interfeysi. OT tomonidan beriladigan interfeys turli toifa odamlarga EXM bilan muloqatni qulay qilishga qaratilgan. Foydalanuvchi uchun buyruqlar tili mavjud bo`lib, uning eng soddasi menyudir. Murakkab tizimlarda OT muloqatning bir necha turi bo`lishi mumkin. Mutaxassis bo`lmagan foydalanuvchilarga EHMda ishlash uchun sodda buyruqlar tili yaratilgan. Mutaxassis dastur tuzuvchilar uchun masalalarni boshqarish tili deb nomlanuvchi kuchli va murakkab til mavjud. Bulardan tashqari operatorlar uchun maxsus tillar mavjud bo`lib, ular bu orqali masalalar bajarilishini to`xtatish, holatini aniqlashi va tashqi tasirlarni boshqarishlari mumkin. OT va foydalanuvchi interfeysini qo`llash uchun OT standart servis dasturlariga ega bo`lishi kerak. Masalan, SHEXMda klaviaturadan o`qish, ma`lumotlarni ekranga chiqarish dasturlari, murakkab va server EXMlarda masofadagi terminal ishini taminlash, chop qilish qurilmasini boshqarish, lokal tarmoq va EXM lar o`rtasidagi bog`lanishni taminlash dasturlari. Download 262.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling