Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish. Xotira va uni tasvirlash. Virtual address makoni. Xotirani boshqarish


Download 1.24 Mb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1583320
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish. Xotira va uni tasvirl

Qattiq disk
Qattiq disk har bir kompyuterning asosiy tashkil etuvchisidir. Ular asosida qurilgan RAID massivlar tashkilqilinish uslubiyati quyidagicha. (RAID – Redundant Array of Independent Disks)
Ma’lumki, qattiq disklar mustahkamlik zahirasi deb ataluvchi ish vaqtiga va unumdorligiga ta’sir qiluvchi xarakteristikalarga ega.


Bu disklarning va undagi ma’lumotlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun reyd-massivlar tushunchasi mavjud. Bunday massivlar tartib raqamlariga ega bo’ladi (0, 1, 2, 3,…) va turli funksiyalarni bajaradi.


RAID – bu disk massivi (yoki kompleksi) bo’lib, bir necha qattiq disklardan tashkil qilinadi. Ba’zan bunday tashkil qilinishdan ma’lumotlarni ishonchli saqlash ko’zlansa, ba’zan o’qish/yozish tezligini oshirish ko’zlanadi, ba’zanhar ikkalasi ham. Shu kabi vazifalardan birini bajaruvchi RAID massivnifoydalanuvchi ehtiyojiga moslashtiradi. Boshqacha aytganda RAIDning konfiguratsiyasini tanlaydi. Bu konfiguratsiyaning turli tiplari turlicha raqamlanadi,
1, 2, 3, 4,…, va turli vazifalarni bajaradi.
RAIDlarni ishlatish 1 ta qattiq diskni ishlatishdan ko’ra qulay va unumdorligi keskin seziladi. Boshqa qurilmalarni kuzatadigan bo’lsak, masalan MP da yadro, chastota, kesh, arxitektura; videokartalarda pikselli konveyer soni, xotira hajmi va razryadliligi, sheyder bloklari; O.X.Q esa chastota, tayming kabi tashkil qiluvchilardan iborat va ularning qaysidir bir elementining unumdorligi oshirilsa, shu qurilma unumdorligi ham oshadi. Qattiq disklar esa faqat hajm va golovka aylanish soniga bog’liq bo’sa, bu ko’rsatkich 7200 ayl/min ga chiqqandan keyin o’zgargani yoq. Kompyuter tizimini asosiy tashkil etuvchisi bo’lib hosiblansada, unumdorlik bo’yicha xotira diski o’rnida qotib qolgan deyish mumkin.
Texnik jihatdan RAID massiv bu –2 dan ortiq qattiq diskni ona platada joylashtirish va dastur yordamida massiv hosil qilishdir. Bu dastur RAID tipini tanlash, RAIDga qo’shilgan disklar qanday tartibda ishlashini aniqlaydi va ta’minlaydi.
Dasturiy jihatdan qaraganda RAID hosil qilingan tizimda hech qanday alohida xususiyatlar namoyon bo’lmaydi. Faqat BIOS ning sozlanmalarida o’zgarish bo’ladi, shuningdek drayverni ishlatishda ham. Boshqa o’zgarish sezilmaydi, o’sha-o’sha Мой компьютер, папкалар, файллар, С, D disklar va h.k.



Massivni o’rnatish uchun ona plata RAID texnologiyada ishlashi talab etiladi. Bu plataga 2 ta (yoki undan ortiq) to’liq bir xil bo’lgan (hajmi, keshi, interfeysi va h.k.) xarakteristikali va ishlab chiqaruvchisi va modeli ham bir xil bo’lgan disklar ona plataga o’rnatiladi. Keyin kompyuter ishga tushiriladi, BIOSga kirib, Configuration: RAID deb o’rnatiladi.


Kompyuterni qayta yuklab, yuklanish jarayonida disklar haqidagi ma’lumot ekranga chiqqanda Ctrl+I bosiladi, va RAID sozlanmalari o’rnatiladi.
RAIDni hosil qilayotganda yoki o’chirayotganda disklardagi hamma ma’lumotlar o’chiriladi, shu sababli RAID bilan eksperiment o’tkazilganda kerakmas disklar bilan ishlagan ma’qul. RAID massivlarning turli xillari mavjudligidan quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin:
RAID 0 – o’qish/yozish tezligini oshirish uchun

RAID 1 – akslanuvchi disk massivi


R AID 2 – Xemming kodi ishlatiladigan massiv



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling