Operatsion tizimlari fanidan


Download 166.87 Kb.
bet33/46
Sana10.11.2023
Hajmi166.87 Kb.
#1765442
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
Bog'liq
Operatsion tizimlari fanidan-fayllar.org

Rejalashtirish mezonlari
Tizim u yoki bu darajada hisobga olishi kerak bo‘lgan protsessorning beshta asosiy rejalashtirish mezonlari mavjud.
Protsessordan foydalanish (CPU utilization) - maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqt davrida uni bandlik rejimida saqlash hisoblanadi. Optimallashtirish mezoni: bu ko‘rsatkichni maksimallashtirish.
Tizimning o‘tkazish qobiliyati (throughput) - vaqt birligi ichida o‘zining bajarilishini tugatadigan jarayonlar soni (o‘rtacha) hisoblanadi.
Jarayonga ishlov berish vaqti (turnaround time) - qandaydir jarayonni bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan vaqt hisoblanadi. Optimallash mezoni: bu ko‘rsatkichni minimallashtirish.
Kutish vaqti (waiting time) - jarayon bajarilishga tayyor jarayonlar navbatida kutadigan vaqt hisoblanadi.
Javob vaqti (response time) - interfaol tizimda vazifani bajarilish vaqti eng yaxshi mezon bo‘lmasligi mumkin.
Istalgan optimallashdagi kabi strategiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda, barcha mezonlarni bir vaqtda qoniqtirish mumkin emas. Quyida turli rejalashtirish algoritimlarini (yoki strategiyalarini) ko‘rib chiqamiz va ko‘rsatilgan mezonlarning optimalligiga erishish nuqtai nazaridan ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.
Operatsion tizimlar fayl tizimi, tuzilishi va tashkil etilishi
Fayllarni boshqarish
Operatsion tizimining muhim vazifalaridan biri foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan ma’lumotlar bilan qulay ishlash vositalarini taqdim etish hisoblanadi. Buning uchun OT saqlangan ma’lumotlarning fizik tuzilishini foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan mantiqiy model bilan almashtiradi - tizim kataloglari va fayllari ierarxik tashkil qilingan bo‘ladi. Har qanday kompyuter dasturi ma’lumotlarni qabul qiladi, saqlaydi va namoyish qiladi. Ish paytida, jarayon cheklangan miqdordagi ma’lumotni o‘z manzil maydonida saqlashi mumkin, chunki uning hajmi virtual manzil maydoni doirasi bilan cheklangan. Ba’zi amaliy dasturlar uchun, masalan,
aviachiptalarni bron qilish tizimlari, bank tizimlari va boshqalar, faqat virtual manzillar maydoni yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, jarayon tugaganidan so‘ng, uning manzil maydonida saqlanadigan ma’lumotlar yo‘qoladi. Shu bilan birga, bir qator dasturlar (masalan, ma’lumotlar bazalari) uchun uni uzoq vaqt, ba’zan esa abadiy saqlash kerak. Bunday dasturlar uchun jarayon tugaganidan keyin ma’lumotlarning yo‘qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kompyuter, shuningdek, ishlamay qolganda, jarayonda uzilishlar bo‘lganda ham ma’lumot saqlanishi kerak.

Download 166.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling