Operatsiyalarni tadqiq qilishning asosiy bosqichlari reja: Operatsiyalarni tekshirish masalalarining asosiy sinflarini qarab chiqamiz


Download 22.14 Kb.
bet3/8
Sana09.04.2023
Hajmi22.14 Kb.
#1345448
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Operatsiyalarni tadqiq qilishning asosiy bosqichlari reja Opera-fayllar.org (1)

Umuman olganda operatsiyalarni tekshirish masalalarini ikki turga ajratish mumkin: a) to‘g‘ri masalalar; b) teskari masalalar. To‘g‘ri masalalar quyidagi savolga javob beradi: agar berilgan sharoitda X echimlar (qarorlar) to‘plamidan biror x echim (qaror) qabul qilinsa nima bo‘ladi? Jumladan, berilgan x qarorda tanlangan W samaradorlik mezoni nimaga teng bo‘ladi? Bunday masalani echish uchun samaradorlik mezonini berilgan shartlar va echim (qaror) elementlari orqali boglovchi matematik model tuziladi. Teskari masalalar quyidagi savolga javob beradi: qanday x qaror qabul qilinsa samaradorlik mezoni W maksimumga (yoki minimumga) erishadi. Tabiiyki, to‘g‘ri masalalar teskari masalalarga qaraganda soddaroq bo‘ladi. YAna shu xam ravshanki, teskari masalani echish uchun avvalo to‘g‘ri masalani echa bilish kerak.


  • Umuman olganda operatsiyalarni tekshirish masalalarini ikki turga ajratish mumkin: a) to‘g‘ri masalalar; b) teskari masalalar. To‘g‘ri masalalar quyidagi savolga javob beradi: agar berilgan sharoitda X echimlar (qarorlar) to‘plamidan biror x echim (qaror) qabul qilinsa nima bo‘ladi? Jumladan, berilgan x qarorda tanlangan W samaradorlik mezoni nimaga teng bo‘ladi? Bunday masalani echish uchun samaradorlik mezonini berilgan shartlar va echim (qaror) elementlari orqali boglovchi matematik model tuziladi. Teskari masalalar quyidagi savolga javob beradi: qanday x qaror qabul qilinsa samaradorlik mezoni W maksimumga (yoki minimumga) erishadi. Tabiiyki, to‘g‘ri masalalar teskari masalalarga qaraganda soddaroq bo‘ladi. YAna shu xam ravshanki, teskari masalani echish uchun avvalo to‘g‘ri masalani echa bilish kerak.

Teskari masalani echishga bir oz batafsilroq to‘xtalamiz. Agar mumkin bo‘lgan qarorlar soni uncha katta bo‘lmasa, W samaradorlik mezonini ularning xar biri uchun xisoblab va ularni taqqoslab, W maksimumga erishadigan optimal qarorni ko‘rsatish mumkin. Optimal qarorni topishning bu usuliga «oddiy saralash» usuli deb ataladi. qabul qilish mumkin bo‘lgan qarorlar soni katta bo‘lganda esa ko‘r-ko‘rona xarakat qilish va «oddiy saralash» usuli bilan optimal qarorni aniqlash juda qiyin, amalda esa mumkin emas. Bunday xollarda optimal qarorni aniqlash uchun «ketma-ket sinash» yoki «yaqinlashish» usuli qo‘llaniladiki, bunda xar bir qadam avvalgisiga qaraganda optimal qarorga yaqinlashtirib boradi. Endi operatsiyani tekshiruvchining operatsiya o‘tkazilish muxiti xaqida, ya’ni operatsiyaga ta’sir etuvchi omillar xaqidagi ma’lumot xajmiga ko‘ra operatsiyalarning tavsiflanishini ko‘ramiz. Operatsiya o‘tkazilish muxitiga ta’sir qiluvchi nazorat qilib bo‘lmaydigan omillarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin. 


Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling