Teskari masalani echishga bir oz batafsilroq to‘xtalamiz. Agar mumkin bo‘lgan qarorlar soni uncha katta bo‘lmasa, W samaradorlik mezonini ularning xar biri uchun xisoblab va ularni taqqoslab, W maksimumga erishadigan optimal qarorni ko‘rsatish mumkin. Optimal qarorni topishning bu usuliga «oddiy saralash» usuli deb ataladi. qabul qilish mumkin bo‘lgan qarorlar soni katta bo‘lganda esa ko‘r-ko‘rona xarakat qilish va «oddiy saralash» usuli bilan optimal qarorni aniqlash juda qiyin, amalda esa mumkin emas. Bunday xollarda optimal qarorni aniqlash uchun «ketma-ket sinash» yoki «yaqinlashish» usuli qo‘llaniladiki, bunda xar bir qadam avvalgisiga qaraganda optimal qarorga yaqinlashtirib boradi. Endi operatsiyani tekshiruvchining operatsiya o‘tkazilish muxiti xaqida, ya’ni operatsiyaga ta’sir etuvchi omillar xaqidagi ma’lumot xajmiga ko‘ra operatsiyalarning tavsiflanishini ko‘ramiz. Operatsiya o‘tkazilish muxitiga ta’sir qiluvchi nazorat qilib bo‘lmaydigan omillarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin. xar bir guruxga o‘z masala turi mos keladi. 1) O‘zgarmas omillar. Ularga qiymatlari operatsiyani o‘tkazuvchi tomon tanlagan xar bir strategiyaga birdan-bir natija to‘g‘ri kelishi bilan xarakterlanadigan deterministik masalalar mos keladi. 2) Tasodifiy omillar. Taqsimot qonunlari ma’lum bo‘lgan tasodifiy omillar. Ularga xarakterli xususiyati tasodifiy omillar bilan bir qatorda o‘zgarmas omillarni xam o‘z ichiga olishidan va xar bir strategiyaga erishilish extimollari yo ma’lum, yoki baholanishi mumkin bo‘lgan natijalar to‘plami mos kelishidan iborat bo‘lgan extimoliy masalalar yoki tavakalli masalalar to‘g‘ri keladi. 3) Noaniq omillar. qiymatlari operatsiyani tekshiruvchiga noma’lum va u baholay olmaydigan omillar. Bunday omillar uchun, yaxshi sharoitda, omilning qiymatlar soxasi, yoki uning taqsimot qonuni ma’lum bo‘ladi. Ularga noaniqlik sharoitidagi masalalar mos keladi. Bu turdagi masalalar shu bilan xarakterlanadiki, u yoki bu strategiyani tanlash qanday natijaga olib kelish mumkinligi noma’lum va bu natijalarning baholarini xam aniqlab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |