O’pka-yurak sindromi
Download 13.82 Kb.
|
opka yurak sindromi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik ko’rinishlari.
Aim.uz O’pka-yurak sindromi O’pka-yurak sindromi - "O’pka-yurak sindromi" atamasi bu bronxial apparat, o’pka tomirlari, ko’krak qafasining deformasiyasi yoki o’pka funksiyasini buzuvchi boshqa kasalliklar oqibatida yo’zaga keluvchi kichik qon aylanish doirasi gipertaniya tufayli o’ng qorincha gipertrofiyasi bilan ifodalanuvchi patologik holatdir. Surunkali o’pka - yurak sindromi ko’p yillar davomida vujudga kelib, dastlab yurak etishmovchiligisiz, keyin esa o’ng qorincha dekompensasiyasi bilan kechadi. Etiologiya: surunkali O’pka-yurak sindromi kasalligining kelib chiqish sabablarini 2 ta katta guruxga bo’lish mumkin: 1) o’pka ventilyasion-respirator funksiyalarining birlamchi zararlanadigan; 2) o’pka tomirlarini birlamchi zararlanadigan kasalliklar. Birinchi guruxga o’pka-bronx apparatining yuqumli-yalliqlanish kasalliklari (surunkali bronxit, surunkali zotiljam, bronxoektatik kasallik, o’pka silining o’pka emfizemasi bilan rivojlanishi yoki usiz) kiradi. O’pka - yurak sindromi rivojlanishiga bronxial astma, usma usish jarayoni, o’pkada usimtalar paydo bo’lishi, o’pkani zararlovchi kollagenozlar, silikoz, antrakoz va boshqa o’pka bilan bog’liq kasb kasalliklari kiradi. Kukrak qafasi eskursiyasining bo’zilishi (kifoskolioz, torakoplastika, plevral (o’pka pardasi) fibrozi, poliomelit, semirish) kasalligida ham O’pka-yurak sindromi kelib chiqadi. O’pka tomirlar tizimini birlamchi jaroxatlaydigan kasalliklar guruxga o’pka arteritlari, dastlabki o’pka gipertoniyasi va kichik qon aylanish doirasi tizimidagi tromboembolitik jarayonlar kiradi. Klinik ko’rinishlari. Surunkali o’pka-yurak sindromining kompensasiya va dekompensasiya (birmuncha tiklangan va tiklanmagan)bosqichlarini farqlash kerak. Birmuncha tiklangan davrda klinik ko’rinish, asosan, asosiy kasallikning simptomlari, ularning sekin-asta yurak o’ng tomon gipertrofiyasi simptomlari bilan birga qushilib ketishi aniqlanadi. O’ng qorincha gipertorfiyasi klinik ko’rinishi, odatda, har safar ham yaqqol namoyon bulavermaydi. Ko’pchilik bemorlarda epigastral soxada tomir urishi, o’pka arteriyasida II ton aksenti aniqlanadi. Keng ko’lamdagi klinik ko’rinishlar dekompensasiya bosqichi o’pka-yurak sindromida ko’rinadi. Bemorlarning asosiy shikoyati bu - nafas siqishi va yurak yetishmovchiligidan iborat bo’ladi. Nafas siqish jismoniy zuriqish, sovuq havodan nafas olish, yotganda zurayib boradi. Bemorlar ko’pincha yurak soxasidagi jismoniy zuriqish bilan bog’liq bo’lmagan va nitrogliserin ham ta'sir qilmaydigan og’riqdan shikoyat qiladilar. O’pka-yurak sindromida yurak atrofidagi og’riqlarning sababi miokardning metabolik bo’zilishidadir, shuningdek, o’ng qorincha gipertrofiyasida yurak tomirlari qon aylanishining yetishmovchiligida ham ko’rinadi. Yurak soxasidagi og’riqlarning yana o’pka gipertoniyasi va o’pka ustun arteriyasining cho’zilishi natijasida yurak tomirlari urishi refleksi yo’zaga kelishi bilan izoxlash mumkin. Ob'ektiv tekshiruv utkazilganda, ko’pincha sianoz aniqlanadi. O’pka kasalliklarining asosiy simptomlaridan xisoblangan diffo’zli "issiq" sianoz asosida "sovuq" sianoz, ya'ni akrosianoz paydo bo’ladi. Yalliqlanish jarayonining kuchayishi va yo’talning zurayishida sianoz avj oladi. Sianoz-qon kislorodga tuyinmasligi natijasida teri va shilliq pardaning kukimtir tusga kirishi.O’pka-yurak yetishmovchiligining asosiy simptomlari, Bu-buyin tomirlarining burtishi, shishidir. Nafas etishmovchiligida nafas chiqarganda buyin vena tomirlari shishgan bo’lsa, o’pka-yurak yetishmovchiligida buyin venalari nafas olishda ham chiqarishda ham burtib turaveradi. O’ng qorincha gipertrofiyasi epigastral soxasida tomir urishi bilan harakterlanadi. Download 13.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling