Oppog’oy va yetti gnom


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1199742
Bog'liq
oppoq oy



Aka-uka Grim
Ertagi. 
OPPOG’OY VA YETTI GNOM. 
Uzoq-uzoq o'tmishda bir go'zal ayol qirol saroyida deraza yonida kashta tikib o'tirar edi.
Bu Qirolicha ekan. U oq matoga gullar tikar va o'ylardi: «Agar mening jajji qizalog'im 
bo'lganida qanchalar baxtli bo'lar edim!» U mudrab barmog'iga igna sanchib olibdi va uch 
tomchi qoni matoga tomibdi. «Mening qizalog'imning lablari qondek qizil, tanasi qordek oppoq, 
sochlari mum-dek tim qora bo'lsa, qanday go'zal bo'lar edi u», - o'ylar edi Qirolicha. 
Vaqt o'tib Qirolicha qiz ko'rdi va u onasi orzu qilganidek juda go'zal edi. Baxtiyor Qirolicha 
qiziga Oppog'oy deb ism qo'ydi. Ammo Qirolicha juda betob edi va qizi hali yosh chog'ida 
olamdan o'tibdi. Oppog'oyning otasi - Qirol ancha vaqtgacha juda qayg'urdi va yolg'iz yashadi. 
Va, nihoyat, qirol yana uylandi va bu qirollikda katta bayram bo' ldi. 
Uning yangi xotini ham juda go'zal edi, ammo uning yuragi sovuq, qahri qattiq edi. Buning 
ustiga Qirolicha g'oyat kekkaygan edi. U kunlarini chiroyli liboslarini almashtirib, o'zining uzun 
qora sochlarini parvarishlab o'tkazardi. Keyin u ko'zgu oldida turib o'ziga mahliyo bo'lardi. U 
shunchalar shuhratparast ediki, butun qirollikda eng go'zal ayol bo'lishni istardi. Qirolichaning 
eng qimmatbaho va suyukli buyumi sehrli ko'zgu edi. U harkuni unga quyidagi savolni 
berardi: 
«Ko'zgujon, senga ayon, 
Haqiqatni qil bayon: 
Menmi dunyodago'zal, 
Oqyanog'iyonganyal?» 


Agar ko'zgu unga eng go'zali o'zingsan, deb javob qaytarsa, Qirolicha juda baxtiyor, 
hammasi ajoyib bo'lardi. Ammo ayrim hollarda ko'zgu boshqa qizlarning ismlarini aytardi. 
Shunda Qirolicha dahshatli darajada g'azablanar, yon-atrofdagilar qo'rquvdan o'rtanar
edilar. Zolim Qirolicha bechora qizni o'ldirishga
buyruq berardi. 
Oppog'oy ulg'aygan sari, chiroyiga chiroy qo'shilib borardi. U shunchalik maftunkor va 
yoqimtoy ediki, uni hamma yaxshi ko'rardi.
Hamma, faqat Qirorlicha emas. Qirolicha Oppog'oy yashnab borgani sari, unga hasad va 
rashk qiladigan bo'ldi.
Kunlarning birida uning yonida bo'lishiga ham chidolmay, uni xizmatkorlar bilan yashash 
uchun quvib yubordi.
Oppog'oyning chiroyli liboslarini olib qo'yishdi va xizmatkorlardek dag'al kiyimlarni 
kiyintirib qo'yishdi. Oppog'oy boshqa xizmatkorlar kabi erta tongdan to kech oqshomgacha 
mehnat qilar, saroyda pol yuvar, tog'-tog' idish-tovoqlarni qayta yuvar, Qirolichaning
kiyimlarini tartibga keltirardi.


Oppog'oy ish qilayotgan chog'ida doim qo'shiq aytishni yoqtirar va uning chiroyli ovozini 
eshitish uchun har tomondan qushlar uchib kelishardi. 
«Yaqinda u o'zining go'zalligini yo'qotadi, - deb o'ylar edi
Qirolicha. - Kim endi uni eski kiyimlarda va mehnatdan dag'allashib ketgan qo'Ilari bilan 
go'zal deb atar ekan?» 
Shunday bo'lsa ham Qirolicha har kuni o'zining ko'zgusi yoniga kelib: «Kim dunyoda eng 
go'zal?» - degan bitta savolini takrorlaredi. Oppog'oy kunlardan bir kun voyaga yetib, qirollikda 
eng go'zal qiz bo'lishidan u juda qo'rqar edi. 
Oppog'oy mehnat qila turib, xayollari ajoyib shahzoda bilan band bo'lar edi. U bilardiki, bir 
kun u uni bulutlar ortidagi o'z saroyiga albatta olib ketadi. 
Hasadgo'y Qirolicha Oppog'oyni kuzatar ekan, u kundan kunga ochilib borayot-ganday 
tuyulardi. Oppog'oy haqiqatan ham, eski va dag'al kiyim kiygan boisa ham, ko'p mehnat qilsa 
ham, uning go'zalligini sezmay bo'lmasdi. Kunlardan bir kun Qirolicha ko'zgusidan: «Kim 
dunyoda eng go'zal?» - deb so'ragan edi, u shunday javob qaytardi: «Labi qizil bamisoli qon,
Sochi esa qora mumsimon,
Yuzlari qor kabi hoynahoy, 
Uning ismi esa - Oppog'oy». 
Bunday javobdan darg'azab bo'lgan Qirolicha o'z ovchisini chaqirdi va unga buyruq berdi: 
«Malikani o'rmonga olib bor va u yerdan uning yuragini mana bu qutiga solib kel!» 
Ovchi qayg'udan bosh egibdi, lekin Qirolichaga bosh egishdan boshqa iloji bo'lmabdi. 
Oppog'oy va ovchi ertasi kuni o'rmonga jo'nashibdi. Malika o'zi bilan nima ro'y berishidan 
shubhalanmay, ovchi yonida o'rmon bo'ylab chopar, binaf-shalar terar va quvnoq hirgoyi qilardi. 
Biroq ovchi birdanigaOppog'oy oldida g'amgin tiz cho'kib: «Qirolicha sizni o'l dirish haqida 


buyruq bergan bo'lsa ham, men sizni o'ldirolmayman. O'rmonga qoching-da, bekinib oling! 
Saroyga hech qachon qayta ko'rmang!» -debdi. 
Ovchi esa saroyga qaytayo-tib yo'lda bug'i bolasini o'ldi rib, uning yuragini qutichaga soldi 
va Qirolicha hech narsa-dan shubhalanmasin deb o'yladi. 
Oppog'oy o'rmonda yolg'iz qolib, qo'rqqanidan yig'lab yubordi. Birozdan so'ng u o'rmonda 
yolg'iz emasligini tushundi. O'rmonning kichik hayvonchalari uning do'stlariga aylanishib, 
chug'urlashib va baxtiyor shivirlashib, uni o'rmon uychasiga yetaklashdi. Bu kichkina, to'g'rirog'i 
mitti va yaxshigina o'rmon etagidagi uycha edi. Uycha yashalmay digan joy emas ekan. 
Oppog'oy derazadan ichkariga mo'ralab, dahshatli tartibsizliklarga ko'zitushdi. Yuvilmagan 
idishlar to'plab qo'yilgan, uydagi ham-ma narsani qalin chang qop-laganedi. 
«Menimcha bu yerda yasha-yotgan bolalar kimgadir, uyni sarishta tutishga yordam 
 


beradigan kishiga muhtojga o'xshaydi, - debdi Oppog'oy. -Boraylikda, uyda tartib 
o'rnataylik».
Oppog'oy o'zining o'rmonlik do'stlari bilan butun uyni tozalabdi, u yer yorug', toza va fayzli 
bo'libdi. Shu kuni barcha ishlardan keyin charchab qolib yuqorida - yotoqxonaga ko'tarilib, uchta 
kichkina krovatlarga ko'ndalang yotib,uxlab qolibdi. 
Oppog'oy uxlab yotgan paytda o'zlarining o'rmon uychalariga ishdan qaytgan yetti mitti 
odamchalar kelishibdi. 
«Hoy-hoy,hoy-hoy, biz ishdan uyimizga qaytayotibmiz!» -deb qo'shiq kuylashar edi yetti 
nafar gnom - mitti odamchalar. Birdaniga ularning ko'zlari Oppog'oy saranjom-sarishta qilgan 
uylariga tushdi. Unda hamma narsa o'zgargan, uy toza ekan. Zinadan yotoqqa ko'tarilib, ular endi 
uyqudan turgan Oppog'oyni ko'rib qolishdi. «Ha-a, - quvonganidan hayajon bilan dedi Oppog'oy. 
- Men sizlarning kimligingizni bilaman, - dedi va u gnomlarning krovatlariga yozilgan ismlarini 
o'qiy boshladi. - Dopi - tentakvoy, Snizi - aksirvoy, Xeppi -quvnoqvoy, Grempi - vaysaqi, Dok - 
yuvoshvoy, Bashful –pismiqvoy, Slipi - mudroqvoy». 
Oppog'oy gnomlarga o'zi-ning o'gay onasi - qirolicha va uning niyatlari haqida so'zlab berdi. 
Ular Oppog'oyni uylari-da qolib yashashga ko'ndirishdi. Oppog'oyjuda ham xursand edi, unga 
yangi do'stlari juda yoqib qolilshga ulgurgan edi. 
«Kechki ovqat hali sal tayyor emas, ungacha sizlarning yuvinib kelishga vaqtlaringiz 
bor», - dedi Oppog'oy gnomlarga. «Yuvinishga!» - bir ovozda norozilik bildirdi gnomlar. Ular 
yuvinish so'zining ma'nosini ham unutib yuboray deyishgan ekan. Ammo ular-ning hammalari 
qunt bilan yuvinib kelishdi, hatto Grempi yuz va qoilarini hoilab keldi. Gnomlar Oppog'oyni 
xush-fe'lligi uchun juda ham yoqtirib qolishdi. 
Ertasi kuni gnomlar konga ishga borish o'rniga Oppog'oy-ga yangi chiroyli krovat yasash-ga 
qaror qilishdi. Ular shunchalik zavq bilan ishlamas edilar, agar uylarida nima sodir bo'li-shini 
bilganlarida edi. 


Gap shundaki, yovuz Qirolicha ko'zgusidan Oppog'oy hali ham tirikligini bilib qolibdi. Eski 
kiyimlarini kiyib, kampirga o'xshab Qirolicha o'rmonga jo'nabdi. Oppog'oy uchun zaharlangan 
olma tayyorlab olibdi. Gnomlar esa o'sha tongda Oppog'oyni yolg'iz qoldirayotib: 
«Begonalardan ehtiyot bo'lgin», - deb ketishgan ekan. Oppog'oy ehtiyot bo'laman deb va'da 
beribdi. 
Gnomlar ketishgandan keyin eshikni bir qari kampir taqillatibdi. 
Afsus, Oppog'oy kampirning qo'lidagi sehrli olmani ko'rib, yo'q deyolmabdi. Oppog'oy 
olmani tishlagan zahoti uyg'otib bo'lmaydigan uyquga ketibdi. O'rmondan tezroq chiqib ketaman 
deb shoshgan Qirolicha jarga yiqilibdi. Shundan keyin uni hech kim ko'rmabdi. Qayg'uli 
gnomlar Oppog'oyni oltin va billurlardan yasashgan krovatiga yotqazishibdi va uni kunu-tun 
qo'riqlashibdi. 
Kunlardan bir kun o'rmonda Shahzoda aylanib yurib tasodifan gnomlar uychasiga duch 
kelibdi. Uyga kirib Oppog'oyni ko'rib qolibdi. Uning go'zalligiga maftun bo'lgan Shahzoda uni
o'pibdi. 


Yovuz Qirolichaning sehri tarqalib ketib, nihoyat Oppog'oy uyg'onibdi. Gnomlar xursand 
bo'lishganidan raqsga tushib ketishibdi. Shahzoda esa Oppog'oyni otga mindirib, bulutlar 
ortidagi o'z qasriga olib ketibdi. 
 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling