Optik aloqa tarmoqlari. To’liq optik aloqa tarmoqlarni qurilish xuxusiyatlari Abonent optik tarmoqlar


Download 87.41 Kb.
bet8/15
Sana31.01.2024
Hajmi87.41 Kb.
#1832808
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
14 dilshpod

Optik aloqa tizimlari optik diapazondagi (odatda, 10’3 —10’5 Gs) elektromagnit tebranish (mas, lazer)par yordamida bogʻlanadigan aloqa. Optik aloqa liniyalari tuzilishi jihatidan radioaloqa li-niyalariga oʻxshaydi. Nurlanishni modulyasiyalash uchun taʼminlash manbaiga yoki generatorning optik rezonatoriga taʼsir qilib, generatsiya jarayoni boshqariladi yoki chiqish nurlanishini maʼlum qonun boʻyicha oʻzgartiradigan qoʻshimcha tashqi qurilmadan foydalaniladi. Chiqish optik uzeli yordamida nurlanish kam sochiluvchi nurga aylanadi va kirish optik uzeliga boradi; bu uzel uni foto oʻzgartirgichning faol sirtiga fokuslaydi. Foto oʻzgartirgichdan chiqqan elektr signallar informatsiyalarni ishlash uzeliga keladi. Signallarni qabul qilishning 2 usuli — toʻgʻri detektorlash va geterodin qabul usullari bor.Taʼsir doirasiga koʻra, Optik aloqa quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi: taʼsir doirasi kichik boʻlgan ochiq yer usti tizimlari (yer sirti atmosfera qatlamlaridan oʻtuvchi nurlardan foydalanadi); berk yorugʻlik kanallaridan foydalanuvchi yer usti tizimlari (shaharlararo aloqa bogʻlash, ATS, EHM orasida aloqa bogʻlash uchun); yaqin kosmik aloqa liniyalari; uzoq kosmik aloqa liniyalari. Ochiq Optik aloqa liniyalari Yer bilan kosmos orasida aloqa bogʻlash vositasi sifatida juda muhim. Mac, lazer nuri yordamida 10s km masofaga sekundiga 10s bit tezlik bilan informatsiya uzatish mumkin (bunday masofaga mikrotoʻlqin texnikasi bilan sekundiga fa-qat 10 bit tezlik bilan uzatiladi). Yarim-oʻtkazgichli diod nurlatgichlar, yorugʻlik tolali kabellar va yarimoʻtkazgichli qabul qilgichlardan foydalanib, bir-biridan 10 km gacha masofada minglarcha telefon kanallari boʻlgan aloqa magistrallari qurish mumkin. Optik aloqa si-stemasi magistral va ichki aloqaning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Optik aloqa tizimlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda axborot eltuvchisi vazifasini yorug'lik diapazonidagi (1014—1015 Hz) elektromagnit to'lqinlar — elektr jihatdan neytral foton zarrachalari, axborotni uzatuvchi muhit xizmatini esa yer atmosferasi yoki tashqi elektr va magnit maydonlari ta’siriga berilmaydigan dielektrik to'lqin uzatkich optik tola o'taydi. Yorug'lik zarrachalari fotonlar va dielektrik to‘lqin uzatkichlaming yuqorida qayd etilgan fundamental
xossalari optik aloqa tizimlari (ayniqsa, tolali optik aloqa tizimlari)ning bir qator afzalliklari - o‘tkazish oralig‘i (polosasi) ning kengligi, axborotlami uzatish tezligining kattaligi, halaqitlarga yuqori darajada bardoshliligi, o‘lchamlari va vaznining kichikligi, iqtisodiy jihatdan samaradorligi va h.k.larda namoyon bo'ladi. Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatishdan iborat. Optik to ‘lqin va signallar yordamida axborotlarni m a’lum m asofalarga uzatishga m o‘ljallangan, boshqacha aytganda, optik signallarni shakllantirish, qayta ishlash va uzatishni ta'minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‘indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi. Optik aloqa tizimlarida axborotlarni uzatish mos keluvchi axbo-rot signallari bilan modulyatsiyalangan elektromagnit tebranishlar, yorug‘lik nuri yordamida amalga oshiriladi, ya’ni yorug‘lik nuri o‘zida elektromagnit tebranishlarni namoyon etadi. Elektromagnit tebranishlar esa o‘zida o ‘zgaruvchan magnit va elektr maydonlarni namoyon etadi, bu maydonlarning tarqahsh yo‘nalishi bir-biriga perpendikulyar. Odatda, elektromagnit maydon sinusoidal egri chiziq sifatida tasvirlanadi. Optik signallar tarqaladigan uzatish muhitiga bogiiq holda OAT ochiq optik aloqa tizimi va tolaii optik aloqa tizimlariga boiinadi. Axborotlar ochiq optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi (OOAT), tolali optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa tizimi (TOAT) deyiladi. Optik aloqa tarmoqlarida faol qurilmalardan tashqari optik passiv qurilmalar deb nomlangan qurilma mavjud. Optoelektronik qurilma - bu elektr signalini optik signalga yoki optik signalni elektr signaliga aylantira oladigan va optik uzatish tizimining yuragi bo'lgan optoelektronik qurilma. Optik passiv qurilmalar - bu ishlash uchun qo'shimcha energiya talab qilmaydigan optoelektronik qurilmalar. Optik passiv qurilma optik tolali aloqa uskunalarining muhim qismidir. Uning texnologik printsipi optikaning asosiy qonuniga, yorug'lik nazariyasiga va elektromagnit to'lqinlar nazariyasiga, turli xil texnik ko'rsatkichlarga, har xil hisoblash formulalariga va turli xil sinov usullariga rioya qiladi va optik tolali va integral optikalar bilan chambarchas bog'liqdir. Qaytish yo'qolishi, qo'shilishning pastligi, yuqori ishonchlilik, barqarorlik, mexanik aşınma qarshilik va korroziyaga chidamliligi, ishlashi oson va boshqa xususiyatlar bilan uzoq masofali aloqa, hududiy tarmoq va tolaga uyga, video uzatish, tolalarni sezish va hokazo.Turli xil toifalarni o'z ichiga olgan va ularning har biri optik aloqa tizimlarida har xil funktsiyalarga ega bo'lgan optik passiv qurilmalar sinfining umumiy atamasi. Quyida optik passiv qurilmalar turlari haqida batafsil ma'lumot berish uchun. Yoruglik signalini optik tolaga kiritish va undan chiqarish qurilmalari, optik ulagichlar, tarm oqlagichlar, attenyuatorlar, izolatorlar, filtrlar, polarizatorlar va boshqalar shular jumlasidandir. Optik tarmoqlagich (coupler)lar tolali optik tizimlarning eng 1 muhim passiv elementlaridan biri hisoblanadi. Ulardan yorugflik oqimlarini bir necha yo'nalishlarga ajratish yoki bir necha oqimlarni bitta yo'nalishga birlashtirish maqsadida foydalaniladi. Odatda, bitta 1 optik kirish va bir necha optik chiqishdan iborat tarmoqlagich ] qurilmani splitter deb, ikki yoki undan ortiq optik kirishga va bitta optik chiqishga ega bo'lgan tarmoqlagich qurilma esa kombayner (combiner) deb yuritiladi. Ayrim hollarda, o'zgarmas sathli yoki raqamli yoxud analog signal ko‘rinishda mujassamlashgan nurlanish quwatini birmuncha susaytirish zarurati tug‘iladi. Chunonchi, katta sathh raqamli optik signal qabul qiluvchi optoelektron modulning asosiy eiem enti boMgan fotoqabulqilgichning to ‘yinish rejimiga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Analog ko‘rinishli optik signallarni uzatish chog'ida quwat sathining haddan tashqari ortib ketishi fotoqabulqilgich chiqishidagi elektr signali shaklining nochiziqli buzilishlari va tasvirning yomonlashuviga sabab bo‘ladi.Ana shunday hollarda optik nurlanish yoki optik signal quwatini susaytiruvchi passiv elementlar attenyuatorlardan foydalaniladi.

Download 87.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling