Optik aloqa tizimlari fani bo’yicha 3 Amaliy mashg’ulot Bajardi: ocs003


Download 0.52 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1051671
Bog'liq
OAT (3-amaliy) - Abbos




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Optik aloqa tizimlari
fani bo’yicha
3 - Amaliy mashg’ulot

Bajardi: OCS003 - guruh talabasi


Ibragimov Abbos
Tekshirdi: Komilov R
Toshkent – 2022

3 – amaliy mashg‘ulot


OPTIK TOLALARNING SONLI APERTURASINI ANIQLASH


Mashg‘ulotning maqsadi

Optik tolalarning sonli aperturalarini aniqlashni o’zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.





Nazorat savollariga javoblar:



  1. Optik tolaning optik aloqa tizimidagi o‘rniga tavsif bering.



Javob: Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatishdan iborat. Optik to‘lqin va signallar yordamida axborotlarni m a’lum m asofalarga uzatishga m o‘ljallangan, boshqacha aytganda, optik signallarni shakllantirish, qayta ishlash va uzatishni ta'minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‘indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi. Optik aloqa tizimlarida axborotlarni uzatish mos keluvchi axborot signallari bilan modulyatsiyalangan elektromagnit tebranishlar, yorug‘lik nuri yordamida amalga oshiriladi, ya’ni yorug‘lik nuri o‘zida elektromagnit tebranishlarni namoyon etadi. Elektromagnit tebranishlar esa o‘zida o‘zgaruvchan magnit va elektr maydonlarni namoyon etadi, bu maydonlarning tarqahsh yo‘nalishi bir-biriga perpendikulyar. Odatda, elektromagnit maydon sinusoidal egri chiziq sifatida tasvirlanadi.



  1. Tolali optik aloqa tizimida qo‘llaniladigan optik tolalarning qanday turlari mavjud?



Javob: Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etishning quyidagi usullari mavjud: — ikki tolali, bir polosali, bir kabelli (to'rt o'tkazgichli, bir polosali, bir kabelli); — bir tolali, bir polosali, bir kabelli (ikki o‘tkazgichli, bir polosali, bir kabelli); — bir tolali ko‘p polosali bir kabelli yoki to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlar.

  1. Apertura burchagi va sonli apertura tushunchalariga ta’rif bering.



Javob: Optik tolaga bir emas, bir necha yorug‘lik nurlarining yig‘masi kirish konusini hosil qilib tushadi va faqat kritik burchakdan katta burchak ostida tushgan nurlargina OT o‘zagi bo‘ylab tarqaladi.Nurlarni tola o‘zagiga maksimal tushish konusining yarim burchagi apretura burchagi — 0aperatura burchagi, kirish konusi 2operatura burchagi esa sonli apretura deyiladi.Optik tolaga bir emas, bir necha yorug‘lik nurlarining dastasi kirish konusini hosil qilib tushadi va faqat kritik burchakdan katta burchak ostida tushgan nurlargina OT o‘zagi bo‘ylab tarqaladi. Nurlarning tola o‘zagiga maksimal tushish konusining yarim burchagi apertura burchagi – qa, sinqa kattalik esa sonli apertura deb ataladi Sonli apertura NA bilan belgilanadi (inglizchadan Numerical Aperture) va o‘zak, qobiq sindirish ko‘rsatkichlari orqali quyidagi munosabat bo‘yicha aniqlanadi:



  1. Pog‘onali va gradientli sindirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan optik tolalar uchun apertura sonlari qanday miqdoriy munosabatlar bilan aniqlanadi?



Javob: Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar ikki muhit chegarasida sindirish ko‘rsatkichlarining keskin (pog‘ona ko‘rinishida) o‘zgarishi (n^ dan n2 ga) bilan xarakterlanadi. Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli optik tolalar o‘tkazish polosasini chegaralaydi, lekin gradiyent sindirish ko‘rsatkichli optik tolalarga nisbatan arzon hisoblanadi.


Gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli tolalarga qaraganda ravon sindirish ko‘rsatkichi va modalararo dispersiyaning kamayishi bo'yicha yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega. Chunki gradiyent sindirish ko‘rsatkichli optik tolada modalarning tarqalish tezligi (dispersiyasi) bir-biridan juda ham katta farq qilmaydi. Dispersiya impulslarning kengayib ketishi va uzatilayotgan signallarning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun hozirda gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar keng tarqalgan.
Gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalarning eng asosiy kamchiligi ularning qimmatliligi va ishlab chiqarishning murakkabligidir.



  1. Sonli apertura optik tolaning qaysi parametrlatiga bog‘liq?



Javob: Qarama-qarshi ikki tomonlama signallarni uzatganda oqimlar orasida o'zaro o‘tish shovqinlari hosil bo`adi. O‘tish shovqinlari OT va tarmoqlagichlardagi teskari sochilish, yorug`ikni ulangan joylar va liniya oxiridagi ajraladigan ulagichlardan qaytishi natijasida vujudga keladi. Shovqin sathi va uning spektr tarkibi uzatilayotgan signalning uzatish tezligi, impuls formasi va liniya trakti parametrlari (optik tolaning so'nishi, to`qin uzunligi, sonli apertura, sindirish ko‘rsatkichlari)ga bog`iq.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling