«optik aloqa tizimlari» fanidan yakuniy nazorat savollari 1-qiyinlik darajali savollar
Download 182.11 Kb.
|
ОАТ ЯН САВОЛЛАРИ TALABAGA TAYYORLANISH UCHUN BERILGANI
2-qiyinlik darajali savollar
Optik tolaning so‘nish va dispersiya bo‘yicha baholanishi nimaga bog‘liq? Yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodi (YOD) va lazer diodi (LD) xarakteristikalari bilan bir biridan qanday farqlanadi? Yorug‘lik diodi va uning ish prinsipini tushuntiring. Yorug‘lik diodi nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasi va uni yaxshilash usullarini ta’riflang. Spontan (nokogerent) nurlanishning hosil bo‘lishini tushuntiring. Induksiyalangan (majburiy) kogerent nurlanishni hosil bo‘lishini tavsiflang. Yorug‘lik diodining vatt-amper va spektral xarakteristikalarini tushuntiring. Yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodi (YOD) va lazer diodi (LD) ish prinsiplari bilan bir biridan qanday farqlanadi? Lazer diodi va uning ish prinsipini tushuntiring. Yarim o‘tkazgichli lazer diodining ish prinsipini tushuntiring. Yarim o‘tkazgichli fotodiod (FD)ning ish prinsipini tushuntiring. Fotodiodning sezgirligi parametrini tavsiflang. Fotodiodning kvant samaradorligi parametrini tavsiflang. p-i-n fotodiod qanday parametr va xususiyatlar bilan xarakterlanadi? p-i-n fotodiodning tezkorligi va sezgirligini ta’riflang. Ko‘chkisimon fotodiodning tuzilishi va xususiyatlarini ta’riflang. Tolali optik aloqa tizimining qabul qiluvchi modulining vazifasi va tuzilishini tushintiring. Dispersiya bo‘yicha bir modali optik tolalar qanday turlarga bo‘linadi va ularning qo‘llanish sohalarini tushuntiring? Optik signalni sifatli uzatishni qanday ta’minlash mumkin. Buning uchun qanday choralarni amalga oshirish kerak. Optik regenerator qanday tuzilgan? Uning bloklari vazifasini tushintiring. Optik kuchaytirgichlarning qanday turlarini bilasiz? Ularni ta’riflang. Yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgichlar qanday kamchiliklari sababli keng qo‘llanilmaydi? Raman optik kuchaytirgichlari qanday xususiyatlarga ega? Raman optik kuchaytirgichlarining ish prinsipini tushuntiring. Optik kuchaytirgichlar qanday asosiy parametrlar bilan tavsiflanadi? Optik kuchaytirgichlar vazifasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? Ularni ta’riflang. Nurlanishni kiritish qurilmasi qanday tuzilgan? Optik tolalarni ajralmaydigan ulashning qanday usullarini bilasiz? Optik tarmoqlagichlarning turlari va ularning vazifalarini tushuntiring. Attenyuatorlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? Yuqori quvvatli signallarni optik tolaga uzatish qanday muammolarni keltirib chiqaradi? Raqamli uzatish tizimlarida qaysi operatsiyalar ketma-ketligi yordamida analog signal raqamliga o‘zgaradi? IKM li RUT larning ierarxiyasi xaqida ma’lumot bering. Birlamchi raqamli uzatish tizimi E1 oqimning tezligini kelib chiqishini ifodalang. Plezioxron raqamli ierarxiyaning xususiyatlari nimadan iborat? PDH da raqamli oqimlar qanday ajratib olinadi? PDH ni kamchiligi nimadan iborat? Plezioxron raqamli ierarxiyaning qanday uzatish tizimlarini bilasiz? Ularni kanallar soni va tezliklarini ifodalang. SDH ierarxiyasining PDH ierarxiyasidan afzalligi nimada? SDH qanday xususiyatlarini bilasiz? PDH ni qanday kamchiliklari sababli SDH tizimlariga o‘tilgan? SDH ning qanday uzatish tizimlarini bilasiz? Ularni kanallar soni va tezliklarini ifodalang. STM-N freymi qanday tuzilishga ega? STM-1 uzatish tezligini aniqlash formulasini tushuntiring. SDH da raqamli oqimlarni multipleksorlash qanday amalga oshadi? SDHning liniya trakti qanday elementlardan tashkil topgan? Sinxron raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiya qanday ahamiyatga ega? SDH tarmoqlarida qaysi topologiyalar turlari keng tarqalgan? Ular qanday xususiuatlarga ega? SDH ning qanday kamchiliklari sababli WDM tizimlariga o‘tildi, WDM tizimlarining qaysi biri keng tarqalgan, nima uchun? WDM texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima, sinxron raqamli uzatish tizimlariga nisbatan uning qanday afzalliklari mavjud? WDMli tizimning tuzilishi va uning ishlash prinsipini tavsiflang. WDMning qanday afzallik va kamchiliklarini bilasiz? WDMli tizimlarda qanday multipleksorlar qo‘llaniladi, qaysi biri keng tarqalgan, nima uchun? WDMda multipleksorlash qanday amalga oshadi? WDMning qanday sinflarini bilasiz? Ularning bir-biridan farqi nimada? DWDMda signallarni uzatish qanday amalga oshiriladi? CWDM tizimlarining afzalligi nimada? Ularni qaerda qo‘llash mumkin? Yuqori tezlikli abonent tarmoqlarini hosil qilishdan maqsad nima? Tolali optik kabellar bo‘yicha ishlovchi abonent tarmoqlarida qanday texnologiyalarni qo‘llash mumkin? Ularning afzalligi nimada? PON texnologiyasining afzalligi nimada? Uning qanday turlari mavjud, ular nima maqsadlarda qo‘llaniladi? Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini loyihalash uchun qanday boshlang‘ich ma’lumotlar kerak bo‘ladi? To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlariga ta’rif bering. Optik signalning so‘nish parametri qanday aniqlanadi? Tolali optik aloqa tarmoq’ining tuzilishini tushuntiring va ta’riflang. Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlari vazifasi va signallarni uzatish masofasiga ko’ra qanday tasniflanadi? Optik transport tarmog'ida qanday texnologiyalar ishlatiladi? Abonent kirish tarmoqlarida qanday optik texnologiyalardan foydalanilmoqda? Ularning xususiyatlarini ta’riflang. Optik aloqa tarmoqlari qanday tasniflanadi? Optik regenerator va kuchaytirgichlar qanday xususiyatlari bilan bir biridan farqlanadi? FTTx texnologiyasining tuzilish tamoillarini tushuntiring. xPON texnologiyasining tuzilish tamoillarini tushuntiring. 3-qiyinlik darajali savollar Optik tolaning geometrik parametrlarini tavsiflang va aniqlash formulalarini ifodalang. Tolali optik aloqa tizimining uzatuvchi modulining tuzilishini chizing va bloklari vazifasini tushuntiring. Tolali optik aloqa tizimining qabul qiluvchi moduli qanday tuzilgan? Uning tuzilishini chizing va bloklari vazifasini tushintiring. Optik regeneratorning ish prinsipini vaqt diagrammalari asosida tushuntiring. Optik kuchaytirgichlarning ish mexanizmi qanday fundamental fizik jarayonlardan foydalanishga asoslangan? Uni tavsiflang. Aralashma tolali EDFA optik kuchaytirgichning tuzilishini chizing va ish prinsipini tushuntiring. SDH da oqimlar qanday shakllanadi? Umumiy multipleksorlash sxemasini tuzilishini chizing va tushintiring. E1 oqimidan STM-1 moduli qanday shakllanadi? 2430 baytli oqim hosil bo‘lishini qadamma-qadam tushintiring. TEOning qanday ishonchlilik ko‘rsatkichlarini bilasiz? Rad etmasdan ishlash ehtimolligi qaysi miqdoriy munosabatdan aniqlanadi? «Halqa» topologiyasi qanday xususiyatga ega? O'z-o'zini tiklash mexanizmlari va rezerv sxemalarini tushuntiring. SDH sinxronizatsiya tarmog‘ining arxitekturasining tuzilishini chizing va tushuntiring. Tolali optik kabellar bo‘yicha ishlovchi abonent tarmoqlarida qo‘llaniladigan FTTx texnologiyalarini va uni tashkil etish variantlari sxemalarini tushintiring. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizim liniyalarini loyihalash xususiyatlari nimalardan iborat? Loyihalashning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? WDM texnologiyasini qo‘llash bilan qanday muammolar yuzaga keladi? Raqamli signallarni uzatishning qanday sifat mezonlarini bilasiz? Raqamli tolali optik uzatish tizimining liniya trakti qanday baholanadi? Tolali optik uzatish liniyasi uchastkasini hisoblashda nimalarga e’tibor berish kerak? Uzatish tizimlarning texnik ekspluatatsiyasi deganda nimani tushunasiz? Ekspluatatsiya so‘zining ma’nosini tushintiring. TEdan maqsad nima? Optik toladan uzatilgan signal parametrlari va xarakteristikalarini o‘lchashda qanday o‘lchov vositalardan foydalaniladi? 151. Optik tola (pogʻonali, koʻp modali) o‘zagi va qobig‘ining sindirish ko‘rsatkichlari mos ravishda n1=1,44; n2=1,42; o‘zagining diametri d=85 mkm va optik signalning (yorugʻlik nurining) toʻlqin uzunligi λ=1230 nm boʻlsa, optik tolaning quyidagi optik va geometrik parametrlarini hisoblang (n, θt.i.q., NA,V, Nm =?). n - n1 va n2 sindirish ko‘rsatkichlarining foizlarda hisoblangin nisbiy farqi; θt.i.q – toʻliq ichki qaytish burchagi; NA – apertura soni; V – normalashtirilgan chastota; Nm – modalar soni. 152. Optik tola (pogʻonali, bir modali) o‘zagi va qobig‘ining sindirish ko‘rsatkichlari mos ravishda n1=1,8; n2=1,6; o‘zagining diametri d=7 mkm va optik signalning (yorugʻlik nurining) toʻlqin uzunligi λ=980 nm boʻlsa, optik tolaning quyidagi optik va geometrik parametrlarini hisoblang (n, θt.i.q., NA,V=?). n - n1 va n2 sindirish ko‘rsatkichlarining foizlarda hisoblangin nisbiy farqi; θt.i.q – toʻliq ichki qaytish burchagi; NA – apertura soni; V – normalashtirilgan chastota. 153. Optik tola (pog‘onali, bir modali) o‘zagi sindirish ko‘rsatkichlari n1=1,34; sindirish ko‘rsatkichlarining foizlarda hisoblangin nisbiy farqi n=0,36; o‘zagining diametri d=10 mkm va optik signalning (yorugʻlik nurining) toʻlqin uzunligi λ=1660 nm boʻlsa, optik tolaning quyidagi optik va geometrik parametrlarini hisoblang (n2, θt.i.q., NA,V=?). n2 – qobiqning sindirish koʻrsatkichi; θt.i.q – toʻliq ichki qaytish burchagi; NA – apertura soni; V – normalashtirilgan chastota. 154. Optik tola (gradientli, ko‘p modali) o‘zagi sindirish ko‘rsatkichlari n1=1,2; sindirish ko‘rsatkichlarining foizlarda hisoblangin nisbiy farqi n=1,25; o‘zagining diametri d=50 mkm va optik signalning (yorugʻlik nurining) toʻlqin uzunligi λ=1675 nm boʻlsa, optik tolaning quyidagi optik va geometrik parametrlarini hisoblang (n2, θt.i.q., NA,V, Nm =?). n2 – qobiqning sindirish koʻrsatkichi; θt.i.q – toʻliq ichki qaytish burchagi; NA – apertura soni; V – normalashtirilgan chastota; Download 182.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling