Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari Reja
Download 25.77 Kb.
|
Optik analiz metodlari. Analizning boshqa fizikaviy metodlari Re-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atom-absorbsion usul
Turbidimetriya usulida tekshirilayotgan rangsiz loyqa eritmada yutilgan nurning intensivligi o’lchanadi. Analizni bajarish tartibi rangli eritmalarning intensivligi kolorimetriya usuli bo’yicha o’lchash singari bajariladi.
Alanga fotometriyasi usuli moddani alangaga tutish bilan qo’zg’algan holda uning atomlari chiqaradigan nurlanishni o’lchashga asoslangan. Alanga fotometriyasi spektral analizning yangi usullaridan biridir. Tekshirilayotgan eritma siqilgan havo yoki kislorod yordamida gaz (vodorodli yoki asetilenli)gorelkasini rangsiz alangasiga kam-kam miqdorda purkaladi. Agar eritma tarkibida oson qo’zg’aluvchan elementlarning ionlari mavjud bo’lsa, alangada o’sha elementga xos nurlanish paydo bo’ladi va natijada alanga bo’yaladi. Nurlanish intensivligi eritma tarkibidagi aniqlanadigan elementning konsentrasiyasiga to’g’ri proporsionaldir. Chiqayotgan nurlanish intensivligi eritmadagi aniqlanuvchi elementning (ma’lum intervaldagi) konsentrasiyasiga to’g’ri proporsional bo’ladi. Asosiy vazifa ayni element uchun xos bo’lgan nurning to’lqin uzunligini topish va uning nurlanish intensivligini o’lchashdan iborat. Bu ishni bajarishda maxsus asbob alanga fotometridan foydalaniladi.Alanga fotometri ma’lum to’lqin uzunligidagi nurlanish intensivligini o’lchashga asoslangan. Shuning uchun har bir aniqlashda faqat bitta elementning miqdorini aniqlash mumkin. Alanga fotometriyasi usulini asosan ishqoriy va ishqoriy-yer metallar (Li, Na, K, Rb, Cs, Mg, Ca, Sr, Ba) ning miqdorini aniqlashda qo’llash yaxshi natijalar beradi Atom-absorbsion usul ham o’z mohiyatiga ko’ra alanga fotometriyasi usuliga o’xshaydi. Tarkibida aniqlanishi kerak bo’lgan element bor eritma purkagich orqali aerozol holida alangaga kiritiladi. Alanga fotometriyasida tekshirilayotgan element chiqarayotgan nurlanish intensivligi o’lchansa, atom absorbsion usulda aniqlanayotgan element atomlari tomonidan yutilayotgan nurlanish intensivligi o’lchanadi. Nurning yutilish darajasi 99% ga yaqin bo’lganligi uchun atom absorbsion usulning sezgirlik darajasi ancha yuqori bo’lib, bu jihatdan u alanga fotometriyasidan ustun turadi. Bu usul alangada erkin atomlar holida mavjud bo’ladigan elementlar miqdorini aniqlash uchun qo’llanilishi mumkin. Download 25.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling