Optik mikroskopning asosiy tuzilishi va funksiyasi Jul 10, 2017


Download 142.48 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi142.48 Kb.
#218994
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Optik mikroskopning asosiy tuzilishi va funksiyasi

MIKROSKOP, zarrabin (mikro… va yun. skopeo — qarayman) — mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob. M. ning kattalashtirishi difraksion hodisalar (q. Difraksiya) tufayli cheklangan; u atigi 1500—2000-martani tashkil qiladi. Odam koʻzi 250 mm uzoqlikdagi zarralar urtasidagi masofani 0,08 mm gacha aniklikda farq qila oladi (bu raqam koʻpchilik odamlarda 0,20 mm ni tashkil etadi). Lekin mikroobyekt lar (bakteriya, mayda kristallar va b.) oʻlchami bundan ham kichik. Shu sababli, elementlari orasidagi masofa 0,25 mkm li strukturalarni farq qilishga imkon beradigan (yaʼni ajratish qobiliyati 0,25 mkm boʻlgan) Mikroskop mavjud (elektron M. niki — 0,01—0,1 nm). Ikki linzadan iborat tizimning tasvirni kattalashtirib berishi 16-a. dayoq Niderlandiya va Italiyadagi koʻzoynaksoz ustalarga maʼlum boʻlgan, (ikki linzali Mikroskopni niderland ustasi 3. Yansen 1590-y. da kurgan), lekin birinchi Mikroskopni 1609—10 y. larda G. Galiley ixtiro qilgan, murakkab Mikroskopning hisobini 1872-y. da E. Abbe qilgan. Mikroskopda obyektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga toʻgʻrilangan axromatik linzalardan foydalaniladi. Mikroskopda koʻp linzali obyektiv emas, balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan immersion obyektiv ishlatiladi. Immersion obyektivda nur sochilishi kamayadi. Ultrabinafsha, infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan Mikroskop obyektivi yana ham sifatli boʻlishi zarur. Mikroskopda tekshiriladigan preparatlar oʻzidan yorugʻlik chiqarmaydi, shu sababli uni yoritish lozim. Obyektni yoritishning turli usullari mavjud. Uning yoritilishiga qarab tasvir kon-trastlari (anikligi) ortedi.

Okulyar ham Mikroskopning muhim kismi. Tekshiriladigan obyektga qarab okulyarlar turlicha buladi. Okulyar sifatida koʻrish trubasi (koʻpincha, Gyuygens tipidagi okulyar) ishlatiladi. Yoritishda mikrokondensorlardan foydalaniladi; u linzalar tizimidan iborat. Mikrokondentorlarga iris diafragmasi oʻrnatiladi. Mikrokondensorlarning tuzilishi ham har xil; baʼzilari bitta linzasi olib qoʻyiladigan qilib yasaladi, bu hol mikroobyektlarni tekshirishni osonlashtiradi.

Ishlatish sohasiga qarab lyuminessent, ultrabinafsha, qutblovchi, interferension Mikroskop lar; tekshirish obyektiga qarab, biologik, elektron, metallografik Mikroskop va b. boʻladi. Lyumi-nessent Mikroskop boshqa Mikroskop lardan ikkita (kondensor oldida va obyektivdan ke-yin qoʻyiladigan) yorugʻlik filtri mavjudligi bilan farqlanadi. Bulardan tashqari, maxsus Mikroskoplar ham mavjud, mas, tez va sekin utadigan jarayonlarni kinolentaga tushiradigan Mikroskop, jarroxdik Mikroskopi, oziq-ovqat sifatini tekshiradigan Mikroskop va h. k. Fotografiya, tibbiyot, biol., fizika va kimyo sohalarida Mikroskop koʻp ishlatiladi.





Устройство оптического микроскопа: A — окуляр; B — объектив; C — объект; D — конденсор; E — предметный столик; F — зеркало.


Download 142.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling