Оптик сигналларнинг қандай хусусиятларини биласиз?


Liniya kodini tanlashdagi asosiy talablar quyidagilar


Download 225.31 Kb.
bet5/7
Sana23.01.2023
Hajmi225.31 Kb.
#1112001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
optik 1-7 bilet javoblari

Liniya kodini tanlashdagi asosiy talablar quyidagilar:
1. Signalning energetik spektri G (f) yetarlicha tor bo’lishi kerak, bundan maqsad raqamli TOA tizimlarining qabul qiluvchi qurilmalarining va OTning polosa kengligini toraytirish, shuningdek, OTning dispersion buzilishlari ta’sirini, liniya va stantsiya regeneratorlarining hal qiluvchi qurilmalari kirishidagi shovqinlar ta’sirlarini kamaytirish.
2. Liniya kodining energetik spektri tarkibida doimiy tashkil topuvchilar bo’lmasligi va quyi chastotalarda kichik qiymatga ega bo’lishi kerak. Birinchi talab TOA tizimlari liniya traktining aktiv elementlarining kuchlanish ta’minotini yuqori aniqlikda o’rnatishni ta’minlash kerakligi bilan tushintiriladi. Ikkinchi talab uzatish traktining chastota polosasini pastdan chegaralanishidan yuzaga keladigan, simvollararo xalaqitlarni kamaytirish bilan bog’liq.
3. Energetik spektri yuqoridan chegaralangan bo’lishi zarur, bu uzatish traktining chastota polosasini yuqoridan chegaralanishidan yuzaga keladigan, simvollararo xalaqitlarni kamaytirish imkonini beradi.
4. Raqamli TOA tizimlarining liniya kodlarini tuzilishi regeneratorlarning taktli sinxronizatsiya impulslarini shakllantirish uchun raqamli signal tarkibidan taktli chastotani osongina ajratib olishni ta’minlashi kerak.
5. Liniya kodining tuzilishi quyidagilarni ta’minlashi kerak: yuqori shovqin bardoshlilikni, bu regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini oshirish va bu bilan raqamli TOA tizimining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish imkonini yaratadi; uzatish sifatini va aloqani uzmasdan liniya trakti qurilmalari sozligini nazorat qilishni; kodlash va dekodlash qurilmalarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi soddaligini ta’minlashi kerak.

2. Ko'p kanalli optik tizimlarni tuzish, shuningdek regeneratorlar orasidagi masofani uzaytirishga urinish optik kuchaytirgichlarni rivojlanishiga sabab bo'ldi. Optik kuchaytirgichlar nolga teng bo'lmagan sijigan dispersiyali bir modali NZDSF tolalarining afzalliklari tufayli qimmat regenerasiyalash tizimlarini qo'llamaslik imkonini yaratadi va optik tola bo'ylab uzatiladigan axborot xajmini keskin oshiradi.


Shuningdek, optik kuchaytirgichlarni ishi uzatish tezligiga bog'liq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Optik kuchaytirgichlarni quyidagi asoslarda ishlab chiqarish mumkin:
- aralashma optik tolalar asosidagi kuchaytirgichlar,
- yorug'likning Raman sochilishiga asoslangan optik kuchaytirgichlar,
- yarim o'tkazgichli p-n o'tish asosidagi kuchaytirgichlar.

3. Нурланишни киритиш қурилмаси қандай тузилган?





Download 225.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling