Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani xtb ga qarashli 12- umumiy oʻrts taʼlim maktabining texnologiyafani o’qituvchisi


Download 1.29 Mb.
bet1/2
Sana25.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1065940
  1   2
Bog'liq
tex6





Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani
XTB ga qarashli 12- umumiy oʻrts taʼlim maktabining
texnologiyafani o’qituvchisi
Oʻrazimbatova Mahfuzaning
6-sinflarda texnologiya fanidan





Tartib raqam

Sinf

Sana

O’.T.I.B.D.O’
(imzo)

1










2










3










4












Mavzu: Nazorat-oʻlchash asboblari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga jihozlar sozligini nazorat qilish va ta’mirlash ishlari. Shantigensirkul, mikrometr va boshqa oʻlchash asboblari haqida maʼlumot berish.
Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilar qalbida vatanga mexr uyg’otish,kasb hunarga yo’naltirishva texnologiya faniga qiziqishini uyg’otish
Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarni darsga qatnashish faolligini oshirish.
Tayanch kompintensiyalar:texnologiya faniga oid atamlarni topishda media vositalaridan foydalanib,didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor,radio,audio-videoyozuv,telefon)foydalana olish:fayllarni ochishda media –madaniyatga amal qilish.
Fanga oid kompintensiyalar:texnologiya fanini o’rganish;amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish,kattalarni gapiga quloq tutish,mehnatsevarlik,to’g’rilik,hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo’lish,o’rtoqlarning hatosini tushintirish.O’qib o’rganish orqali bilimlarni oshirish.
Dars turi:Bilimlarni mustahkamlovchi.Yangi bilm beruvchi
Dars uslubi:Tushuntirish,suxbat,tezkor savol-javob,amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi:Guruhlarda ishlash,(1-ilova)”Aqliy hujm”(2-ilova)”Kim epchil-u,kim chaqqon(3-ilova)”Klaster”(4-ilova )
Dars jihozi:mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar,o’quv qurollari,mehnat qurollari.


T/r

Dars qismlari

Ajratiladigan vaqt

1

Tashkiliy qism:salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyoralsh texnologiya faniga oid maqollarni so’rash(5-ilova)fanga oid atama va terminlarni qisqacha takrorlash(6-ilova)

5 daqiqa

2

O’tgan dars mavzusini so’rash:”Hikoyani davom ettir”(7-ilova),savol-javob asosida so’rash (8-ilova )

15 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni:rasmlar,chizmalar,sxemalar,vidioroliklar orqali tushuntirish

10 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash:”Cho’qqini zabt et”(9-ilova)metodi asosida mustahkamlsh

10 daqiqa

5

O’quvchilardan yakuniy hulosalarni eshitish o’quvchilarni baholash

5 daqiqa

Darsning borishi

II.Yangi mavzu bayoni.


Shtangensirkul – tashqi, ichki diametr va chuqurlikni o‘lchashda ishlatiladigan asbob. Shtangensirkul universal o‘lchov asbobi bo‘lib, uning yordamida chiziqli, tashqi va ichki o‘lchamlarni, chuqurliklarni o‘lchash, tayyor detal va buyumlar o‘lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajariladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni o‘lchaydigan asbob (shtangen-glubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida ham foydalanish mumkin. Asbobsozlik korxonalarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni o‘lchash imkonini beruvchi, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo‘lgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. O‘quv ustaxonalarida 300 mm gacha o‘lchash imkonini beruvchi shtangensirkullar ishlatiladi (24-rasm).

Aniqlik darajasi 0,1 mm bo‘lgan shtangensirkul nonius (9) shkalasining uzunligi 9 mm bo‘lib, u 10 ta teng bo‘lakka bo‘lingan. Demak, noniusning har bir bo‘limi 9 mm : 10 = 0,9 mm ga teng. Noniusning noli shtanganing noli bilan mos kelsa, uning o‘ninchi chizig‘idan tashqari hech bir chizig‘i shtanga chizig‘i bilan mos kelmaydi (bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning 10-chizig‘i shtanganing 9-chizig‘iga mos keladi. Deylik, noniusning 0 chizig‘i shtanganing 0 chizig‘idan o‘tib, 1-chizig‘iga yetmagan bo‘lsin, 6-chizig‘i esa shtanga chizig‘iga mos kelsin. U holda hisob 0,6 mm bo‘ladi. Ikkinchi o‘lchashda noniusning noli shtanganing 25-chizig‘idan o‘tgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6-chizig‘i shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. U holda shtangensirkulning ko‘rsatkichi 25,6 mm. 25-rasmda aniqlik darajasi 0,05 yoki 0,02 mm gacha bo‘lgan shtangensirkul tasvirlangan.

25-rasm. SHTS-11 markali shtangensirkul: 1 – shtanga; 2 – qo‘zg‘almas jag‘; 3 – qo‘zg‘aluvchan jag‘; 4 – ramka; 5 – qotiruvchi vint; 6 – xomut; 7 – xomutni qotiruvchi vint; 8 – mikrometrik surish vinti.

Aniqlik darajasi 0,1 mm bo‘lgan asboblarda noniusdan olinadigan kasr sonlar millimetrning 0,1 ulushlarida hisoblansa, aniqlik darajasi 0,05 va 0,02 mm bo‘lgan asboblarda millimetrning 0,05 va 0,02 ulushlarida hisoblanadi. Bunday shtangensirkullardan tekislikdagi rejalash ishlarini olib borishda sirkul va xatkash sifatida ham foydalaniladi. Hozirgi kunda shtangensirkullarning elektron raqamli turlari ham keng tarqalgan (26-rasm).



Mikrometr 0,01 mm gacha aniqlikda o‘lchash imkonini beruvchi asbob bo‘lib, uning yordamida tashqi o‘lchamlar o‘lchanadi (27-rasm). Ular 0–25, 25–50, 50–75, 75–100 mm va hokazo o‘lchamli qilib tayyorlanadi. Mikrometr skobasiga uning aniqlik darajasi hamda o‘lchash chegarasi yoziladi.

Mikrometr skobasiga uning aniqlik darajasi, o‘lchash chegarasi va asbobsozlik korxonasining muhri tushiriladi. Hozirgi kunda mikrometrlarning elektron raqamli turlari ham keng tarqalgan.


V.Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.Nazorat oʻlchash asboblariga nimalar kiradi?
2. Shtangensirkul va mikrometr nimalarni oʻlchaydi?
3.Zamonaviy oʻlchash asboblari haqida so’zlab bering.
V.O’quvchilarni baholash: O’quvchilarni darsda ishtirokiga qarab ulrani baholash

VI.Uyga vazifa :mavzuni o’qib,daftarga matn yozish




5

4

3



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling