Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари


Download 1.15 Mb.
bet111/206
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#234602
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   206
Bog'liq
5–9 sinflar toshkent 2010

NI (6 soat).

Yakuniy dars (1 soat).

Davlat va huquq asoslari fanidan

Davlat ta’lim standarti

O‘quvchilar Davlat va huquq asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:



  • Huquqiy ta’limga oid asosiy tushuncha, qonuniyat va g‘oyalarni bilish;

  • davlat tuzilishi va boshqaruv shakllari, boshqaruvning amalga oshirishning demokratik va nodemokratik usullarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntira olish;

  • davlat organlarining tuzilish asoslarini tasvirlab berish;

  • axloq va huquq tushunchalarini bilish;

  • huquq me’yorlarini bilish hamda hayotda o‘zlarining xatti-harakatlarini ana shu me’yorlarga monand boshqara olish malakasiga ega bo‘lish;

  • huquq tizimlarini, uning sohalarga bo‘linishini, bu sohalarning huquqiy munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyatini tushunish;

  • huquq funksiyalarini bilish hamda o‘z huquqlaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

  • huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yo‘llari va muammolarini, O‘zbekistonda demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini tushuntira olish;

  • Prezident asarlarini bilish va ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi va mazmunini tavsiflay olish;

  • inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, ulardan foydalanish kafolatlarini bilish;

  • Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, ularni hurmat qilish malakalariga ega bo‘lish;

  • O‘zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini va ularning huquqiy asoslarini bilish;

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat boshlig’i, davlat hokimiyati tizimi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishini, ularning vazifalarini tushuntira olish;

  • Davlat boshlig‘i va parlament O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini muhofaza qilish, milliy davlat tuzilishi masalalariga oid qarorlarni ro‘yobga chiqarish borasida zarur chora-tadbirlar belgilashini, xalqaro munosabatlarda Respublika nomidan ish ko‘rishini bilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlar tushunchasi, ularga qo‘llaniladigan huquqiy aktlar, voyaga yetmaganlarning huquqiy holatlarini bilish;

  • ta’lim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy kamoloti uchun barcha huquqiy asoslar mavjudligini bilish;

  • o‘zini kelajagi buyuk davlat bunyodkori sifatida his etib, mamlakat taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shishga astoydil intilish.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling