Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари
Download 1.15 Mb.
|
5–9 sinflar toshkent 2010
Iqtisodiy bilim asoslari fanidan o‘quvchilar egallashlari zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
9-sinf Bilimlar: - tadbirkorlikning asosiy tashkiliy – huquqiy shakllarini bilish; tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning huquqiy asoslari haqida ma’lumotga ega bo‘lish; menejment va marketing tushunchalarining mohiyatini tushunish; tadbirkorlik faoliyatini yuritishning tashkiliy va moliyaviy yo‘l –yo‘riqlari bilan tanishish; aksiyadorlar jamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish; aksiyaning nominal va bozor narxini bilish; firma ochish haqidagi ma’lumotlarni bilish; yalpi daromad, foyda va zarar haqida tushunchaga ega bo‘lish; Davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalarini bilish; Davlat budjeti, uning daromad qismi manbalari va xarajat qismi tarkibini bilish; soliqlar, ularning turlarini bilish va iqtisodiyotdagi rolini tushunish; daromad solig‘i, daromad solig‘i stavkasi, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish; soliq haqidagi mutafakkirlar qarashlarini bilish; xom ashyo va energiya tanqisligi sabablarini bilish; iqtisodiy rivojlanishning notekisligi haqidagi tushunchalarni bilish; bank tizimi, Markaziy bank va tijorat banklarining vazifalarini bilish; Davlatning iqtisodiy (budjeti-soliq va pul-kredit) siyosati haqida ma’lumotga ega bo‘lish; iqtisodiy o‘sish va aholi turmush tushunchalarining mohiyatini bilish; O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish; ishsizlik va inflyatsiyaning mohiyati, sabablari va oqibatlarini bilish; tashqi savdoga qo‘yiladigan to‘siqlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish; valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish; jahon iqtisodiyoti muammolaridan voqif bo‘lish; iqtisodiyot ilmi tarixiga oid asosiy faktlarni va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz va iqtisodchi olimlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish; Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidagi iqtisodiy bilimlarga oid konseptual g‘oyalarni, “Jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” kitobidagi g‘oyalarni tushunish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling