Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари
Download 1.15 Mb.
|
5–9 sinflar toshkent 2010
8-sinf
Bilimlar: iqtisodiy resurslarning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi muammosi, imkoniyatlar ichidan birini yoki bir nechtasini tanlashga olib kelishini tushunib yetish; ishlab chiqarish va uning omillarini tavsiflash; har qanday iqtisodiy ho‘jalik yuritish tizimida “Nima ishlab chiqarish kerak?”, “qanday ishlab chiqarish kerak”, “Kim uchun ishlab chiqarish kerak” degan savollarga javob berish lozimligini tushunib yetish; bozor iqtisodiyotining asosiy ustunlari: erkin iqtisodiy faoliyat, xususiy mulk, erkin narx, foyda olishga bo‘lgan intilish, monopoliyani rad etish va raqobatning mohiyatini bilish; tovar va tovar ho‘jaligini bilish; bozor tushunchasini keng ma’noda tushunish va bozor turlarini bilish; iste’molchilar huquqlarini bilish va ularni himoya qilishda turli jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalarining rolini bilish; mulkiy munosabatlarning iqtisodiyotdagi rolini anglab yetish; O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonining o‘ziga xos tomonlarini bilish; O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini bilish; O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki tushunchalarini bilish; bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyatini tushunish va turlarini bilish; asosiy ekologik muammolarni bilish va ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tushuntira olish; zamonaviy pullar—plastik kartochkalar. soliqning mohiyatini turlarini bilish; soliq qonunchiligidan habardor bo‘lish; to‘g‘ri va egri soliq haqidagi bilimlarga ega bo‘lish; mahalliy va umumdavlat soliqlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish; jismoniy va yuridik shaxs haqidagi bilimlarga ega bo‘lish; soliqqa tortishning asosiy tamoyillari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish; soliq subyektti, soliq obyekti, soliq stavkasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lish; soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish; Prezident Islom Karimovning “Jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” kitobidagi g‘oyalarni tushunish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling