5-sinf
I bob. Vatanni sevmoq iymondandir
1-2 -dars: Mustaqil O’zbekiston, Seni tanidi jahon! (2 soat).
O’zbekiston jahon xaritasida. Mustaqillik – eng oliy va eng bebaho ne’mat. Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. Islom Karimovning ma’naviy jasorati.
3-4-dars: Vatan nima? (2 soat).
Vatan - inson tug’ilgan, kindik qoni to’kilgan joy. Vatan – ajdodlarimiz yashab o’tgan muqaddas tuproq, bizlar yashaydigan tabarruk zamin.
5-6-dars: O’zbekiston xalqi (2 soat).
Millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik tushunchalari. O’zbekistonda vijdon erkinligi. O’zbekiston xalqining xohish-irodasi – davlat hokimiyatining asosiy manbai.
7-dars: Qadimiy shaharlarimiz yosharmoqda (1 soat).
Yurtimizning qadimiy va navqiron shaharlari. Тoshkent, Buxoro, Samarqand, Хiva, Shahrisabz, Marg’ilon, Тermiz.
Go’zal vodiylar, viloyatlar – barchasi g’urur-iftixor manbai
8-dars: Shaharsozlik (1 soat).
Amaliy mashg’ulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |