33- dars. G‘arbiy Yevropa xalqlari madaniyati (1 soat).
Dunyo haqidagi tasavvurlarning kengayishi. Ilm-ma’rifatning rivojlanishi. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Kitob bosishning ixtiro qilinishi.
34- dars. G‘arbiy Yevropada san’at va adabiyot. Gumanizm (1 soat).
Me’morchilikdagi yangi uslublar. Haykaltaroshlik taraqqiyoti. Kitob miniaturasi. Adabiyot. Xalq og‘zaki ijodi. Gumanizm.
35-dars. Takrorlash (1 soat).
V BOB. RIVOJLANGAN O‘RTA ASRLARDA
GERMANIYA VA RUS YERLARI ( 5 soat).
36- dars. XII - XV asrlarda Germaniya.
Siyosiy taraqqiyotning o‘ziga xosligi. Shtaufenlar sulolasi hukmronligi. Imperator hokimiyatining tushkunlikka uchrashi. XIII-XV asrlarda Germaniyadagi siyosiy ahvol.
37- dars. Rusda feodal tarqoqlik va uning oqibatlari.
Kiev Rusining bo‘linib ketishi. Rusning feodal tarqoqligi sabablari va uning oqibatlari. Ozaro feodal urushlari, mamlakat mudofaa qobiliyatining zaifligi, knyazlar va boyarlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar, mayda knyazlarning mavjudligi. Novgorod boyarlar respublikasi. Kiyev knyazligi. Galich-Volin knyazligi. Vladimir-Suzdal knyazligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |