Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари
Jahon tarixi fani bo‘yicha 8-sinf o‘quvchilari egallashi zarur
Download 1.15 Mb.
|
5–9 sinflar toshkent 2010
Jahon tarixi fani bo‘yicha 8-sinf o‘quvchilari egallashi zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar Bilimlar:Yevropada uyg‘onish davrining vujudga kelishi, gumanst allomalarning hayoti va faoliyati xususida bilimlarga ega bo‘lish; Xronologik davr va uning asosiy bosqichlari. Jahon mamlakatlarining notekis rivojlanish xususiyatlari va uning sabablarini bilish; mamlakatlar, davlatlar, xalqlarning siyosiy xaritasi (yangi tarix boshlanishi, o‘rtalari va oxirgi davriga oid), yangi taraqqiyot bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Sharq va g‘arbning yangi tarix davri manzarasi. Umumiy va ziddiyatli jihatlar. Buyuk geografik kashfiyotlar (XVI-XVII asrlar). Amerika, Osiyo, Afrika qit’alari mamlakatlarini mustamlakaga aylantirilishining boshlanishi. XVIII-XIX asrlarda Rossiya siyosiy-iqtisodiy hayoti, og‘ir sanoati. Rivojlangan davlatlarda ekologik muammolar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; yangi davr kishisi ongining o‘sishi va dunyoqarashi. Turmush tarzi va faoliyatidagi o‘zgarishlar, yangiliklar. Inson hayoti va faoliyatiga ilmiy- texnika kashfiyotlarining ta’siri. Sharqda an’anaviy munosabatlarning saqlanib qolishi. G‘arbda moddiy ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi. Sanoat to‘ntarishining yuz berishi. Ishlab chiqarish sohalarida mehnatga munosabatning o‘zgarishi, ko‘pukladlilik. Yevropa mamlakatlari, Shimoliy Amerikada agrar munosabatlar sohasidagi o‘zgarishlar. Rossiyada krepostnoy tuzumning bekor qilinishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; elatlar, xalqlar, etnik guruhlar. Millatning vujudga kelishini bilish; Rossiyada millatchilik va buyuk davlatchilik shovinizmi. XVIII-XIX asrlarda mustamlakachilik siyosati. Rossiyaning imperiyaga aylanishi, ruslashtirish siyosati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Yevropada milliy davlatlarning vujudga kelishini bilish; Absolyut monarxiyaning cheklanishi. Respublika tuzumining vujudga kelishi. Rossiyada va Sharq mamlakatlarida cheklanmagan monarxiya tuzumining saqlanib qolishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Lotin Amerikasi xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari. Gaitidagi inqilob. Milliy ozodlik harakatlarining yakunlari va ahamiyatini bilish; Yevropa mamlakatlari ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni bilish; Niderlandiya, Angliya, Fransiya, AQShdagi burjua inqiloblari. Boshqarishning konstitutsion shakliga o‘tilishi. Parlamentchilikning rivojlanishi. Fransiya, Angliya, Rossiya, Prussiya, Yaponiya mamlakatlarida liberal islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Rossiya samoderjaviyasi XVIII-XIX asrlarda. Ijtimoiy inqilobiy harakatlar (dekabristlar, slavyanofinlar, g‘arbchilar, narodniklar, sotsialistlar) to‘g‘risidagi bilimlarga ega bulish; G‘arbiy Yevropada ishchilar sinfining shakllanishi, utopik sotsializm g‘oyalarini bilish; Yevropa va Sharq mamlakatlari. Osiyo, Afrika mamlakatlarida dehqonlar harakati (XVIII-XIX asrlar); Rossiyada sotsialistik partiyalarning vujudga kelishi. Markaziy va Janubiy-Sharqiy Yevropada milliy-ozodlik harakatlari. XIX asr fan, madaniyat, gumanistik g‘oyalarning kuchayishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Yevropada maorif, muhim ilmiy kashfiyotlar, ularning texnika taraqqiyotiga ta’siri (tarix, matematika, biologiya, kimyo, tarix, mashinasozlik, konchilik, metallurgiya, adabiyot, musiqa, tasviriy san’at) to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling