Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари


O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 8-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar


Download 1.15 Mb.
bet11/206
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#234602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   206
Bog'liq
5–9 sinflar toshkent 2010

O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 8-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar:

  • Markaziy Osiyoning shayboniylar va ashtarxoniylar davridagi xaritasi. Xronologik tahlili. Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat. Abulxayrxon davlati. Aholi mashg‘ulotlari: o‘troq, yarim-ko‘chmanchi, ko‘chmanchi aholi mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Zahiriddin Muhammad Bobur - Andijon hukmdori. Shayboniyxon - Zahiriddin Muhammad Bobur ziddiyatlari, to‘qnashuvlar. Eron shohlari yurishlari. O‘rta Osiyoda shayboniylar hukmronligining tashkil topishi. Zahiriddin Muhammad Boburning Hind sari yuzlanishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Bobur-buyuk davlat arbobi, harbiy sarkarda, madaniyat homiysi bo‘lganligini bilish;

  • Boburiylar davlatiga asos solinishi haqida bilish;

  • Shayboniylar davlatining ichki va tashqi siyosatini bilish;

  • Xiva xonligiga asos solinishi. Xo‘jalik sohalarining rivojlanishi, pul islohoti. Yer-suv munosabatlari. Aholi etnik tarkibi. "O‘zbek" atamasi. Markazlashgan davlat tuzish uchun kurash. Ubaydullaxon va Abdullaxonlarning siyosiy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Xiva xonligida xo‘jalik, hunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojlanishi, xalqaro aloqalar. Shayboniylar davrida fan va madaniyat, ilmiy-diniy bilimlar to‘g‘risida bilish;

  • Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining boshlanishi. Hokimiyatni mustahkamlash tadbirlari. Buxoro-Xiva xonligi munosabatlari, o‘zaro urushlarning kuchayishi to‘g‘risida bilish;

  • Buxoro, Xiva xonliklarida xo‘jalik sohalarining rivojlanishi; siyosiy, iqtisodiy hayot, xonliklarning savdo-sotiq, tashqi, iqtisodiy, diplomatik aloqalarini bilish;

  • Eron shohi Nodirshoh hujumlari, xonliklarning zaiflashuvi to‘g‘risida bilish;

  • O‘rta Osiyo xonliklarining boshqaruv tizimi. Markaziy va mahalliy idoralari. Soliq tizimi, dinning mafkuraviy o‘rni, diniy mansablar, qishloq xo‘jaligi, yerga egalik turlari. Vaqflar. Shaharlar va ular aholisining mashg‘ulotlari. Pul muomalasi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Qo‘qon xonligining tashkil topishi. Geografik o‘rni, xonlarning harbiy yurishlari. Umarxon - hukmdor, shoir, sarkarda, davlat arbobi, madaniyat homiysi. Qo‘qon xonligi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, soliqlar sistemasi to‘g‘risida bilish;

  • Mang‘itlar sulolasining hukmronligi. Buxoro amirligida mang‘itlar hukmronligi davrida ichki siyosat, markaziy hokimiyatni kuchaytirish tadbirlari, pul islohoti. Yer egaligi, mulk shakllari, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, davlat boshqaruvi, amaldorlik pog‘onalari. Islom mafkurasi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Buxoro amirligining iqtisodiy, siyosiy aloqalari, diplomatik (elchilik) munosabatlarini bilish;

  • Xiva xonligida qo‘ng‘irot sulolasi hukmronligining boshlanishi, sulolaning siyosiy, iqtisodiy sohadagi tadbirlari, qishloq xo‘jaligi, yer egaligi, davlatni boshqarish tizimi, markaziy hokimiyatning kuchayishi to‘g‘risida bilish;

  • O‘rta Osiyo xonliklarida madaniy hayot, me’morchilik, san’at, hunarmandchilik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • qoraqalpoqlar. Qoraqalpoqlarda ijtimoiy, iqtisodiy hayot, aholi mashg‘ulotlari, ovchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, maorif, san’at, xalq og‘zaki ijodi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • O‘rta Osiyo xonliklari aholisining turmush tarzi. Islom ma’naviyati, uning jamiyat va oiladagi o‘rnini bilish;

  • O‘rta Osiyo xonliklarining xalqaro savdo, diplomatik aloqalari. O‘rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Rossiya tomonidan xonliklarni bosib olish xavfining kuchayishi to‘g‘risida bilish;

  • Rossiya va xonliklar munosabatlarida ziddiyatlarning kuchayishi to‘g‘risida bilish.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling