31-dars: Ma’naviyatning shakllanishida oilaning o’rni (1 soat).
Oila – jamiyatning asosiy bo’g’ini. Oilaning jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi. Ma’naviyatni shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o’rni, vazifasi va ta’siri.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-onalik va farzandlik burchlar mustahkamlab qo’yilganligi.
32-33-dars: Axloq-odob – ma’naviyat negizi (2 soat).
Axloq me’yorlari. Jamiyat tomonidan qabul qilingan ijtimoiy hulq-atvor qoidalari, ularning o’ziga xos xususiyatlari. Ezgulik va yovuzlik. Sha’n, qadr-qimmat, adovat va nohaqlik, burch va mas’uliyat tushunchalari.
Ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan sharqona odob-axloq. Sharq va g’arb mamlakatlarida odob-axloqqa bo’lgan munosabat, ularning farqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |