3 Tovarning nafliligi va qadr-qimmat to'g'risidagi nazariyaning mohiyati maqsadi va vazifalari


Download 0.79 Mb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1490973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tovarning naflligi va qadr-qimmati to’g’risidagi nazariya

MAVZU: TOVARNING NAFLLIGI VA QADR-QIMMATI TO’G’RISIDAGI NAZARIYA


REJA

KIRISH……………………………………………………………………………………...

3

1. Tovarning nafliligi va qadr-qimmat to'g'risidagi nazariyaning mohiyati maqsadi va vazifalari……………………………………………………….…

5

2. Tovarning nafliligi qadr-qimmat to'g'risidagi nazariyaninmg roli………….

12

3. Tovarning nafliligi va qadr-qimmati to'g'risidagi nazariyaning nomoyon bo'lish shakllari………………………………………………………………..

26

4. Tovarning nafliligi va qadr-qimmati to'g'risidadi nazariyani rivojlanishi yo'nalishlari……………………………………………………………………

35

XULOSA……………………………………………………………………………………

39

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………………...

41


KIRISH.
Kurs ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllandi. Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridеk, «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi»1 . Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Ayni paytda Prеzidеntimizning ma’ruza va asarlaridan, xususan, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asaridan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o‘z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling