Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари
- Jahon tarixi davrlarini Vatanimiz tarixi bilan taqqoslash, bog‘lay olish
Download 1.15 Mb.
|
5–9 sinflar toshkent 2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘nikmalar
- Jahon tarixi davrlarini Vatanimiz tarixi bilan taqqoslash, bog‘lay olish.Jahon tarixi fani bo‘yicha 7-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar Bilimlar: Xronologik jadval va xarita. G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, Buyuk ko‘chish (xunnlar, germanlar, slavyanlar). Qabila, elatlar, Sharqiy slavyanlar, ularning hududiy joylashuvi (V-VII asrlar) haqida bilimlarga ega bo‘lish; Salb yurishlari va uning oqibatlarini bilish; o‘rta asrlarda Osiyo, Afrika, Amerika xalqlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; qishloq xo‘jaligi, feodal yer egaligi, dehqonlar kurashini bilish; Markaziy va Sharqiy Yevropada ijtimoiy tuzum. Shaharlar hayoti, ularning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy markazlar sifatidagi o‘rni. Savdo, hunarmandchilik, xalqaro savdo-sotiq, ijtimoiy rivojlanish. Turli ijtimoiy guruhlar ahvoli va turmushi. Shaharliklarning hayot tarzi, mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Hindistonda kastalarga bo‘linish. Yevropada (o‘rta asrlarda) davlatchilik rivojlanishi (monarxiya, respublika), feodal tarqoqlikdan markaziy davlatchilikka o‘tilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Rusda markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi. o‘rta asr kishisining ongi, dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, katolik, pravoslav cherkovlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Islom dini va uning mazhablarini bilish; Yevropada o‘rta asrlar madaniyati, ilmiy bilimlar. Musiqa, me’morchilik, rassomchilik, kitobat san’ati, xattotlik, hunarmandchilik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Yevropa xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarini bilish; normandlar, arablar, turklar, mo‘g‘ullarning harbiy yurishlari. Qilichbardorlar va Tevton ordenligi yurishlari. Oltin O‘rda xonligi. Rusda Oltin O‘rda hukmronligining tugashi - unda Amir Temurning buyuk xizmatlari. Rossiyaning Volga, G‘arbiy Sibir hududlariga harbiy yurishlari. Livoniya urushi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, diplomatik aloqalarini bilish. Ko‘nikmalar: tarixiy hodisalarni ularning mohiyati va sabablarini, ahamiyatini baholagan holda tahlil etish hamda umumlashtira olish; tarixiy voqeaning sodir bo‘lish sabablari va oqibatlari haqida darslik matni yoki o‘qituvchining hikoyasiga asoslangan holda kengaytirilgan reja tuzish; aholi hayotidagi tub o‘zgarishlar, yerga egalik qilishning yangi shakllari bilan bog‘liqligini aniqlash; mamlakatimizdagi hududiy o‘zgarishlarni xarita asosida tushunib olish, hozirgi hududlar nomlarini farqlay olish; tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish. Malakalar: darslik matni, hujjatlar va ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish; tarixiy hodisalarga, atoqli arboblar faoliyati va shaxsiga, madaniy yodgorliklarga ta’rif bera olish; tarixiy voqea va hodisalarning sabab va oqibatlarini tahlil qilishda xarita mazmunidan foydalana olish; tarixiy voqea va hodisalarni umumlashtirish, ularni hozirgi kun bilan bog‘lay olish; jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallar tuza olish; tarixiy voqealarni aks ettiruvchi sinxron jadvallar tuza olish va tarixiy dalillarni tahlil etish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling