BIRINCHI BO‘LIM. YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI
2-dars. Fransiya-Prussiya urushi va uning yakunlari (1 soat).
Fransiya-Prussiya urushi arafasida ikkala mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli. Fransiya-Prussiya urushining sabablari. Urush harakatlarining borishi va Sedan jangi. 1870 yil 4 sentabr burjua inqilobi. Parijning taslim bo‘lishi. Frankfurt sulhi.
3-dars. Fransiyada Uchinchi Respublika va 1871-yil 18-mart davlat to‘ntarishi (1 soat).
Yollanma ishchilarning ahvoli. Ijtimoiy harakat. 1871 yil 18 martdagi inqilobning yetilishi. Milliy gvardiya Markaziy Komitetining tuzilishi va uning dastlabki faoliyati. Parij Kommunasining g‘alabasi.
Fransiya Kommunasining ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari va uning mohiyati. Kommunaning dehqonlarga nisbatan siyosati. Viloyatlarda Kommunaning qo‘llab-quvvatlanishi. Kommunaning baynalmilalchiligi. Kommunada siyosiy guruhlar kurashi. Kommunaning yengilish sabablari.
4-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot. (1 soat).
XIX asrning oxirida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. Fransiyada yollanma ishchilar harakati. XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.
Do'stlaringiz bilan baham: |