Oq oltin don mahsulotlari


DONNING TEXNOLOGIK XOSSALARINI MAYDALASH JARAYONIGA TA’SIRI


Download 498.95 Kb.
bet13/17
Sana06.04.2023
Hajmi498.95 Kb.
#1332122
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
HISOBOT (8)

12.DONNING TEXNOLOGIK XOSSALARINI MAYDALASH JARAYONIGA TA’SIRI.
Maydalash jarayonlariga donning strukturali – mexanik xossalari (mustahkamligi, qattiqligi, egiluvchanligi, maydalanish xossalari) ko’proq ta’sir etadi. Strukturali – mexanik xossalari bo’yicha bug’doy doni yumshoq va qattiq navlarga bo’linadi. Bug’doy donining qattiq navlari uchun yormalar ko’rinishidagi oraliq mahsulotlar va yormali unning chiqishi yuqori bo’ladi, yumshoq bug’doy navlari uchun - yormalarning chiqishi kam va un yumshoq bo’ladi.
Donning shishasimonligi endospermning konsistentsiyasini tavsiflaydi, maydalash jarayonida donni maydalanish darajasini belgilaydi. Endospermi unsimon va shishasimon konsistentsiyali bug’doy donlarini maydalashda ularning parchalanishga qarshiligi har xil bo’ladi.
Yuqori shishasimon bug’doy donlarining mustahkamligi ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun donlarni maydalashda energiya sarfi shishasimonligi past bo’lgan bug’doy donlariga nisbatan yuqori shishasimon donlarda ko’p bo’ladi.
Donning strukturali – mexanik xossalariga (mustahkamligi) donning namligi katta ta’sir etadi.
13.MAYDALANGAN MAHSULOTLARNING YIRIKLIGI BO’YICHA TASNIFI
Un, yorma va omixta em ishlab chiqarishda maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo’yicha saralash o’ziga xos zarur texnologik operatsiyalardan biridir.
Un ishlab chiqarishda donlarni valli stanoklarda maydalaganda hosil bo’ladigan mahsulotlar yirikligi bo’yicha bir - biridan keskin farq qiladi. Bu ularga keyingi ishlov berishni qiyinlashtiradi. Ularga sovurish - elash mashinalarida va jo’vali stanoklarda ishlov berish operatsiyalarining samaradorligi bu mahsulotlarning granulometrik tarkibidan bog’liq bo’lib, ular yirikligi bo’yicha qancha tenglashtirilgan bo’lsa, shunchalik mos texnologik sistemaning ish rejimini rostlash aniqligi yuqori bo’ladi. Bundan tashqari maydalangan don mahsulotlarini yirikligi bo’yicha fraktsiyalarga bo’lish ularni sifati bo’yicha ajratish imkonini beradi. Maydalangan mahsulotlarni elaklarda saralash natijasida dondan olinadi­gan oxirgi mahsulotlar un va kepak ajratib olinadi.
Yorma ishlab chiqarish sanoatida saralash jarayoni asosiy rolni o’ynaydi. Elaklarda mahsulotni elash natijasida yorma tarkibidagi un ajratib olinadi va yorma yirikligi bo’yicha navlarga yoki nomerlarga ajratiladi.
Maydalangan don mahsulotlari yirikligi bo’yicha maxsus uskunalarda elakdonlarda saralanadi. Ularning ishchi organlari elaklardir. Ishlatilish maqsadi va materialidan bog’liq holda elaklar metalsimdan, ipak ipli (yormachalar uchun) va sintetik iplardan to’qilgan bo’ladi.
Tabiiy ipakdan to’qilgan elak o’rniga sintetik materialdan to’qilgan, asosan kapron va poliamiddan to’qilgan elaklar keng qo’llaniladi.
Elaklar nomerlanishi bilan farq qiladi. Metalsimli elak nomeri sifatida ularning teshik o’lchamlari qabul qilingan. Agar elak nomeri 056 bo’lsa, demak teshik tomonlari o’lchamlari 0,56 mm. Yormabop ipak elaklarning nomeri 1 dm elak yuzasidagi teshiklar soni bilan aniqlanadi. Masalan, elak nomeri 270 bo’lsa, bunda demak 10 sm elak yuzasiga 270 ta teshiklar (yacheyka) to’g’ri keladi. Unbop ipak elagining nomeri 1 sm elak yuzasidagi teshiklar soniiga mos keladi. Ya’ni 1 sm elakda 35 ta teshik bo’lsa, elak nomeri 35 bo’ladi. Sintetik materialdan (kapron) to’qilgan elaklarning nomeri ham 1 sm elak yuzasidagi teshiklar soni bilan aniqlanadi.

Download 498.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling