Oq oltin don mahsulotlari


DONGA GIDROTERMIK ISHLOV BERISH JARAYONI


Download 498.95 Kb.
bet7/17
Sana06.04.2023
Hajmi498.95 Kb.
#1332122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
HISOBOT (8)

5. DONGA GIDROTERMIK ISHLOV BERISH JARAYONI
Tegirmon va yorma zavodlarida gidrotermik ishlov berishning asosiy maqsadi donni boshlang’ich texnologik xossalarini yo’naltirilgan holda belgilangan o’lchamda o’zgartirib, bu xossalarni optimal ko’rsatkichlarda barqaror saqlashdir.
Ishlab chiqarishga kelayotgan donning endospermasi va qobiqlarini strukturali-mexanik xossalarini farqi juda kam bo’ladi. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratish juda qiyin bo’lib, bunday donlarni qayta ishlashda natija yuqori bo’lmaydi. Gidrotermik ishlov berishda asosan donni qobig’i va endospermasining xususiyatlarini farqini ko’paytirishga harakat qilinadi. Bunda tegirmonlarda jarayon shunday olib boriladiki endospermning mustahkamligi kamaytiriladi va qobiqning mustaxkamligi oshiriladi. Yorma zavodlarida esa teskarisi qilinadi, ya’ni mag’izning (endosperm) mustahkamligi oshiriladi, qobiqning mustahkamligi kamaytiriladi. Bu o’zgarish qancha jadal borsa, shuncha donni qayta ishlab un va yorma olish samaradorligi yuqori bo’ladi. Donning texnologik xossalarini o’zgartirish darajasi gidrotermik ishlov berishning aniq usullari va donni suv bilan o’zaro harakatini alohidaligi bilan aniqlanadi.
Donni suvda bo’ktirishni alohida holati mavjuddir. Don suvda bo’ktirilganda bir necha sekund davomida 3-5 % namlikni o’ziga oladi, keyingi bir necha vaqt davomida donning namligi o’zgarmaydi. Bu datlabki namlikni donning meva qobig’i o’ziga oladi. Meva qobig’idagi kapilyarlar, g’ovvaklar va bo’shliqlar birinchi namlikni saqlovchi sig’im vazifasini o’taydi. Meva qobig’i olgan namlik mustahkam bog’lanmagan bo’lib, tez atmosferaga bug’lanib ketishi mumkin. Suvni mustahkam saqlash va uni yo’qolishini oldini olish donning keyingi urug’ qobig’i, aleyron qatlami va murtakni yuqori gidrofilligi orqali taminlanadi. Chunki suv bu qatlamlarda tez ko’chadi va oqsil va kraxmal bilan qattiq bog’lanadi

6.GIDROTERMIK ISHLOV BERISHNI DONNING XOSSALARIGA TA’SIRI


Tegirmon va yorma zavodlariga qayta ishlashga kelayotgan don partiyalarining xossalari har xil bo’ladi. Bu donlarga gidrotermik ishlov berganda ularning xossalari ham har xil o’zgaradi. Har bir don partiyasiga gidrotermik ishlov berishni kerakli variantini tanlash uchun ishlov berishning rejimlaridan bog’liq holda donda bo’ladigan o’zgarishlar haqida ma’lumotlarni bilish kerak. Bu har bir don partiyasi uchun gidrotermik ishlov berishni optimal variantini qo’llash imkonini beradi. Natijada donning texnologik xossalari yaxshilanadi va barqaror bo’ladi.




Download 498.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling