Plevrani shikastlanishi uning bo’shlig’iga havo kirib ochiq, yopiq, yoki klapanli pnevmotoraksga, shuningdek qon quyulishi natijasida gemotoraks rivojlanishiga olib keladi. Yaralanganda plevra shikastianishining eng ko’p turi – gemotoraks bo‘lib, u plevra empiyemasi bilan asoratlanishi mumkin. Ikkilamchi jarohatlanishdan keyingi o‘pka patologiyasi - bu asosan zotiljamdir. Ikkinchi jahon urushi tajribasiga asosan bosh chanog’i yaralanishlarida 17.5% da, ko’krak qafasi yaralanishlarida 18% da, qorin yaralanishlarida 35.8% hollarda zoliljam rivojlanishi kuzatiladi. N. S. Molchanov tomonidan yaralanganlarda kasallik rivojlanishi patogenezi tasnifi tavsiya qilinadi. N. S. Molchanov tomonidan yaralanganlarda kasallik rivojlanishi patogenezi tasnifi tavsiya qilinadi. I. Jarohatlanishli: • Birlamchi. • Ikkilamchi (simptomatik). II. Ikkilamchi: • Aspiratsion. • Gipostalik. • Atelektatik, • Toksiko - septik. III. Interkurentli: • Krupozli. • Grippozli. Birlamchi jarohatlanishli zotiljam bevosita jarohat bilan bog'liq va pnevmonitni transformatsiyasi natijasida rivojlanadi. Simptomatik zotiljam nerv - reflektor ta'sirlar ostida shikastlanmagan o’pkada kelib chiqadi. O’zining morfologiyasi bo'yicha u ko’p holda mayda o‘choqli: yallig'lanish o'choqlari paravertebral joylashadi. Ikkilamchi zotiljamlar guruhi ko‘p turlidir. Simptomatik zotiljam nerv - reflektor ta'sirlar ostida shikastlanmagan o’pkada kelib chiqadi. O’zining morfologiyasi bo'yicha u ko’p holda mayda o‘choqli: yallig'lanish o'choqlari paravertebral joylashadi. Ikkilamchi zotiljamlar guruhi ko‘p turlidir. Aspiratsion zotiljam autoflorani faollashuvi natijasida yoki yuz – jag’ sohasi yaralanishlarida infeksiyani bronxlar orqali tarqalishidan, shuningdek yaralanganlar bexush holatda bo’lganlarida infeksiya tarqalishidan avj oladi. Jarayon qator hollarda yirik o'choqli, migratsiyalanuvchi, retsidivlanuvchi bo'lib, abssesslanishga moyillk bilan kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |